О ‘tkir Hoshimov
Muyassar uyqusirab yaxshi tushunmaydi:
- Qanaqa o‘shayoq?
- 0 ‘sha-da! Haltubami, Maltubami1... Borish yuz so‘m...
Kelish yuz so‘m... Undan ko‘ra ko‘mir olaylik... Valijoning
kelguncha uyni suvoqdan chiqarib qo‘yaylik.
Muyassaming uyqusi bir zumda o‘chadi.
- Esingiz joyidami, dadasi! - deydi astoydil koyib. - Yet
ti yil kutib endi putyovka olgan bo‘lsangiz, yarimjon bo‘lib
qolgan bo‘lsangiz... Siz ham umringizda bir marta...
- Ke, qo‘y, onasi! - Alijon tag‘in uning boshini silay-
di. - Oltiariq tomonda issiq suv bormish. Shunga uch marta
tushsam otdek bo‘lib ketaman. Mana ko‘rasan.
Eri shu qadar ishonch bilan gapiradiki, Muyassar ikki-
lanib qoladi.
- Qandoq bo‘larkin, dadasi, - deydi bo‘shashib. - Labz-
dan qaytsangiz...
- Uxla, - deydi Alijon allanechuk xotiijamlik bilan.
Muyassar tushunadi. Bu - erining qat’iy qarori. U bir
lahza alag‘da bo‘lib yotadi. Keyin uyqu uning kipriklarini
aldab-suldab qovushtiradi. Qancha fursat o‘tganini bilmay-
di-yu, ayvonda chiroq yonganini his etadi. „Salima turdi, -
deb o‘ylaydi uyqu aralash. - Xo‘p mehnatkash chiqdi-da shu
qizim. Umridan baraka topsin“. Paqir bandi daranglagani-
ni ham eshitadi. „Turish kerak, xamir ko‘pchib ketgandir...
Salima sigir sog‘guncha non zuvalab qo‘ymasam bo‘lmas“.
Uyg‘onmoqchi bo‘ladi-yu, ko‘zini ocholmaydi.
Tush ko‘radi... Bahor emish. 0 ‘rik gullaganmish. Qizaloq
emish. 0 ‘rik shoxiga ilingan arg‘imchoqda uchayotganmish.
Arg‘imchoq silkingan sayin boshiga duv-duv gul yog‘ilar-
mish. Oq, pushti gullar...
Shunda... Halimaxon paydo bo‘pti. Sochlari yer supura-
digan, kiprigi yuziga tushadigan qizi Halimaxon...
^ihatgoh nomi nazarda tutilgan.
Uzun kechalar
87
„Kel, qizim, kela qol!“ - dermish u qo‘1 cho‘zib. Qizini
quchog‘iga olibdi-yu, uchaveribdi-uchaveribdi. Halimaxon
uning pinjiga kirib, „Ayajon, ayajon“ dermish. Arg‘imchoq
borgan sari baland havolanarmish... Ona-bola bir-birini qu-
choqlab osmoni falakka uchib ketayotganmish. Negadir Mu
yassaming yig‘lagisi kelarmish.
U tush ko‘rdi. Oy fonusi allaqachon o‘chgan. Kunchiqar
tomonda esa ko‘kimtir qor bosgan togiar ortida osmon yori-
shadi. Hovli etagida, pastak bostirmada ,,pov-pov“ degan ovoz
eshitiladi. Salima sigir sog‘yapti. Sog‘ib bo‘lib, qoziq atrofida
betoqat aylanayotgan buzoqchani yechib yuboradi.
Keyin tandirga o‘t qalaydi... Non yopadi... Shirchoy qila-
di... Yangi kun boshlanadi.
JINTEPA
Bu voqeaga ancha bo‘ldi. 0 ‘shanda oltinchi sinfda o‘qir-
dim. Aniq esimda bor: aprel oyi edi. Tog‘liklar ravochning
toshbosdi degan turini yaxshi bilishadi. Ravoch endi o‘sib
kelayotganida bir tomonga yonboshlatib, ustiga tosh bosib
qo‘yasiz. Shunda oftob tushmagani uchun ravoch ham sersuv,
ham chuchuk bo‘lib o‘sadi. Qishloq bolalari ravoch chiqishi
bilan tanlab-tanlab ustiga tosh boshtarib qo‘yishadi. Birov-
ning toshbosdisiga birov tegmaydi. Qoida shu.
Aprel oyi bo‘lgani uchun qishlog‘imiz atrofidagi past-u
baland tepaliklar, tog‘lardagi ravoch bolalar o‘rtasida allaqa
chon ,,boiishib“ olingan edi. Faqat kunbotar tomondagi Jinte-
pa cho‘qqisiga hali hech kim chiqmagandi. Jintepa eng baland
cho‘qqi boiganidan unda qor kech erigan, ravoch ham kech
chiqqan, buni bolalar bilishardi. Ammo bu cho‘qqiga chiqish-
ga har kimning ham yuragi betlayvermasdi. Biz kichkina pay-
tamizdanoq Jintepa haqidagi har xil vahimali gaplami eshita-
verib, yurak oldirib qo‘ygandik.
Aytashlaricha, bir cho‘pon sumvini boqib yurib, tog‘da
adashib qolibdi. Kechasiga qolib ketibdi. Qarasa, olisda
88
Do'stlaringiz bilan baham: |