Uzun kechalar
141
Marat uning ko‘zlarida qat’iy bir ifoda ko‘rdi-yu, qalbi-
ning eng chuqur joyidagi ham alam, ham sog‘inch tuyg‘usi
yana tug‘yon urdi. Ha, u yaxshi ko‘rgan edi. ,,So‘ngan yul-
duz shu’lasi“da o‘zining ham natijasiz muhabbati tasvir etil-
gandi. Hozir o‘sha so‘ngan yulduzning yoniq shu’lasi yana
yarq etib ketdi.
- Ya’ni birovni yaxshi ko‘rganmisiz, demoqchisiz-da, -
dedi u iloji boricha xotirjam gapirishga urinib. - Ha, yaxshi
ko‘rganman!
- Keyin-chi?
Marat Hilolaning ovozida sovuq qat’iyat borligini sezib,
yanayam xotirjamroq gapirdi.
- Keyin uzoqlashib ketganmiz.
- Undan keyin-chi?
- Undan keyin yana ikkita qizni uchratdim. - Marat
kuldi. - Ular mendek dovdimi yoqtirishmadi.
Hilola boshini quyi solgancha o‘tirar, iztirob chekayot-
gani bilinib turardi.
Marat birdan uning qo‘llarini mahkam ushladi-da, kaftini
qattiq qisgancha hayajondan ovozi titrab, iltijo qildi.
- Hilola, qo‘ying... Nima keragi bor shu gaplaming! - U
kafti bilan qizning iyagidan ko‘tarib, o‘ziga qaratdi. - Hilola...
Hilola ko‘zlarini chirt yumib oldi. Uning qalbi titrar, ho
zir Marat o‘zini o‘pishini bilar edi. Endi uning qarshisida
yozuvchi Marat Azizov emas, oddiy yigit Marat, mana shu
,,g‘alati bola“ qolgan edi.
Maktabni bitirish kechasida Baxtiyor degan bola Hilo-
lani birinchi marta o‘pgan, sen bo‘lmasang o‘zimni o‘ldira-
man, deb yig‘lagan edi. Hozir u Maratning ham yig‘lagudek
yolvorishini kutardi.
Ammo Marat o‘pmadi ham, yolvormadi ham.
Hilola sekin ko‘zlarini ochdi-yu, Maratning butun-
lay boshqa tomonga qarab o‘tirganini ko‘rib hayron qoldi.
0 ‘n qadamcha narida, qorong‘i burchakda yelkalari turtib
142
О ‘tkir Hoshimov
chiqqan bir chol hassasining uchi bilan ariqchaga to‘lib qol
gan xazonlami titkilab turardi. Marat hamon Hilolaning iya-
gidan tutib turar, ammo choldan ko‘z uzmas edi. U Hilola
ning o‘ziga qarayotganini sezdi, shekilli, so‘radi:
- Bilasizmi, shu chol nimani o‘ylayapti?
Hilola ijirg‘anib, bosh chayqadi.
- Yo‘q! Siz yozuvchisiz. Siz biling!
Marat kuldi.
- Men ham bilolmay qiynalyapman-da! Balki, xazon
bo‘lgan umrini o‘ylayotgandir. Balki, shu yerda birinchi bor
sevgilisi bilan uchrashgandir. Odam umri qisqa qolganini
payqay boshlasa, qilgan xatolarini ko‘p eslaydi-ku...
Hilola noxushlik bilan yuzini o‘girdi.
Marat uning ko‘ngli cho‘kkanini sezdi. Hilolaning kaf
tini olib, yuziga bosdi.
- Hilola, menga hamroh kerak, ko‘makchi kerak, - dedi
hayajon bilan. - Ba’zan o‘zimga o‘zim shunchalik xunuk,
ojiz ko‘rinib ketamanki!..
Hilola uning yuzlari lovullab turganini sezdi, kaftini tor-
tib olmadi.
* * *
Goho sutdek oydin kechalari hovli o‘rtasidagi supada-
mi, chorpoyadami yotganingizda birdan uyg‘onib. ketasiz.
Uzoq-uzoqlarda poyezd shovqini eshitiladi. Keyin elas-elas
uzoqlashib borayotgan g‘ildiraklar tovushi qulog‘ingizga
chalinadi. Shunda siz yuragingiz ko‘ksingizga sig‘may pitir-
lab ketganini his qilasiz. Allanechuk olis, ertak kabi go‘zal
bir olam ko‘z o‘ngingizga keladi. 0 ‘sha yoqlarga ketib qol-
gingiz kelaveradi.
Marat ko‘pdan buyon ana o‘sha olam tasavvuri bilan
yashar edi. Shu kecha uyg‘onib ketdi-yu, birdan o‘zi ko‘p-
dan buyon aniq tasawur qilolmay yurgan olamni ko‘z-
gudek ravshan ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |