0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
-
Iye, holva yerkanmiz-da! Oting nima, qizim?
Endi chillasi chiqqan qizaloq otini qayoqdan bilsin! Su- 
ratkashning husn-tarovatidanmi, apparatning beo‘xshov uch 
oyog‘g‘idanmi, qo‘rqib yig‘lab yuboradi.
- Ziyoni yo‘q! - deydi xasis lijayib, - Yig‘lash - yosh 
boianing ziynati. Mana, bu yoqqa qaragin, hozir papa uchib 
chiqadi!
U apparatini uch-to‘rt marta chiqillatadi.
- Ana, bo‘ldi! - deydi yengil tortib. - Qudangizga ay- 
ting, payshanba kuni surat tayyor bo‘ladi.
Kelinning onasi-ku chaqaloqni ko‘tarib uyga kirib keta- 
di, Alam-alam kuyovning onasiga! Наг bitta suratga falon 
so‘mdan to‘lash alam qilmaydimi? Qudalaming oldida bir 
nima deb bo‘lmasa!
- Mayli, - deydi bu quda ming‘illab. - Bitta nevaramdan 
aylansin!
G‘alva shu bilan bitsa-ku, go‘rga-ya! Bitmaydi-da! Bola- 
lar xasisning atrofini o‘ra'b olib, chuvullashadi.
- Meniyam suratga oling.
- Meniyam ola qoling.
- Pajalista, - deydi Hotam xasis xursand bo‘lib. - Paja- 
lista. Ochirid bilan kelaver.
Ana shunda to‘y janjalga aylanib ketishiga bir bahya 
qoladi. Xizmat qilib yurgan xotinlardan biri - o‘g‘lini, biri 
qizini qarg‘ashga tushadi.
- Yergina yutkur Teshavoy! Sichqon sig‘mas iniga, g‘al- 
vir bog‘lar dumiga! Suratga tushishga balo bormi, juvonmarg! 
Otangni taxlab qo‘ygan puli bormi?
- Qiz bo‘lmay ajalni oldida ketgur. Kari! Voy, mushtday 
boshingdan suratga tushishni orzu qilmay tusingni yel yesin!
Shu janjal orasida Hotam xasis kamida besh-olti boianing 
suratini olib qo‘yadi. Payshanba kuni eshik oldida qo‘ng‘iroq 
jiringlaydi, ,jiring-jiring“.
- 0 ‘g‘ilcha suratga tushgan edi. Olib qo‘ysangiz.


Uzun kechalar
17
- Qizchangizning surati ,,vo!“ chiqibdi-da, singil!
Ana shunaqa! Mahallada eshigining tagida velosiped ji- 
ringlasa bir sapchib tushmaydigan odam qolmagan. Nima, 
bolasini haftada bir suratga tushirish uchun bosib qo‘ygan 
xazinasi bormi?!
Hech kimning bo‘lmasayam, Hotam xasisning xazinasi 
bor. Hujrasida sandiqqa bosib qo‘ygan. Hamma biladi. Faqat 
Hotam xasisning o‘zi gapirmaydi. 0 ‘z nomi bilan xasis-da! 
Xasis boimasa mashina olmasmidi! Olaman desa qudrati ye- 
tadi. Aslida-ku, velosiped ham anqoning urug‘i-ya! Lekin Ho­
tam xasisning aeroplangayam puli bor. Puli ko‘pligini odamlar 
ko‘zidan yashirish uchun ataylab velosiped olgan. Aytishlari- 
cha, u „ming yildan“ beri tramvayda pattachi bo‘lib ishlarkan. 
Yo‘lovchilar pul uzatsa, patta berish o‘miga sekin qo‘lini qisib 
qo‘yarmish. Bu - „Rahmat sizga, ketavering“ degani emish. 
Kunora ishlaydi. Ishdan bo‘sh kunlari velosiped minib mahal- 
lani aylanadi. Yelkasida „uch oyoq“ tasmali apparat. Xuddi 
sumaychining bachchasiday qaysi xonadonda chaqaloq tug‘il- 
ganini, qaysi uyda qachon beshik to‘yi bo‘lishi-yu qaysi kuni 
kimnikida o‘g‘il to‘yi borligini is bilib yetib keladi.
„Jiring-jiring!“
- Qani esdalikka bir suratga tushib qo‘yinglar!
Bitib ketgan-da, bitib ketgan! U yoqda pattachilikka maosh 
olsa, bu yoqda suratga pul olsa, xasis bitmay kim bitsin!
Aytishlaricha, u kechasi ,,ismin„dan qaytganida darvozasi 
oldiga kelib velosipedini jiringlatarmish. Xotini uyg‘onmasa, 
eshikni taqillatmasmish. Kafti bilan sekin-sekin silarmish. 
Eshik yedirilib ketmasin deydi-da. Iqbol xola bechora eshik- 
ning taqillashidan emas, siypalanishidan uyg‘onib ketarmish. 
Xasis tok isrof bo‘lmasin deb qishin-yozin oydin kechalari 
uyida chiroq yoqmasmish. Olgan suratlariniyam davlatning 
elektri hisobiga ishxonasida bitirib kelarmish. Bunisiyam may- 
li, dazmolga ko‘mir isrof bo‘lmasin deb, shimini ko‘rpacha- 
ning tagiga qo‘yib yotarmish. Ertalab tursa, shim tep-tekis


18

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish