О ‘tkir Hoshimov
qusga bir qop pul oqizgan Hotam xasis emas, Abdusamad
prokuror ekan.,,
Oradan ancha yil o‘tdi. 0 ‘ninchi sinfda o‘qib yurganim-
da yarim kechasi eshik taqillab qoldi. Hammamiz uyg‘onib
ketdik. Dadam ,,kimde-e“ deb chiqib ketdi-yu zum o‘tmay
ma’yus qiyofada kirib keldi.
- Hotam aka o‘tibdi.
- Kim? - dedi oyim tushunmay.
- Hotam xasis... - dadam boshini xam qildi. - Yaxshi
odam edi, rahmatli. - Keyin aka-ukalar hammamizga qa-
rab qo‘shib qo‘ydi. - Ertalab chiqarisharkan. Hammalaring
borlaring. Endi katta bo‘lib qoldilaring. Sho‘rlikning mahal-
ladan boshqa kimi bor.
Mozoristonda to‘plangan odamlami ko‘rib hayron qol-
dim. Qiziq, Hotam xasisni shuncha odam tanirkanmi?
Siyrak soqolli domla odamlarga murojaat qildi.
- Marhum Hotamboy qandoq odam edi?
Bir zum sukunatdan keyin gurullagan ovozlar eshitildi.
- Yaxshi odam edi!
- Marhum Hotamboyning birovdan qarzi bormidi?
Hamma jim bo‘lib qoldi.
- Marhum Hotamboyning birovdan qarzi yo‘qmi? - dedi
Domla yana o‘sha ohangda.
Ancha jimlikdan keyin o‘zi javob berdi.
- Hotamboyning hech kimdan qarzi yo‘q edi...
Hotam xasisning yigirmasidan keyin, fizikadan imtihon
topshirib kelsam, uyda Iqbol xola o‘tiribdi. Ko‘k ko‘ylakda,
boshida qora ro‘mol, rangi bir holatda...
- Xolangnikiga borib kel, ishlari bor ekan, - dedi oyim.
Qiziq, Hotam xasisnikida nima ish bo‘lishi mumkin?
Indamay Iqbol xolaga ergashdim. Bu hovliga birinchi
marta qadam qo‘yishim edi. Pastak eshikdan ichkari kirdik.
Etakdagi bostirmada junlari sarg‘ayib ketgan, soqolli ech-
ki tinmay ma’raydi. Bostirma tomiga jo‘xori poyalari uyib
Uzun kechalar
21
qo‘yilgan. Bo‘g‘otning u yer-bu yerida kaltakesakni qochi-
rish uchun ataylab qistirib qo‘yilgan tuxum po‘choqlari. Oldi
ochiq oshxonada tandir. Dudburoni qorayib ketgan. Ayvon
ustuniga isiriq ilib qo‘yilgan. Yerda qatirmasi chiqib ketgan
sholcha. Bir burchakda o‘sha eski velosiped.
Ayvon yonboshidagi nimqorong‘i uychaga kirdim-u
kavshandozda to‘xtab qoldim. Vassajuftda qaldirg‘och ini.
Ochiq derazadan qaldirg‘ochlar otilib kiradi. Vijir-vijir qilib
qaytib ketishadi. Shift o‘rtasidagi to‘singa ilingan olmadek
lampochkaga pashshalar o‘tirib qoraytirib yuborgan, tok-
chalardan birida sirlangan yapasqi idishlar ustma-ust taxlab
qo‘yilgan. (Surat chiqaradigan idishlar ekanini keyin pay-
qadim.)
Iqbol xola pastak derazalarga tutilgan eski pardalami sur-
di. Indamay burchakdagi sandiq oldiga bordi. Nimchasining
cho‘ntagini uzoq kavlashtirib kalit oldi. Kalit solib buragan
edi, sandiq quffi jaranglab ketdi. Negadir yuragim gursullab
ura boshladi. Sandiq! Hotam xasisning xazinasi! Qiziq. Iqbol
xola nima qilmoqchi?
- Mana, bolam, - dedi u namatga cho‘nqayib o‘tirgan-
cha. - Tanlab olavering!
Talmovsirab yaqin bordim. Nimani tanlab olaman! Bi
ro vning xazinasi kerak emas-ku menga!
- Amakingiz vasiyat qilgan edilar, - dedi Iqbol xola qan-
daydir osoyishta alpozda. - Har kim o‘zinikini olib ketsin,
degandilar.
Sandiq yoniga beixtiyor cho‘kkaladim-u... Kim o‘sha
Hotam xasisning xazinasi bor degan? Bir qop pulini Qon-
qusga oqizgan degan kim?
Sandiq to‘la suratlar tartib bilan taxlab qo‘yilgan edi. Kat-
ta-kichik suratlar. Hamma-hammasi surat.
- Tanlab olavering, bolam! - Iqbol xola shunday dedi-yu,
uvushib qolgan bo‘g‘inlarini shiqirlatib og‘ir qo‘zg‘algancha
ayvonga chiqib ketdi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |