0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
„Oti Hilola ekan-da“, deb o‘yladi Marat. Lekin kotiba to- 
monga burilib qaramadi. Eshikni ohista yopib, chiqib ketdi.
- Kim u, Zamir? - dedi Hilola hozirgina yopilgan eshik- 
ka imo qilib. - Taniysanmi?
- Vuy, tanimadingmi? - Zamira xona o‘rtasida turib 
qolgan, sepkildor yuzi hamon lovullab yonar edi. - Marat 
Azizov shu-da! Kursimizda uchrashuv bo‘lganida ko‘rgan- 
man.
- Men bo‘lsam... - Hilola xijolatdan qizarib kitobchani 
qo‘liga oldi. - Hazillashyapti deb o‘ylabman.
- Urishdingmi?
- Qayoqdan bilay? - dedi Hilola bo‘shashib. - Men Ma­
rat Azizov katta kishi boisa kerak, deb yurardim.
- Voy, hali uylanmagan-ku. - Zamira bilag‘onlik qilib 
uning qoiidagi kitobni ko‘rsatdi. - Shu kitobda o‘zini 
yozgan-da! U doim o‘zining boshidan o‘tganlarini yozadi. -
Zamira bir nafas xayol surib turdi-da, so‘radi. - Kimda ishi 
bor ekan?
Hilola uning ko‘zidagi ayyor tabassumni ко‘rib, ataylab 
beparvo gapirdi:
- Qobil Qodirovichning oldiga kirmoqchi ekan.
Zamira sekingina uf tortdi:
- Men ministr bo‘lsam, uning iltimosiga darrov xo‘p 
derdim... Chiroyli-a? - Hilola o‘zining qizara boshlaganini 
payqab, deraza tomonga qarab oldi.
- Bor, xonangga chiq!
Zamira qarsak chalib kulib yubordi.
- Ehtiyot bo‘l, Marat Azizovning muxlislari ko‘p.
Hilola unga qayrilib qaramas, ammo shu tobda qila-
yotgan tegajakligi yoqar edi. U kitobchani shoshilinch 
varaqlar, bir narsani o‘ylardi. ,,0 ‘zining boshidan o‘tgan- 
larini yozar ekan-da“. Hilola Maratning boshqa hikoyala- 
rini ham o‘qigan, har gal yangi qo‘shiq eshitganday rohat 
qilib, hayajonlanib o‘qigan edi.


Uzun kechalar
133
„Nega chorshanbada kelasiz dedim, - deb o‘yladi u dera- 
za ortida ohista silkinib turgan sarg‘ish chinor yaproqlaridan 
ko‘z uzmay. - Dushanbada ham qabul bor edi-ku“.
* * *
Chorshanba degan kun Hilolaning xayolida hech qa­
chon shunchalik ko‘p charx urmagan edi. U tong otishi-yu, 
kech kirishini hech qachon shunchalik orziqib kutmagandi. 
Ora-chora Zamira kirib qolar, xuddi Hilolaning ko‘ngli- 
dagini bilib turganday Marat Azizovdan gap ochar, har sa­
fari „Ehtiyot bo‘l, yozuvchining muxlisi ko‘p bo‘ladi“, deb 
qo‘yar edi.
Hilola parvo qilmadi. U yozuvchilar go‘zallikni yaxshi 
ko‘radilar, deb ko‘p eshitgan. „Shundoq ekan, bo‘pti-da, 
Hilola chiroyli qiz“.
0 ‘sha kuni u o‘ziga oro berdi. Sochini chiroyli qilib tur- 
makladi. Yangi kofta kiydi.
Marat kirib kelganida u derazadan sershovqin ko‘chani 
tomosha qilib turar edi. Ammo eshikni ochgan kishi xuddi 
shu - Marat ekanligini ichki bir tuyg‘u bilan sezdi-yu, sekin 
burilib qaradi.
Yuragi tipirchilab urib ketganini, yuzlari lovullab yo- 
nayotganini payqab, beixtiyor jilmayib qo‘ydi.
- Mumkinmi? - Marat xuddi o‘sha kundagidek oq ko‘y- 
lak, qora shim kiyib olgan, eshik tutqichidan ushlab turardi.
- Keling, - Hilola ovozi titrab, salom berdi.
Marat bo‘sh stullarga qarab so‘radi.
- Mening navbatim keldimi?
- Qobil Qodirovich chet elga ketdilar, - dedi Hilola 
xotirjam gapirishga urinib. - 0 ‘n besh kunlardan keyin ke- 
ladilar.
- Mayli, o‘n besh kundan keyin kelaman.
U endi burilib ketayotgan edi, Hilolaning ko‘zlarida al- 
laqanday savol borligini bilib to‘xtadi.


134

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish