О ‘tkir Hoshimov
Hilola unga zimdan qarab qo‘ydi. Marat oyoqlarini cha-
lishtirib, tizzasiga kaftini qo‘ygancha, indamay o‘tirar, suv-
ga tikilib nimanidir o‘ylar edi. Hilola endi boyagi gaplardan
zerika boshladi. U Maratdan boshqacharoq, o‘zi ham ma’no-
sini tushunib yetmagan sirliroq gap kutar edi.
- Shu yemi juda yaxshi ko‘raman, - dedi Marat o‘ychan
ovozda. - Nimagadir tinch, yolg‘iz his qilgim keladi o‘zim-
ni. Shahaming shovqinidan bezib ketadi odam.
- Dam olish kuni biz paxtaga chiqar ekanmiz, - dedi
Hilola ishxonadagi yangilikni eslab.
- Kecha universitetda birga o‘qigan o‘rtog‘imdan xat
oldim, - dedi Marat uning gapini eshitmagandek, hamon
suvdan ko‘z uzmay. - Qishloqda o‘qituvchilik qiladi. Raisni
rayon gazetasida tanqid qilib yozgani uchun kolxozdan
ko‘chib qutulibdi. - Marat chuqur xo‘rsindi. - Aslida, ayb
faqat raisda emas-ku...
Hilola uning qiynalib, ezilib gapirayotganini ko‘rib,
achindi.
- Dunyoda yomon odamlar ko‘p-da... qo‘ying, o‘ylamang...
Marat yarq etib qaradi.
- Yomon odam... - dedi siniq ohangda. - Hali siz yozuv-
chilarga maza, kitobini yozib yuraveradi, dedingiz... Ba’zan
shunaqa bo‘ladiki... - U afsus bilan jilmaydi. - Mana, siz...
Birovni yomon ko‘rsangiz, gaplashmay qo‘ya qolasiz. Uning
yaxshi tomonlarini qidirib ham o‘tirmaysiz. Tug‘ilganida
hammayam pok boiadi-ku. Yozuvchi dushmanidan ham
do‘st axtaradi. 0 ‘shani tushunishga harakat qiladi.
Hilola yana zerika boshladi.
- Ketaylik-a, - dedi Marat uning istagini payqab.
Ko‘prikdan o‘tib ketishayotganida Marat panjaraga su-
yanib to‘xtab qoldi.
- Ana siz! - dedi bolalarcha xushchaqchaq ohangda. Hi
lola muzday temir panjaraga kaftini bosgancha hayron bo‘lib
suvga qaradi.
Uzun kechalar
137
- Ana, ana, suzib yuribsiz, - dedi Marat suv yuzida qal-
qib turgan ingichka oyni ko‘rsatib. - 0 ‘sha sizsiz-da!
Hilola, yuragida iliq tuyg‘ular uyg‘onib, Maratga mehr
bilan qarab qoldi. Endi u boyagidek o‘ychan, vazmin emas,
go‘dakdek sodda bo‘lib qolgan edi.
* * *
- Kino yoqdimi? - dedi Hilola yelkasi osha burilib qarab.
U nafis pushtirang jemper kiyib olgan, sochini baland
qilib turmaklagan edi.
Marat yo‘lkada sochilib yotgan xazonlami shitirlatib
bosib borarkan, orqaga qarab qo‘ydi. San’at saroyining yax-
lit oynalaridan nur yog‘ilib turardi.
- Yo‘q, - dedi u o‘ychan ovozda. Keyin yana xazonlami
shitirlatib bosib bordi-da, o‘sha xayolchan alfozda davom
etdi. - Bir ayolning eridan ajralishini oqlash uchun butun
qishloq ahlini qop-qoraga chiqarish shartmikin?
Hilola kuldi:
- Agar o‘sha qishloqda ayolni tushunadigan odam
bo‘lmasa-chi?
- Nahotki? - Marat xuddi kasbdoshlari bilan bahslasha-
yotgandek qizishib ketdi. - Nahotki butun boshli qishloq
qop-qora bo‘lsa? Nahot o‘sha xotinning o‘z izzat-nafsini
himoya qilishga urinayotganini tushunadigan bironta odam
topilmasa?
Hilola bir nafas jim bordi-da, hozirgina ekranda ko‘rgan
voqealardan yana hayajonlanib ketdi.
- Sizning „Bir lahzalik quvonch“ hikoyangizda ham
shunga o‘xshash voqea tasvirlangan edi. Lekin siz unda xo-
tinni emas, emi himoya qilgansiz. - U jilmayib Maratga qa
rab qo‘ydi. - 0 ‘sha hikoyangiz menga yoqmagan.
Marat to‘xtab qoldi. Hilola ham uch-to‘rt qadam yurib
bordi-da, pastak arg‘uvon soyasida to‘xtadi. Marat uning
chehrasini aniq ko‘rmasa ham, jilmayayotganini bilib turardi.
138
Do'stlaringiz bilan baham: |