О ‘tkir Hoshimov
-
Ertaga uning xatlarini olib keling, - dedi Marat o‘mi-
dan turib. - Birgalashib javob yozamiz. Men aytib turaman,
siz yozasiz.
U plashini kiydi-da, eshikni ochdi.
- Kelishdikmi, ertaga yozamiz.
Qizning ko‘nglida umid chirog‘i yarq etib ketdi, shekilli,
sekin shivirladi.
- Rahmat...
* ♦ *
Marat simyog‘och tagida yelkalarini qisib, yomg‘irdan
junjikib turgan Hilolani uzoqdan ko‘rdi-yu, yuragi zirillab
ketdi.
„Plash kiymagan ekan“. U qop-qora yo‘lkada yomg‘ir-
dan yaltirab yotgan chiroq nurlarini bosib yugurib bordi-da,
Hilolaning bilaklaridan tutib o‘ziga qaratdi.
- Kechiring!
Hilola Maratning qo‘lini siltab tashladi. Uning sochlari
ham, pushtirang jemperi ham ivib ketgan, rangi so‘lg‘in
ko‘rinardi.
- Kechiring, - dedi Marat yana yalinch ohangda. Keyin
plashini yechib, Hilolaning yelkasiga tashladi.
- Qoching! Uyatsiz! - Hilola plashni siltab tashladi.
Uning ho‘l yengi Maratning yuziga shapillab urildi.
- Xayr! - Hilola keskin burildi-da, sumkasini silkitgan-
cha, ko‘lmak suvlami sachratib chopib ketdi.
Marat narigi simyog‘och tagida unga yetib oldi. Muzday
yelkalaridan ushlab, entikkancha shivirladi.
- Tushunsangiz-chi, axir. Bir qiz bilan gaplashdik. Birov
yordam so‘rab turganida tashlab ketolmayman-ku.
Hilola shartta burilib qaradi. Uning so‘lg‘in yuzidan
yomg‘irmi, ko‘z yoshimi oqib tushar edi.
- Sizning qizlaringiz ko‘p, - dedi u ovozi titrab. - Odam-
laringiz ko‘p!
Llzun kechalar
151
- Bugun shunaqa bo‘lib qoldi-da, nima qilay? - Marat
plashini yana uning yelkasiga tashladi. Hilola tag‘in siltab
yubordi. Plash loyqa ko‘lmak suvga tushdi.
- Shilqimlik qilmang, - dedi Hilola yig‘i aralash. - Teatr-
ga borganda-chi, kutubxona oldida ko‘rishganimizda-chi, mu-
zeyga bormoqchi bo‘lganimizda-chi! - U yana chopib ketdi.
Marat egilib plashni oldi. Hilolaning qadam tovushlari
tez uzoqlashib borardi. Shundagina u bu qizni sevib qol-
ganini, qattiq sevib qolganini chuqur his etdi. Yuragining bir
parchasi uzilib ketayotgandek yana uning ketidan yugurdi.
Bog‘ chetida yetib olib qoiidan tutdi.
Yomg‘ir hamon shivalab yog‘ar, Marat endi plash loy bo‘l-
ganini, uni Hilolaga kiygizib bo‘lmasligini o‘ylab qiynalardi.
- Hilola, unda, - dedi nafasi qisilib. - Unda men bir nar
sa yozayotgan edim.
- Narsa yozaman deb hammadan kecha qoling. - Hilola
endi yig‘lamas, ovozida temirdek qat’iyat bor edi.
- Boshqa ilojim yo‘q edi, - dedi Marat o‘ychan.
- Ilojim yo‘q deng?
Marat uning titrab turgan lablariga qarab boshini quyi soldi.
- Yo‘q.
Hilola bunday javobni kutmagan edi. U Marataing yali-
nishini xohlardi.
- Bo‘lmasa, - Hilola ovozi qaltirab takrorladi. - Bo‘l-
masa mendan kecha qoling!
Marat hamon boshini quyi solib turar, asfalt yo‘lkaga
yopishib yotgan xazonni tuflisining uchi bilan ezg‘ilar edi.
- Men aytgandim, - dedi u sokin ohangda. - Menga
do‘st kerak, hamroh kerak, degandim...
- Yo‘q, aytsangiz-chi, ijodingiz uchun mendan kecha qo
ling. 0 ‘zingizdan boshqa hech kimni o‘ylamay qo‘ya qoling!
Marat uning ko‘zlarida g‘azab borligini ko‘rib, ko‘ng-
li og‘ridi. Nahotki u chindan ham faqat o‘zini o‘ylayot-
gan bo‘lsa?! U shu kungacha biron marta durustroq o‘ylab
152
Do'stlaringiz bilan baham: |