0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
Onasi bir qo‘lida choynak, bir qo‘lida qand ko‘tarib kir- 
ganida Marat ikki bobni bitirgan edi. Uning ko‘zlari achi- 
shar, ko‘p chekkanidan bo‘lsa kerak, yuragi sanchardi.
* * *
Hilola eshikdan kirib keldi-yu, deraza supachasiga tir- 
sagi bilan tayanib turgan Zamirani ko‘rib, quvonib ketdi. 
Qobil Qodirovich hali ishga kelmagan, qabulxona bo‘sh 
edi. Tashqarida havo bulut bo‘lgani uchun oqish qandillar 
ertalabdanoq yoqib qo‘yilibdi. Zamira uning qarshisiga yu- 
gurib keldi-da, quchoqlab oldi.
- Jersi palto oldim, - dedi sepkilli yuzi quvonchdan qi- 
zarib.
- Voy, bir ko‘ray!
Zamira deraza supachasida yotgan o‘rog‘liq qog‘ozni 
ochdi:
- Kiyib ko‘rgin, senga ham loyiq, shekilli.
Palto Hilolaga loppa-loyiq keldi. Bu - o‘zi qachondan 
buyon orzu qilib yurgan to‘q kulrang palto edi.
- Qayoqda bor ekan? - dedi u yalingudek bo‘lib.
Zamira sarg‘ish qoshlarini uchirib kuldi.
- Ho-o, yozuvchi akangiz topib bersin... - U yana tega- 
jaklik qildi. - Topib bo‘pti! Qog‘oz qoralashdan boshqa nar- 
sani bilmaydi. Kecha qanaqa bo‘ldi? - dedi u paltoni qo- 
g‘ozga o‘rarkan.
Hilola undan sir yashirmas, kecha ham visolga ketayot- 
ganini aytgan edi.
- Yaxshi. - U Maratning kechagi gaplarini eslab shirin 
jilmaydi.
- Hech tushunolmayman bu bolani! Bir qarasang, 
chollarga o‘xshaydi, bir qarasang, yosh bolaga aylanib 
qoladi.
- Yangi hikoyaga qahramon izlayotgandir-da, - Zamira 
jilmayib turib, uf tortdi. - 0 ‘rtog‘im bechora!.. Kecha sen


Uzun kechalar
145
bilan ko‘rishgan, bugun boshqasi bilan uchrashadi. Yozuv- 
chining xotini bitta bo‘lmaydi. Institutimizda uchrashuv 
bo‘lganidan keyin ham bir qiz Marat Azizovga xat yoza- 
verib, esi ketgan edi.
Ilgarilari Hilola Zamiraning hazillariga parvo qilmasa 
ham, bora-bora jahli chiqadigan boiib qolgandi. Hozir yana 
g‘ashi kela boshladi.
- Xat yozsa yozaversin! - dedi ataylab beparvo ohang­
da. - Menga nima?!
Zamira shodon kulgancha uni quchoqlab oldi.
- Rostini aytyapman-da, o‘rtoqjon. Mana! - U sumkasini 
titkilab, buklogiik gazeta chiqardi. - Yozuvchining qanaqa 
odamligini yozganidan bilib olsa bo‘ladi.
Hilola gazetani beparvo qo‘lga oldi. Bu - universitetning 
ko‘p tirajlik gazetasi edi. Uchinchi sahifada Maratning ,,lz- 
tirob“ degan hikoyasi bosilibdi.
- Paltoni Rigadan olib kelishdi, - dedi Zamira eshikdan 
chiqib ketayotganida.
Hilola eshitmadi. Eshik yopilishi bilan hikoyani shoshilib 
o‘qiy boshladi. Bu Maratning studentlik davrida yozgan 
o‘rtamiyona hikoyasi edi. Hikoyada sevgisiga xiyonat qilgan 
yigitning iztiroblari tasvirlangan ekan.
Hilola hikoyani o‘qidi-yu, ko‘nglida og‘ir g‘ashlik uy- 
g‘ondi. Shu kuni u kechgacha qanday ishlaganini bilmadi.
* * *
Marat tahririyatga tushdan keyin keldi. Yoiakda muhar- 
rirga duch kelib qoldi. Muharrir sovuqqina salomlashdi-da, 
o‘tib ketdi.
Marat tushundi. „Uch kun ishga kelmaganim uchun ran- 
jigan“. Ammo u parvo qilmadi. Hozir dashnom eshitishdan 
ham, ishdan haydalishdan ham cho‘chimasdi. Mana, to‘rt 
kundirki, u o‘zga bir olamda - o‘z asarining olamida yasha-


146

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish