0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
,,0‘g‘lim? Oyog‘i nega chalishadi? Nega mador yo‘q? 
Tezroq! Tezroq!,,
Barakka o‘xshash uzun palata... Ikki qator temir karavot- 
lar. To‘shaklar... Oqchoyshablar... Kulrang adyollar. Bir-biriga 
o‘xshash qiyofalar... Hammasi yosh, hammasi rangpar... Don 
isi... ,,Bannisa“ isi... Pastak derazadan tushayotgan xira nur...
-Ana! Sekin... Iltimos, shovqin solma...
-Ada!
Nahot! Nahot shu o‘g‘li bo‘lsa! Aeroportda xayrlasha- 
yotganida „Mendan xavotir olmanglar“ degan, avval onasi- 
ni, keyin uni quchoqlagan, quchoqlaganida belini qisirlatib 
yuborgan... Har safar „Termizdan sog‘inchli salom“ deb 
xat boshlagan, „Opamga ayting, xavotir olmasinlar“ degan, 
uch kun ilgari ,,Uzog‘i bilan bir oydan keyin boraman“ deb 
xati kelgan... Qani, qani, o‘sha o‘g‘li? 0 ‘n yasharligida 
„Onangni ehtiyot qil“ deganida yig‘lamay yerga qarab tur- 
gan, xizmatga ketish oldida devdek yigit bo‘lib yetilgan... 
Tamom bo‘pti-ku! Rangi dokadek oppoq... Soqol-mo‘ylovi 
o‘sgan...
- 0 ‘g‘lim, jon bolam!
Rahmatilla adyol tagidan qo‘lini chiqarib, uning boshini 
siladi.
- Yig‘lamang, ada.
Qiziq, nega soqol-mo‘ylovi muncha dag‘al? Nega oqar- 
gan? Yo Xudo! 0 ‘g‘li o‘zidan qarib ketibdimi?
- Bolam! Nima qildi? Nima bo‘ldi senga?
- Sekin! - Hamidulla yelkasiga kimdir ohista qo‘l bosga- 
nini his etdi. Ammo qayrilib qaramadi.
Ajab, o‘g‘lining qo‘llari nega muncha ojiz? Nega qalti- 
raydi?
- Opamga aytmang, ada. Opamga aytmang... Sizni ko‘r- 
dim... Doktorga rahmat...
Hayajonli hayqiriq yangradi:
- Kordiamin! Sestra, kordiamin!


Uzun kechalar
13
Rahmatillaning yuziga qon yugurgandek boidi. Hatto... 
hatto kulimsiradi ham. Otasi buni ko‘rdi. Aniq ko‘rdi!
- Sestra! О‘lib qoldingmi? Kordiamin!
- 0 ‘g‘lim! Ko‘zingni och! 0 ‘g‘lim!
- Nari turing, qoching!
- Yo‘q! Bermayman! Bolamni senlarga bermayman! Rah- 
matilla!
U jinni bo‘lib qolganga o‘xshardi (balki, chindan ham es- 
dan og‘gandir). Shitob bilan adyolni yulqib chetga uloqtirdi.
- Tur bolam! Tur o‘mingdan! Ketamiz! Uyga ketamiz! 
Shunda... shunda, to‘shakning yarmi bo‘sh ekanini payqadi. 
0 ‘g‘lining ikkala oyog‘i yo‘q edi. Tizzadan emas, undan ham 
yuqoriroqdan. Ko‘kragidan bu yog‘i doka bilan o‘rab tash- 
langan. Наг joy-har joyda qizg‘ishtob dog‘lar. Qotib qolgan 
qon dog‘lari.
- Qoching, grajdanin. Xalaqit beryapsiz.
- Hamid, ket. Tushunsang-chi, do‘stim, menga gap tegadi.
- Yo‘q. - U awal temir karavot qirrasini mushtladi. -
Yo‘q! Yo‘q! - Keyin o‘g‘lining soqoli tikandek o‘sib ketgan 
yuzlaridan o‘pa boshladi.
- Bolam, ko‘zingni och, Rahmat!
0 ‘sha zahoti shilq etib yerga o‘tirib qoldi.
- Nega? - dedi ingrab. - Nega? Insoflaring bormi? Ay- 
tinglar, bolam nima gunoh qiluvdi? - Yerga muk tushdi-da, 
namiqqan taxta polni qo‘shqo‘llab ojiz mushtlay boshladi.
- Nega? Nega? Nega-a-a!!!

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish