14-mavzu. XIX asrda G‘arbiy Yevropada pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Reja



Download 151,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.07.2022
Hajmi151,14 Kb.
#839757
Bog'liq
14-маъруза



14-mavzu. XIX asrda G‘arbiy Yevropada pedagogik fikrlarning rivojlanishi. 
Reja
1.XIX asrning boshida G‘arb falsafasida pedagogik g‘oyalar. 
2. I.G.Pestalotssining pedagogik g‘oyalari.
3.A.Distervegning pedagogik g‘oyalari.
Manbalar 
Tarixiy 
davr 
Tarixiy shart 
sharoit 
Pedagogika nazariyasini rivojlanishi 
Djon Lokk 
1632-
1704 
Angliyada 
ijtiomiy-
madaniy 
taraqqiyot 
va 
siyosiy kurash 
davri 
Jon Lokk o‘znining “Inson aql-idroki to‘g‘risidagi tajriba” degan 
asosiy falsafiy asarida odamning ongigga tug‘ma ideallar va 
tasavvurlar yo‘q, go‘dakning ko‘ngli bamisoli “toza taxtadir” 
deb isbotlashga harakat qilgan. Lokning pedagogikaga qo‘shgan 
hissasi shundan iboratki u o‘zining falsafiy va pedagogik asarlari 
bilan, davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi o‘zining shartnoma 
nazariyasi va “tabiiy huquq” nazariyasi bilan fransuz 
marifatchilariga juda katta tasir ko‘rsatgan. 
Jan Jak 
Russo 
1712-
1778 
Fransiyada ilm-
fanning 
taraqqiyoti, 
kapitalistik 
ishlab chiqarish, 
ta’lim 
tizimi 
rivojlanishi va 
siyosiy kurash 
davri 
Russoning fikricha, bolalar tabiatga muvofiq raishda tabiiy 
tarbiyalanishni lozim. Bu gapning manosi shuki, bolaga tarbiya 
berishda uning tabiatiga qarab ish olib boirish, uning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish kerak. “Tabiat bolalar o‘sib katta 
bo‘lishlaridan oldin ularning bola – sifat bo‘lishlarini istaydi” – 
deb yozadi Russo. U bolalar tarbiyasini uch manbadan: 
tabiatdan, tevarak –atrofdagi odamlardan va narsalardan oladilar 
deb hisoblaydi. Russoning fikricha, tabiatning tarbiyasi inson 
qobiliyatlarini “ichki” o‘stirishdan, sezgi organlarini o‘stirishdan 
iborat bo‘ladi. Russoning didiaktikasi bolada mustaqillik, kuzata 
bilish, fahmlay bilish va zehnini o‘stirishga asoslangan 
didiaktikadir. Hamma narsa bolaga idrok qilish uchun mumkin 
qadar eng ko‘p darajada yaqqol ko‘rsatilishi kerak. Russoning 
fikricha tabiat o‘zi, bola bevosita tanishayotgan hayotiy 
faktlarning o‘zginasidir. Russo yangi erkin kishining aqliy 
tarbiyalanishini tasvirlashga uringan bo‘lsa ham, lekin bolaning 
shaxsiy tajibasini insoniyatning fan yutuqlaridan foydalanish 
bilan bog‘lay olmadi. U real bilimlarni kitoblardan emas, balki 
tabiatdan olish tarafdori. Shu bilan birga u bolani o‘qitish uchun 
tabiat va hayot bilan bevosita aloqada bo‘lishining muhimligini 
yorqin ifodalab bergan 
Deni Didro 
1713-
1784 
Fransiyada ilm-
fanning 
taraqqiyoti, 
kapitalistik 
ishlab chiqarish, 
ta’lim 
tizimi 
rivojlanishi va 
siyosiy kurash 
davri 
Didro tarbiyaning roliga yuksak baho beradi u tarbiya yo‘li bilan 
ko‘p narsaga erishish mumkin, lekin tarbiya tabiatning bolaga 
bergan qobiliyatinigina o‘stiradi deb hisoblaydi. Tarbiya 
odamning jismoniy tuzilishini va tabiiy xususiyatlarini hisobga 
olgan tarbiyalash yo‘li bilan uning yaxshi qobiliyatlarini o‘stirish 
va yomonlarini esa yo‘qotish mumkin. Odamlarni o‘sishidagi 
tabiiy tafovutlarni ahamiyati to‘g‘risida, tarbiyalashda bolaning 
jismoniy tuzilishidagi xususyatlari bilan hisoblashish zarurligi 
to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisidir. 
Iogann 
Genrix 
Pestalossi 
1746-
1827 
Fransiyada ilm-
fanning 
taraqqiyoti, 
kapitalistik 
ishlab chiqarish, 
Pestalotsi Boshlang‘ich ta’limning umumiy asoslarini va 
boshlang‘ich ta’limnining xususiy metodikalarini ishlab chiqdi. 
Pestalossining dunyo qarashi tarixan cheklanganligi sababli bu 
narsa uning o‘quvchilarni bilimlar bilan qurollartirish va 
ularning aqliy kuchlarini o‘stirish bir butun ish ekaniligi 


ta’lim 
tizimi 
rivojlanishi va 
siyosiy kurash 
davri 
to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal qilishga imkon bermadi. U 
tafakkkurni o‘stirishda bazan yuzaki mashqlar roliga haddan 
tashqari ortiq baho berdi. Lekin Pestalossining rivojlanib 
boruvchi maktab ta’limi to‘g‘risidagi g‘oyani ilg‘or pedagogika 
nazariyasi va tajribasining yanada rivojlanishiga, ijobiy tasir 
ko‘rsatdi 
Iogann 
Fridrix 
Gerbart 
1776-
1841 
Fransiyada ilm-
fanning 
taraqqiyoti, 
kapitalistik 
ishlab chiqarish, 
ta’lim 
tizimi 
rivojlanishi va 
siyosiy kurash 
davri 
Gerbart pedagogikasida falsafiy – psixologik qarashlar tarkib 
topgan Gerbartning tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari 
haqidagi qarashlarida boshqarish, o‘qitish va axloyi tarbiya 
berish, deb uch bo‘lakka bo‘ladi. Gerbart pedagogika
nazariyasini bilib olingandan keyingina pedagoglik ishini 
muvaffaqiyatli ravishda olib borish mumkin, deb takidlaydi. 
Pedagogikning keng falsafiy qarashlariga ega bo‘lishi juda ham 
zarur, chunki kun sayn olib boriladigan pedagoglik ishi va 
cheklangan shaxsiy tajriba pedagogning saviyasini toraytirib 
qo‘yadi deydi. O‘qituvchi kun sayin pedagoglik faoliyati bilan 
shug‘ullanashi natijasida tarbiyalash sanatini yaxshi bilib oladi, 
u tarbiya nazariyasini qanchalik chuqur va asosli ravishda 
o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, tarbiya sanatini shunchalik tez bilib 
oladi. “Faqat ish jarayonidagina tarbiya sanati o‘rganila boradi 
va takt, malaka, o‘quv, epchillik hamda mahorat qo‘lga 
qiritiladi; deb yozadi.
Fridrex 
Vilgelm 
Adolf 
Disterveg 
1790 -
1866 
Germaniyada 
ilm 
fanning 
rivojlanishi 
maktab va oliy 
o‘quv yurtlari 
rivojlanishi. 
Mamalakatni 
iqtisodiy 
taraqqiyotida 
ta’lim, 
milliy 
tarbiya 
hal 
qiluvchi 
omil 
bo‘lishi.
Disterveg umuminsoniy tarbiya ideyasini himoya qilib chiqdi, 
shu ideyaga tayani turib, pedagogika masalarinining yuqori 
toifaviy va shovinistik manfatlarini ko‘zlab hal qilishga qarshi 
kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi insonpavar 
kishilar va ongli fuqarolar tarbiyalab yetishtiridir. Odamlarda 
Insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga 
chambarchas bog‘lingan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg 
“inson – mening nomim, nemis – mening laqabimdir” deydi. 
Desterverg pistalossi singari, tarbiyaning eng muhim prinsipi 
uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir deb hisoblaydi. Disterveg 
tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin 
qildi, yani tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib 
borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga 
olinishi; o‘qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, tafakkurining 
o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlar; ta’limotini ilmiy 
ifodalaydi; U psixologiyani “tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi” 
deb bildi. Destervegning katta xizmati shundaki u pedagoglik 
tajribasini pedagogikaning taraqqiy ettirishning manbai deb 
hisobladi.
Robert 
Ouen 
1771 -
1858 
Angliya 
kapitalistik 
ishlab chiqarish 
rivojlanishi, 
ilmiy 
fanning 
rivojlanishida 
ta’limning 
ahamiyati orta 
borishi. 
Pedagogik 
g‘oyalarning 
Roberb Ouen 10 yoshdan kichik bolalarni uchun bir qancha 
ta’lim muasasalari: bir yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar 
uchun yasli, bolalar bog‘chasi va bolalar maydonchalaridan 
iborat bo‘lgan “kichik bolalar maktabi”; 6 yoshdan 10 
yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Boshlang‘ich maktabi”; 
ishlab chiqarishda ishlayotgan o‘smirlar uchun kechki maktab 
ochdi. Katta yoshdagi ishchilar va ularning oilalari uchun 
kechqurunlari leksiyalar, suhbatlar, va madaniy o‘yin-kulgilar 
o‘tkazilib turdi. Ouen “kichik bolalar maktabi” to‘g‘risida juda 
g‘amhurlik qilid. Bolalar maktabga kirgan kunlaridan (juda 
kichik yoshdan) boshlab ashula va raqs o‘rganar, ko‘p vaqtlarini 


rivojlangan davr 
milliy 
tarbiya 
ustvorligi
ochiq havoda o‘tkazar edilar. Jismoniy tarbiyaga, gimnastika va 
harbiy mashqlarga alohida e’tibor berildi. Boshlang‘ich 
maktabda o‘quvchilar ona-tili, arifmetika, geografiya, tabiat va 
tarix o‘qitilar edi. Boshaqacha qilib aytganda buboshlang‘ich 
maktabda 
boshqa 
ingliz 
boshlang‘ich 
maktablarining 
hammasidagiga qaraganda ancha keng bilim berilar edi.
Mixail 
Vasilyevich 
Lomonosov 
1711-
1795 
Pyotr 

podsholigi 
davrida 
mamalakatda 
ishlab chiqarish, 
harbiy 
sanoat 
rivojlangan. 
Maktablar, 
universitet 
va 
akademiyalar 
tashkil etilgan. 
Lomonosov gimnaziya va universitetlar uchun bir qancha 
darsliklar tuzdi. 1748 yilda u “Ritorika”, 1755 yilda “Rus tili 
grammatikasi”, kitoblarini yozdi, bu kitoblar rus umumiy 
malumot maktablari uchun 50 yil davomida eng yaxshi darslik 
bo‘lib xizmat qildi. Bu kitoblarda Lomonosovning til va 
adabiyot to‘g‘risidagi eng ilg‘or ta’limoti aks etgan bo‘lib, 
Lomonosovning fikricha, bu ta’limotda voqeylikda real 
munosabatlar gavdalangan edi. Lomonosov tarix kitobi yozdi. U 
tarjima qilgan “Yeksperimenal fizika” darsligida tabiat 
hodisalari falsafiy materializm ruhida tushuntirilgan edi. Bu 
kitobda fizika qonunlari birinchi marta dogmatik asosda bayon 
qilinmay, balki fizika tajribalari bayon qilingan ediki, bu xil 
bayon o‘qituvchilarini fizika qonunlarini tushunishiga olib kelar 
va ularga bu qonunlarni yaxshi tushuntirib berar edi. Lomonosov 
Moskva universitetining barpo qilinishida eng faol qatnashdi.
Nikolay 
Ivanovich 
Pirigov 
1810-
1881 
Rossiyada ilm-
fan rivojlanadi 
ta’lim-tizimini 
pedagogik 
qoidalar asosida 
tashkil etishish 
muhim 
omil 
bo‘ldi. 
Prigorov “Hat masalalari” sarlavhali maqolasida va pedagogika 
sohasida yozgan boshqa asarlarida tabaqaviy maktablarga va 
Rossiya xalq maorifidagi yoshlarning umumiy malumot 
darajasini pasaytirish maqsadida, ularni erta shdan kasbhunarga 
o‘rgatishga qarshi chiqdi. U ta’limning anashu maxsus 
yo‘nalishiga qarama-qarshi qilib, umuminsoniy tarbiya g‘oyasini 
ilgari surdiki, bu tarbiya ijtimoiy hayotga aqliy saviyasi keng, 
yuksak axloqli kishi yetishtirib berish kerak edi. “Inson bo‘lib 
yetishish kerak – tarbiya manashunga olib kelishi kerak”, - deb 
yozadi Pirigorov, Keng umumiy malumot kelajakdagi ixtisosiy 
ta’limga asos bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi.

Download 151,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish