O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Ma’ruza № 4 Grammatikani o‘qitish



Download 226,86 Kb.
bet5/32
Sana20.04.2022
Hajmi226,86 Kb.
#565715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi

Ma’ruza № 4 Grammatikani o‘qitish




Darsning o‘quv maqsadi: arab tilini o‘rganishda grammatikaning ahamiyati, gap mazmunini tushunishni, grammatik mashqlarining turlari, grammatik materiallarni o‘zlashtirish va uni mustahkamlsh, grammatik tahlil, noma’lum tekst, grammatik materialni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, gaplarni tuzish mexanizmini to‘g‘ri yetkazish.

Tayanch so‘zlar:


o‘qish grammatik material
tarjima savol
og‘zaki nutq mustahkamlash
matn gramatik tahlil
qoidalar aktiv minimum birlamchi mustahkamlash passiv minimum immititativ(o‘xshatish) o‘rinma-o‘rin kombinatsiya qilingan

Asosiy savollar:



  1. Sharq tillarni o‘rganishda grammatikaning roli

  2. Grammatik materialni yig‘ish

  3. Grammmatik materialga kirish ketma-ketligi (izchilligi)

  4. Grammatik mashqlarning turlari

Sharq tillarida grammatikani yaxshi bilish maktab va oliy o‘quv yurtlari (oldiga qo‘yilgan) vazifalariga erishish (amalga oshirish), ya’ni o‘quvchini matndagi asl (nusha)ni o‘qish va tushunish uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Grammatikani o‘rganish til bo‘yicha bo‘lgan barcha ishlar bilan, ya’ni o‘qish, tarjima qilish, og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.


O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari dasturlari har bir o‘quvchi darsga tayyor bo‘lish uchun grammatikani aniq o‘zlashtirishni talab qiladi:

  1. gap mazmunini tushunish, grammatik shakl va konstruksiyalarni o‘zlashtirish

  2. ularni aniqlash va ta’lim qonunlarini tushuntirish

V) notanish leksikani ham o‘z ichiga olgan holda rasmiy belgilarni va ularni aniqlash
G) chet tilidan ona tiliga tarjima qilishda bu bilimlarni qo‘llash
D) o‘qituvchi nutqini tushunish va savol-javoblarni tuzish uchun o‘rganilgan grammatikadan foydalanish
Bu grammatik qoidalarni mustahkamlash lozim. Grammatik materialni birlamchi mustahkamlashning keng yoyilgan metodi quyidagilardan iborat:

  1. o‘quvchilar tekstda yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan maxsus misollardagi grammatik ko‘rinishlarni kuzatadilar.

  2. O‘qituvchi tomonidan beriladigan qator oddiy savollarga muntazam javob berish yo‘li bilan o‘quvchilar o‘zlari ta’lim qoidalariga nisbatan xulosa chiqaradilar.

  3. avval o‘quvchilar o‘zlari qoidalarni shakllantiradilar, keyin esa o‘qituvchi (to‘ldiradi).

  4. o‘quvchilar berilgan qoidaga misollar keltiradilar yoki kitoblarda ko‘rsatilgan namunalarni topib tushuntiradilar.

  5. qoidalarni qaytarish va ularni ona tili bilan qiyoslash asosida tushuntirish Grammatik qoidani tushuntirishda o‘qituvchi qo‘shimcha qiyinchiliklarni

tug‘dirmaslik uchun faqat yaxshi o‘zlashtirilgan leksik materialdan foydalanishi lozim.
Grammatik materialni tushuntirish va mustahkamlashda sxema va jadvalni keng qo‘llash lozim. Bu grammatik materialni o‘zlashtirish va yaxshi tushunish layoqatini hosil qiladi. Grammatik material o‘zlashtiriladi va analitik o‘qish jarayonida hamda o‘tilgan materialni mustahkamlashdagi maxsus mashqlarni bajarishda qaytariladi.
Grammatik materialni mustahkamlash
Grammatik materialni mashq va analiz qilish grammatik shakl va ko‘rinishni mustahkam o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. mustahkamlash va qaytarish uchun mashqlar (tuzish)ni o‘qitishning turli bosqichlarida fikrlash va xotiraning yosh xususiyatni hisobga olgan holda tanlash lozim bo‘ladi. Materialni mustahkamlash va qaytarish jarayonida qabul qilish usulini turla(b turi)sh, ya’ni uni eshittirish va hkz. Usullarni umumlashtirish mustahkam o‘zlashtirish layoqatini oshiradi.
Grammatik tahlil
Sharq tillari grammatikasini o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchini faqatgina grammatik qoidalarni o‘rgatishga emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay olishga ham o‘rgatishi lozim.
O‘quvchilar grammatikani shunday egallashi lozimki, faqatgina o‘ziga tushunarli bo‘lgan mashqlarnigina emas, balki yetarli tushunarli bo‘lmagan leksik tarkib ma’nolariga qaramay tarjima qila olish bilimiga ega bo‘lishi lozim.
Buning uchun grammatik analizning 2 turini qo‘llaydilar: (qo‘llanadi)

  1. tushuntirilgan gapning grammatik analizi

  2. noma’lum tekst yoki gapning grammatik tahlili

Ikkala tur grammatik qoidani o‘rganish va o‘zlashtirishdan keyin o‘tkaziladi. Bu grammatikani amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tahlil morfologik bo‘lganidek, sintaktik (ko‘rinishda) ham bo‘ladi. To‘liq grammatik tahlil o‘tkazilganiday, qismlarga bo‘lib ham o‘tkaziladi. Qandaydir grammatik mavzu o‘tilish jarayonida grammatik tahlil qismlarga ajratib o‘tkaziladi. Bunday tahlil
ko‘p vaqttni olmaydi, shu bilan birga o‘rganilayotgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirishda yaxshi natija beradi. Analitik o‘qish jarayonida. savol-javob o‘tkazayotganda va hokazolarda qismlarga ajratilgan tahlilni o‘tkazish mumkin.
To‘laqonli grammatik tahlil grammatik bir yoki bir necha grammatik mavzuni o‘tgandan keyin o‘tkaziladi. Bu butun gapning sintaktik va morfolgik tahlilidan iborat bo‘ladi va shuning uchun uni o‘tkazish ko‘proq vaqtni oladi.
Alohida gaplar va keltirilgan parchalarning grammatik tahlili shuningdek, uy vazifasi predmeti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Tahlil qilishda o‘quvchi bu gapning qay turga kirishini aniqlab olishlari kerak, murakkab gapmi yoki sodda gap, qo‘shma yoki ergash gapmi, shundan keyingina gapning to‘liq grammatik tahlilga o‘tishlari mumkin. ikkala tur grammatik tahlil ham o‘quvchilarning ona tilida olib borish maqsadga muvofiqdir.
Grammatik tahlil o‘quvchida chet tilida berilgan tekstlarni o‘qish va yozishni ongli ravishda amalga oshirish layoqatini oshiradi.
Grammatikani o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarda og‘zaki va yozma munosabatlar (nutq)da foydalanish (qo‘llash) uchun grammatik malakaga ega bo‘lishni shakllantirishdir.
Ma’lumki, tilning barcha resurs boyliklarida.
Psixologlarning qayd etishlaricha, nutq kommunikatsiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq tarzda sezilarli kompressiyaga yo‘l ochib beradi, shuning uchun maqsadga muvofiq tarzda material hajmini, xususan, chet tili o‘qitishning konkret shartlarini hisobga olgan holda grammatik materialni cheklash mutlaqo mumkin.
Grammatik materialni cheklash foydasiga keltiruvchi muhim argument bo‘lib grammatik ko‘rinishlarga bilish malakasini shakllantirishda til bilan muntazam shug‘ullanish, salmoqli mashqlarni bajarish va o‘z navbatida ko‘p vaqtni bunga sarflash xizmat qiladi.
Leksikada bo‘lganidek, grammatikani o‘qitishda aktiv va passiv minimum deb nomlangan tur farqlanadi. Aktiv grammatik minimum atamasi ostida og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash uchun mo‘ljallangan grammatik ko‘rinishlar tushuniladi. Passiv minimumga kam uchraydigan yoki og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lmagan, lekin badiiy, texnik yoki umumsiyosiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan grammatik ko‘rinishlar kiradi. O‘quvchilar tekstda uchragan bu ko‘rinishlarni aniqlay olishlari va va ularni tushunishlari lozim bo‘ladi.
Chet tili grammatik ko‘rinishlarni o‘qitishda yanada effektiv natijalarga erishish maqsadida, grammatikada metodik tipologiyani ham ko‘zda tutish lozim.
Grammatik materialni qayta ko‘rib chiqishda grammatikani o‘qitish maqsadlarini aniqlab olish zarur, ya’ni og‘zaki yoki yozma nutqda grammatika bizga qanchalik kerak bo‘lishini bilish lozim. Tanlash kriteriyasi bo‘lib grammatik ko‘rinishning yozma va og‘zaki nutqda qanchalik keng qo‘llanishi xizmat qiladi.
Grammatik materialning o‘zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar ham ko‘zdan qochirilmaydi. Bular bir qator faktorlardan tashkil topishi qoida qilib qo‘yilgan:

  1. Grammatik ko‘rinishning o‘zida uchraydigan qiyinchiliklar

  2. Ona tilining interferurik ta’siri, unda mavjud bo‘lgan yoki uchramaydigan o‘hshash yoki yaqin bo‘lgan ko‘rinishlar

  3. fikriy amaliyot (operatsiya) qiyinchiligi, grammatik ko‘rinishni aniqlash yoki qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ongli ravishda ko‘rsatilgan harakat(umstvennqe deystviya)larning miqdor va xarakteri.

O‘qish uchun lozim bo‘lgan grammatik ko‘rinishlar bilish shakldan mazmunga qalar ko‘rinishidagi prinsip bo‘yicha yasaladi. Avval chet tilidagi material qabul qilinadi va undagi berilgan shaklni xarakterlaydigan belgilar ajratiladi.
Grammatikani o‘qitish turli xildagi nutqni struktural to‘g‘ri shakllantiilgan va o‘qishda grammatik shakllarni aniqlay oladigan ko‘nikmali gaplarni qurish mexanizmiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Gaplarni qurish mexanizmini bilish deganda nimani tushunish lozim? Bu o‘quvchi muayyan vaziyatda o‘z fikrini to‘g‘ri gap shaklida ifodalay olishi lozimligini bildiradi. Aynan nutqning minimal birligi bo‘lmish gaplar asosida o‘quvchi o‘z fikrini to‘g‘ri va tez ifodalay oladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi vazifalari sirasiga chet tilidagi gaplarni qurish mexanizmini, strukturasi (morfologik va sintaktik) turli bo‘lgan va tarkibi bo‘yicha (po glubne), ya’ni undagi bog‘lanishoar miqdorini o‘rgatish kiradi.
Nutqni to‘g‘ri struktura bilan tuzishni yaxshi egallash turli bir tillik va nutqiy mashqlarni bajarish sharoiti mavjulligin taqozo qiladi. O‘quvchining mashqlarining maxsusligii gapdagi tarkibiy tuzilish mexanizmining uzluksiz shakllanishi hisrbiga qurilishini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilar o‘rganilgan grammatik ko‘rinishlarni o‘zlarning ikki, uch va to‘rt jumladan iborat bo‘lgan fikrini elementar bayon etish orqali ifodalashni o‘rganadilar. O‘quvchilarga tayanch vositasi sifatida muayyan vaziyat va bajarish namunasi beriladi.o‘qituvvchi tomonidan tayyorlangan namunalar kommunikativ yo‘nalishi va olib borilayotgan muloqot vaziyat bilan muvofiq kelishi lozim.
O‘quvchilar gramatik shakllarni to‘g‘ri qo‘llash uchun nutqiy mashqlar, xususan, lozim shakllardan foydalanishga rag‘batlantiruvchi o‘quv vaziyatlarni ham qo‘shish taqozo etiladi.

Download 226,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish