Uzun kechalar
139
* * *
Ular arg‘amchi uchishardi. Qayiqcha borgan sayin ba-
landroq ko‘tarilib tushar, Hilola qo‘rquv ichida arg‘amchi-
ning yon tarafidagi yo‘g‘on simlami mahkam ushlab olgan,
yuragi gupullab urardi. Har safar qayiqcha tepaga ko‘tari-
layotganida Maratning qoracha chehrasini, shabadadan pe-
shanasiga yoyilib tushgan sochlarini, hayajondanmi, qu-
vonchdanmi qisilib ketgan ko‘zlarini ko‘rar edi. Arg‘amchi
pastlayotganida esa ko‘ylagining etaklari shamolda ko‘tarilib
ketmasligi uchun engashib olishga harakat qilardi.
- Boidi! - dedi u kulgi aralash qiyqirib. - Bo‘ldi, Ma
rat aka.
Marat arg‘amchini yanayam qattiqroq silkita boshla
di, Hilolaning boshi aylanib ketdi. Pastda navbat kutayot-
gan bir to‘da odamlar ham, arg‘amchi yuqorilaganida aniq
ko‘rinayotgan daraxtlaming uchi, olisda, quyosh botib ket
gan ufqda yonib turgan shafaq ham xira bir tumanlik ichida
aylana boshladi. Uning ko‘z o‘ngida faqat Marataing cheh-
rasi qoldi.
- Bo‘ldi... - dedi u yalinib. Keyin bir qo‘lini qo‘yib
yubordi-da, beixtiyor Maratning yelkasidan ushlab oldi.
Maratning terlagan sochlari peshanasiga tekkanini sezib, ha-
yajon bilan ohista shivirladi.
- To‘xtating...
Shu payt Maratning lablari uning qulog‘i ostida sekin
pichirladi:
- Ko‘p sog‘inadigan bo‘lib qoldim, Hilola.
Hilola unga qaramaslikka harakat qilib, yana yalindi.
- Tushaylik...
Arg‘amchi sekinlay boshladi. Hilola Marataing o‘ziga
hamon tikilib turganini bilar, ammo yiqilib ketishdan qo‘rqib,
qoiini uning yelkasidan tortib ololmasdi.
Marat bu qizni chindan ham ko‘p sog‘inadigan bo‘lib
qolgan edi. Hilola uning qalbidagi sovuq bir bo‘shliqni to i-
140
О ‘tkir Hoshimov
dira boshlagan, u ko'pdan buyon bitmay kelayotgan yarasiga
endi malham topganday edi...
Hilola pastga tushganidan keyin bir lahza oyoqlari titrab
turib qoldi.
- Yeming qadri o‘tdi-a, - dedi Marat kulib. - Doim uni
tepkilab yuramiz-u, bir qadam uzilsak, sog‘inib qolamiz.
Har gal samolyotga chiqishim bilan shuni o‘ylayman. - U
bir nafas o‘ylanib turdi-da, so‘radi. - Qayoqqa boramiz?
Hilola yelkalarini uchirib qo‘ydi.
- Anhomi yaxshi ko‘rasiz-ku. - U Maratning gapini es-
latib, tegajaklik qildi. - Tinch, yolg‘iz his qilgingiz keladi
o‘zingizni...
Ulaming o‘rindig‘i band edi: bir juvon kolaskadagi bola-
kayni tebratib o‘tirardi. Izlay-izlay bir oyog‘i shundoq suvga
botib turgan o‘rindiq topishdi. 0 ‘tirishlari bilan Marat yana
suvga tikilib qoldi.
Birozdan keyin ulaming yonidan yo‘g‘on sochini bitta
qilib o‘rgan qiz baland poshnalarini taqillatib o‘tib ketdi.
Nariroqqa borib to‘xtadi-da, ular tomonga qarab qo‘ydi.
Marat qizning harakatlarini kuzata boshladi. „Kutgan
odami kelmabdi“, deb o‘yladi u. Qiz uch-to‘rt qadam u
yoq-bu yoqqa borib keldi-da, ingichka tuflisining uchi bilan
yo‘lkada yotgan toshni tepdi. Tosh chilp etib suvga tushdi.
Anhordagi chiroqlar marjoni chil-chil bo‘lib ketdi. Nurli tas-
maday silkina-silkina yana joyiga keldi. „Hikoyaga yaxshi
detal“ deb o‘yladi Marat.
- Yaxshi qiz ekanmi?
Marat burilib qaradi-yu, Hilolaning o‘zidan ko‘z uzmay
o‘tirganini ko‘rdi. Ammo nimani so‘rayotganini dafatan
tushunmadi. Keyin birdan tushundi-da, boshini sarak-sarak
qildi.
- Yo‘g‘-e... Men butunlay boshqa narsani o‘ylayotgandim.
- Marat aka, - dedi Hilola shubhali ohangda. - Institutni
bitirguncha ham hech kim bilan yurmaganmisiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |