O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 226,86 Kb.
bet1/32
Sana20.04.2022
Hajmi226,86 Kb.
#565715
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti




ALIYEV D.I.


ARAB TILINI O’QITISh METODIKASI


Аннотация: Маърузалар матни араб тилини ўқитишда янги педагогик технологияларни қўллаш, таълимнинг янги методи сифатида ўқув ўйинларини тадбиқ этиш каби аспектларни ўз ичига олади. Тадбиқ этиладиган услублар морфология ва синтаксис ҳамда нутқ фаолияти турларида учрайдиган муаммоларни ҳал этишга қаратилган.

TOShKENT 2010


Mazkur ma’ruzalar matni kitobi filologiya yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan 3 kurs talabalri uchun mo’ljallangan. Bu kitobda arab tilidan dars berish usul va uslublari nazariy va amaliy tarzda berilgan. Bundan tashqari talabalarda arab tilidan dars berish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan yo’nalishlar bo’yicha yangi pedtexnologiya usullaridan namunalar ham berilgan. Bu kitobning maqadi – talabalrni respublikamizda sharq tilini o’qitishda keng va samarali qo’llanib kelinayotgan usul va uslublari bilan tanishtirish hamda ularni dars jarayonini tashkil etish borasidagi bilimlar bilan qurollantirish.


Muallif: Aliyev D.I. – ToshDShI Arab filogoiasi kafedrasi katta o’qituvchisi




Taqrizchilar: Orifho’jayev N.M. - Arab filogoiasi kafedrasi katta o’qituvchisi, kafedra mudiri v.b.

Kirish


Arab tili dunyodagi halqaro tillardan biri bo‘lib, 22 ta arab mamlakatlarining davlat tili sifatida mavjuddir.
Bu tilda jahon madaniyatining durdonalariga aylangan ko‘plab adabiy-badiiy, falsdafiy, diniy, tarixiy, siyosiy mavzulardagi asarlar ham yaratilgan.
“Arab tilidagi madaniyat” deb nomlangan bu madaniyatning shakllanib, rivojlanishiga Imom Buxoriy, Termiziy, az-Zamaxshariy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi ajdodlarimiz ham salmoqli hissa qo‘shganlar.
O‘zligimizni anglash, kelajakka intilgan umum bashar karvonida o‘zimizga munosib o‘rin egallash va uni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy pok, ilm-ma’rifatga chanqoq, Vataniga, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz uchun ajdodlarimizdan qolgan nihoyatda boy ilmiy-adabiy merosni xalqimizga yetkazishimiz, farzandlarimiz ongiga singdirishimiz lozim. Bu esa arab tilini o‘rganish va o‘rgatishni aqozo qiladi.
Dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashashni, ular bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham xizmat qiladigan muhim omildir.
22 ta arab mamlakatiga birlashgan va “Arab dunyosi” deb nomlangan hududda yashayotgan 260 milliondan ortiq xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlariga jahonda qiziqish ortib bormoqda, chunki mazkur hududda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shganligi barchaga ma’lum
Mustaqillik tufayli ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bunday o‘zgarishlarni ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida sezish mumkin. Maktabda o‘quvchilarga, oily o‘quv yurtlarida talabalarga mukammal bilim berish imkoniyati kengaymoqda. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida, institut, universitetlarda arab tilini o‘rgatishga munosabat yaxshi tomonga o‘zgardi. Bu tilni mukammal egallashda yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli va samarali foydalanishga shart-sharoit yaratildi.
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standatrlarining takomillashtirilgan variantlari yaratildi va u ta’lim tizimiga tadbiq etilmoqda. Bu hijjatlarda chet tillari, shu jumladan arab tilini o‘qitilishi oldiga aniq talablar qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, sharq tillarini chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarning bitiruvchilari o‘z bilimlarini shu yo‘nalishdagi akademik litseylarda yoki kasb-hunar kollajlarida davom ettirishlari mumkin. Arab tilini maktablarda o‘qitish uchun yaratilgan dasturlar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan D.Alievning amalda foydalanish uchun tavsiya etilgan “Arab olami”, M.Miryoqubovning yeti tildagi “Tishing sog‘, vaqting chog‘” kitoblari o‘qituvchi uchun manbaa vazifasini o‘taydi. B.Ibrihimov, I.Oxunov, M.Ho‘jaevlarning xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun qayta nashr etilgan “Arab tili darsligi”, M.Abdullaevning 7-9 sinflar uchun yaratgan “Arab tili” o‘quv qo‘llanmasi, 2008 yilda chop etilgan N.Usmonovning “Arabcha matnlar to‘plami” o‘qituvchi va o‘quvchilarga tqadim etildi.
Arab tilini o‘rganish va o‘qitish uchun qancha ko‘p darslik va qo‘llanma yaratilmasin, baribir u yoki bu kitobdagi mavzularni o‘quvchilarga yetkazish metodikasi – usullari yatilmasa, bu ishlarning natijasi samarali bo‘lmaydi.
Biz ana shu talab vaehtiyojni biroz bo‘lsada qondirish maqsadida mazkuq qo‘llanmani yaratishga qo‘l urdik.
Mazkur qo‘llanma arab tilini o‘qitish borasida ilk yaratilgan kitobcha bo‘lganligi uchun, ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun avvaldan uzr so‘ragan holda bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bildirilgan barcha takliflarni qabul etamiz.

Download 226,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish