0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
-
Kechirasiz, kimsiz? - dedi devordagi soatga tezgina 
qarab olib. 0 ‘n besh daqiqa qolibdi.
- Siz meni tanimaysiz, - notanish ovoz yig‘i aralash 
xo‘rsindi. - Siz bilan maslahatli ishim bor.
Marat ertaga keling demoqchi bo‘ldi-yu, aytolmadi, 
ko‘ngli boimadi.
- Keling hozir, - dedi yana soatga qarab, - ikkinchi qa- 
vatdaman.
Marat go‘shakni qo‘ydi-da, chiroqni yoqdi. „Hilola kutib 
qoladigan bo‘ldi-da“, deb o‘yladi ko‘ngli g‘ash bo‘lib.
Birozdan keyin eshik ochilib, ostonada ko‘hlikkina qiz 
ko‘rindi. Plashining yelkalari, qo‘lidagi yomg‘hpo‘shi ho‘l 
edi. ,,Yomg‘ir yog‘ayotgan ekan, - Maratning ko‘nglidagi 
g‘ashlik kuchayib ketdi. - Hilola xafa bo‘ladi-da“.
Qiz ichkariga kirishga qo‘rqqandek hamon ostonada tu­
rardi.
- 0 ‘tiring, - dedi Marat divanni ko‘rsatib.
Qiz divanning bir chekkasiga omonat o‘tirdi-da, qizarib 
ketgan ko‘zlari bilan unga qarab qo‘ydi.
- Vaqtingizni oldimmi?
- Nima boidi, singlim? - dedi Marat plashini yechib, 
stul suyanchig‘iga tashlarkan. - Nega xafa bo‘lyapsiz?
Qiz unga bir qarab qo‘ydi-yu, yana ko‘zlarida yosh qal- 
qidi.
- Men sizni yaxshi bilaman. - Qizning o‘pkasi to‘lib 
hiqillab qoldi. - Siz yaxshi, oliyjanob odamsiz.
Marat gapining davomini kutib, indamay o‘tiraverdi. 
Qiz plashining cho‘ntagidan ro‘molcha olib, ko‘z yoshla- 
rini artdi.
- Bir yigit bor edi. - Qiz yuzini deraza tomonga burib 
oldi. - Bir-birimizni yaxshi ko‘rardik. Men dars tayyor- 
lagani uning yotoqxonasiga borib turardim... - Qiz jimib 
qoldi-da, birdan ho‘ngrab yubordi. - U meni aldab ketdi. 
Armiyaga ketib qoldi.


Uzun kechalar
149
Marat tushundi. Ko‘nglini kemirayotgan g‘ashlik bo- 
shini sirqiratib yubordi. U kafti bilan peshanasini changal- 
lagancha so‘radi:
- Endi nima qilmoqchisiz?
Qiz yarq etib unga qaradi.
- 0 ‘zimni o‘ldiraman!
- Bo‘lmagan gap! - Marat qo‘lini shartta tushirdi-da, 
sovuqqina gapirdi. - 0 ‘zini o‘ldiradigan odam aw al e’lon 
qilib, keyin o‘ldirmaydi.
Qiz achchiq haqiqatni shundoqqina ko‘z o‘ngiga keltirib 
qo‘ygan Maratga hayron qarab qoldi.
- Onangiz bormilar? - dedi Marat biroz yumshoq ohangda.
Qiz asabiylik bilan qo‘l siltadi.
- Ular nimani tushunardi? Eski odam... Erga beramiz 
deb yotishibdi.
„Qachondan buyon sen yangi odam bo‘lib qolding! -
deb o‘yladi Marat g‘ijinib. - Duch kelgan odamning oldida 
quchog‘ini ochish yangilig-u, nomusli bo‘l deyish eski- 
likmi?“
Marat ko‘pdan buyon shu gaplami o‘ylab yurardi. Mana, 
yana bir misol. U o‘zini bosib oldi. „Bu qiz tanbeh eshitgani 
emas, maslahat so‘ragani kelgan-ku“.
- Xat yozyaptimi? - dedi u xotirjam ohangda.
- Erga tegib ketaver, debdi. - Qiz uf tortdi.
- Nega shunaqa deb yozganini bilasizmi?
Qiz ma’yus bosh chayqadi.
- Sizga ishonmayapti!
Qiz bunisini hech o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsa kerak, kiprik­
larini hayron pirpiratdi:
- Nega ishonmaydi?
- Siz har safar yig‘lab yozavermang, - dedi Marat uning 
savolini eshitmagandek. - Endi siz qancha yalinib yozsangiz, 
u shuncha uzoqlashib ketaveradi.
- Nima qilay bo‘lmasa? - dedi qiz o‘kinch ohangida.


150

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish