O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 226,86 Kb.
bet3/32
Sana20.04.2022
Hajmi226,86 Kb.
#565715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi

Ma’ruza № 2


Chet tilini o‘qitish metodlarini qisqacha obzori
Darsning o‘quv maqsadi: chet tilini o‘qitish tarixi, G.Palmir va M.Uest metodlari, aralash metodlar, pedagogic jarayon, XIX asrninmg oxiri XX asrning
boshlaridagi metodika, “Natural” metod, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qitish metodi haqida ma’lumot berish.


Tayanch so‘zlar:


metod immanentik


til umumta’lim
tafakkur harflar
muvofiqlik tushuncha
mazmun (mundarija) grammatika
vositalar konstruksiya
sintez tarjima
Asosiy savollar:

  1. Chet tilini o‘qitish metodikasining tarixi

  2. G. Palmer metodi. M. Uest metodi. Bilvosita metodlar

  3. Aralash metodlar

  4. O‘zbekistonda chet tilini o‘qtish tarixi

Ossuriya (mil av. 3, 2 asrlar), Misr (mil. Av. 6-5asrlar) va Yunoniston (mil. Av.3, 2 asrlar)paydo bo‘lgan yillardayoq va asosan qadimgi Rim (mil. Av. 2, 1 asrlar)ning gullab-yashnagan davrdagi mazkur mamalakatlar orasida mavjud bo‘lgan tijoriy va madaniy otivlenniy ko‘rinishdagi chet tili bilimlari mutlaqo zarur bo‘lgan. Chet tilini bilish to‘la o‘rta asr davomida ham katta rol o‘ynagan. Bu haqida o‘sha davrning ko‘plab adabiy xotiralari, shuningdek, boshqa tildan olinib, g‘arbiy Yevropa tillari lug‘atlariga kiritilgan o‘zlashtirmalar guvohlik beradi. Dastlab, yunon, keyinchalik, lotin tillari xususiy ta’lim va maktablarda o‘qitilgan asosiy chet tilari hisoblangan. 15 yuzyillik davomida asosiy chet tillaridan biri bo‘lgan lotin tili alohida katta rol o‘ynagan.lotin tili cherkov, fan va dipolmatiya tili bo‘lgani holda dunyo bo‘yicha birinchilikka da’vogarlik qilgan va maktab ta’limining asosiy preldmetlaridan biriga aylanadi. G‘arbiy Yevropada ona tilining shakllanishi va rivojlanishi bilan fransuz (18-19) va ingliz (20) tillari, oxirgi vaqtda bir qator boshqa tillar unga almashina boshlaydi.bu tillarning diplomatik, tijoriy va ilm olamida keng tarqalishiga qaramay, o‘z ahamiyatiga ko‘ra lotin tilidan sezilarli darajada ortdadir.
Lotin tilini o‘qitish uchun keyinchalik tirik tillarni o‘qitish metodikasiga o‘z ta’sirini kzrsatgan va 18 asrning oxiri va 19 asrning birinchi yarmida hamma joylarda, maktablarda tarjimali metodlar qo‘llanilardi. Tirik tillarini o‘qitish metodikasi o‘lik tillarni o‘qitish metodikasi obrazi bo‘yicha qurilgan. 19 asr boshlarida asosiy sifatida chet tillarini o‘qitish umuta’lim vazifasi o‘rtaga qo‘yildai.
Chet tilini o‘rta maktabda o‘qitishga faqfatgina mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi vosita qaraladi. Bu bo‘yicha maktabda o‘qitishning asosiy ob’ekti sifatida mantiq bilan otojdestvlyuyushiy grammatika hisoblanadi. Chet tili leksikasi o‘rganilayotga ngrammatik ko‘rinishlarga illyustratsiya bo‘libgina xizmat
qiladi. Tilning ovozli tuzilishi rganilmaydi. O‘quvchilar faqatgina harflarni o‘qish va ularning moslashuvi o‘qitiladi. Tarjimali meiod vakillari Tillarning umumiyligi va tarkibi bo‘yicha tushunchalarning to‘la mos kelishi hamda ularning ifoda etilishi usulidan kelib chiqqan holda chet tilin o‘qitishning asosiy afzalligining biri deb so‘zma-so‘z tarjima qilishni biladilar.
Chet ona tili tizimi har doim ham mos kelmagani sababli metodistlar ong osti yoki ngli ravishda ularni yaqinlashtirishga, ya’ni lna tili vositasida chet tili konstruksiyalarini leksik va grammatik (jihatdan) so‘zma-so‘z tarjima qilishga majbur bo‘lar edilar. Bunda ona tili chet tiili normalari ostida ko‘rsatilib buzilgan shaklda berilardi.
Tarjimali metod tarafdorlari tomonidan qo‘llangan so‘zma-so‘z tarjima til materialining mustahkamlanishi va ma’nosini ochishning asosiy vositasi sifatida o‘sha tushunchalarning boshqa til shakllari orqali tushuntirilishi uchun xizmat qilardi. Bunday metodika 2 til tizimi qiyoslab o‘rganishga layoqatli bo‘la olmas, balki, til faktlariining mexanik tarzda qo‘yib (soopostovlenie) qo‘yishga yo‘naltirilgan bo‘lardi.
Tarjimali metodlar orasida ikki asosiy turi ajratiladi: 1. grammatik jihatdan tarjima qiladiganlar tarafdorlari alohida grammatik k o‘rinishlarni o‘qitishni asosiy (xusus) deb bilardilar, ya’ni ular o‘rganilayotgan tilning grammatik qoidalaridan kelib chiqqanlar. 2. matn bo‘yicha tarjima qilish-buning tarafdorlari chet tilini o‘qitishni matnga asslangan holda qurar edilar.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi
2 yuzyillikdan ko‘p vaqt mobaynida mavjud bo‘lib, uzoq davom etgan kurashdan so‘ng o‘z o‘zrnini yangi bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) metodga berdi. Grammatik jihatdan tarjima qilish vakillari chet tili umumiy ta’lim beradigan maqsad bilan o‘rganilishi lozim deb hisoblaydilar. Ular uni mantiq bilan grammatikani bir deb qarab, grammatik mashqlar yordamida mantiqiy fikrlash rivojlanishini ko‘rdilar. Chet tilini o‘rganishdagi maqsad o‘sha davrning atoqli lingvistlaridan Gumboldning so‘zlarida o‘zining yaxshi ifodasini topgan: “Ommaviy o‘qitish seksiyasida tillarni o‘qitishda shunday uslubni qo‘llash lozimki, til unutilsa hamtilni xotirada saqlanib qolgan qismini butun hayotga foydali qilib saqlab qoladi, bunda nafaqat xotiranigina emas, balki aqlni o‘stirish uchun, hukmlarni tanqidan tekshirish va umumiy dunyoqarashni shakllantirish amalga oshiriladi. Tilni o‘qitishdan maqsad – bu uning umumiy strukturasi haqida bilimlarni xabar berishdir”.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari quyidagi qoidalarni o‘rtaga tashladilar:

  1. chet tilini o‘qitish asosida asl tilni aks ettirgani uchun yozma nutq qo‘yilgan bo‘lishi lozim.

  2. kurs asos (boshi)ga grammatika qo‘yiladi, grammatika o‘qitishning asosiy predmeti hisoblanadi va kursning tuzilishi va leksik tanlab olish(tanlov)ni aniqlaydi.

  3. mantiqiy fikr yuritish jarayonining tashuvchilari (veduo‘ie) sintez va deduksiya deb qabul qilinadi, shuning uchun ham o‘quvchilar grammatik qoidalar va so‘zlarni o‘rganish, keyin esa shu asosda jumlalar tuzish taklif qilinadi.

  4. gramatik shakl va so‘zlarning ma’nolarini ochishning asosiy usuli so‘zma- so‘z tarjima qilish hisoblanadi, zero barcha tillar umumiy grammatikaga egava turli tillarning so‘zlaribir-biridan harflarning turli kombinatsiyasi bilan farq qiladi.

  5. til materialining o‘zlashtirilishi tarjima va mexanik yodlab olish vositasi bilan amalga oshishi lozim.

  6. chet tili so‘zlarini kon.tekstdan tashqari holatda yodlab borish tavsiya qilinadi. , zero, birinchidan, ular ona tilining so‘zlaridan faqatgina shakl bo‘yicha (ma’no hajmi va ularning muvofiq kelishi hisobga olinmas edi) farqlanadilar. Ikkinchidan esa o‘rganilgan grammatik ko‘rinishni illyustirivka qilishlariga ko‘ra muhimdir.

Pedagogik jarayon quyidagi shaklda olib borilgan: o‘quvchilarga grammatik qoidani, undan so‘ng esa ularning oa tilidagi tarjimasi o‘rganish taklif qilinadi. Grammatika va so‘zlarni o‘rganib olib o‘quvchilar alohida gaplarni ona tilidan chettiliga tarjima qilshni mashq qilishlari lozim edi. Bu jumlalar o‘rganilgan grammatik qoidalarni va so‘zlarga namuna bo‘lgan.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari o‘qish malakasini oshirishga harakat qilganlar. Lekin 19 asrning 30-40-yillarida tilni og‘zaki nutqda yaxshi bilishga sezilarli darajada talab oshadi. Buning natijasida tilni og‘zaki nuqtda yaxshi bilishni o‘rgatishni o‘z oldiga qo‘ygan qo‘llanmalar paydo bo‘la blshlaydi. Lekin bu usul bu vazifani amalga oshirish uchun oz foyda keltiruvchi bo‘lib chiqdi. Buning o‘rniga matn bo‘yicha tarjima qilish keldi. bu yo‘nalishning vakillari chet tilidagi matnni o‘qish ga asosiy diqqatni qaratiadilar. Bunda ta’limning tarkibida ham farq mavjuddir. Bu metodning tarafdorlari chet tilini o‘qitishun xrestomatik xarakterda bo‘lgan va badiiy adabiyotning asl matnlarni jalb etdilar.
Agar ikki metodni solishtirsak, ularni tarjima metodlari deb nomlash huquqni beruvchi ko‘plab umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. ular ikkisi vaqt jihatidan yoyilishi va ayni lingvistik konsepsiyalar jihatidan bir biriga mos keladi: umumgrammatika mavjud ,til tafakkur bilan birxillashtiriladi, so‘z bilan bog‘liq tushuncha, tilga sovugan mantiqiy kategoriya sifatida qaraladi.
19 asr oxirlari, 20 asr boshlarida turli nomlar bilan atalgan yangi metodlar tarqaladi:intuitiv, ko‘rgazma-intuitiv, tabiiy, natural, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodlar. Metodik adabiyotda mazkur metodlarni ifoda etish uchun “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” va “natural” atamasi ko‘poq qo‘llaniladi. Natural metod to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodning xillik ko‘rinishi sanaladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod haqida batafsil to‘xtalamiz. Bu metod metod tarafdorlarining o‘quvchining tilidan o‘tib, chet tili so‘zlari va uning grammatik shakllarni bevosita ularning ma’nosi bilan bog‘lashga harakat qilganlarinatijasida deb nomlangan. Bu metodning qayta ishlanishida atoqli psixolog va lingvistlar ishtirok etdilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod vakillari o‘z oldilariga maqsad qo‘ydilar: o‘quvchilarni chet tilini amalda bilishga o‘rgatish. Chet tilini amalda bilish dastlabo‘quvchilarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish vazifasi bilan bir deb qabul qilinardi. Tilni og‘zaki nutq bilan amaliy bilishni bir deb qabul qilish bizning kunimizgacha saqlanib qoldi. Inson tilni yaxshi biladi deyilganda mazkur tilda erkin gaplashishini nazarda tutiladi.
Dastlabki bosqichda barcha tilni o‘qitish yoki ijtimoiy xarakterdagi muayyan mavzular atrofida qurilagan, yoki matn asosida tuzilgan. O‘rganilayotgan materialda ilg‘or (eng oldindagi) bosqichda o‘rganilayotgan tilning xalqi va mamlakati hayoti haqida matnlar tavsiya qilingan. O‘rganilayotgan materialni saralash tematika prinsipiga ko‘ra amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri metodni asoslash uchun til va asosan psixologiya ma’lumotlari keng jalb etilgan. Tilga va uni taqiqi etish mtodlariga mutlaqo yangicha qarash o‘qitish metodikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘qitish ob’ekti zamonaviy tirik til bo‘lib qoldi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish metodi bo‘yicha tipik dars quyidagicha qurilardi:

  1. o‘quvchilarga bir qator predmetlar surati tushirilgan rasmlar taqdim etilgan va o‘qituvchi ularni gapda nomlab beradi. Mas., “Bu kravot”, “Mana krovat”, “Bu kravot deb nomlanadi”.

  2. o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan aytilgan iboralarni avvaliga alohida- alohida, keyin jo‘r bo‘lib qaytaradilar.

  3. Shu usul bilan, ibora taxminan 10 marta qaytarilaganidan keyin yod olingan bo‘ladi. O‘quvchilarga “Bu nima?”, “Bu nima deb nomlanadi?” ko‘rinishidagi savollari beriladi. Keyin mazkur predmetning xonadagi joyi, rangi, shakli, materiali haqida savollar so‘raladi.

  4. o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga qaytarishlari lozim bo‘lgan kartinka bilan bog‘liq tasvir beriladi.

  5. matnning (leksik va gramatik) tahlilini qo‘shgan holda turli mashqlar o‘tkaziladi.

  6. barcha mashqlardan keyin dialog ko‘rinishida qayta ishlanadi va o‘quvchilarga yod olingan til materialini qo‘llagan holda o‘zi haqida gapirib berish taklif qilinadi.

Chet tilini o‘qitish metodikasi yangi davrining boshi 20 yuzyillikning 3- o‘nyilligi bilan belgilanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar-isloh metodlari ham o‘z kelajak rivojlanishlarini oladilar. Asosiy maqsadga bog‘liq holda ular quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. produktiv o‘qitish metodlari

  2. tilni reseptiv bilish. Birinchi tur orasida G. Palmerning og‘zaki metodi, audiolingval va audiovizual metodlari salmoqli o‘ringa ega.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar chet tilini o‘qitish metodini yaxshi saralangan til materiallari asosida quradilar. G. Palmer boshchiligida (G. Palmer ingliz tili bo‘yicha darsliklar tizimi va qo‘llanmalar, o‘quv lug‘atlar va grammatika muallifi) ilk bor metodikada o‘quv maqsadlari bo‘yicha leksik material prinsipi asoslanadi (o‘z asosiga ega bo‘ladi).G. Palmer fikricha, maktabdda o‘qish ob’ekti bo‘lib matnlar, jiddiy saralangan lug‘atlar asosida taqdim etilgan adabiy so‘zlashuv tili hisoblanadi. Ularni tanlash uchun G.Palmer quyidagi prinsiplarni taklif etadi:

  1. chastotalik (ko‘p ishlatilish) - leksik birliklarni boshqalariga nisbatan izchil qo‘llanilishi

  2. struktural muvofiqlik - leksik birliklarning jumlaning boshqalari bilan munosibligi sifatida layoqat

  3. konkretlilik – konkret tushunchalarni anglatuvchi leksik birliklarni birinchi navbatda minimum ichiga kiritish, zero ularnitashqi ko‘rinish vositalari yordamida semantizatsiyalash mumkin.

  4. proporsionallik (Nisbiylik)– nutqning turli qismlari minimumda tibiiy tilda taqdim etilgan nisbatda bo‘lishi lozim.

  5. maqsadga ongli ravishda mos kelish- agar leksik birlik bayon etilgan prinsiplariga muvrfiq javob bermasa ham uni minimum ichiga kiritish mumkin, agar u tanlab bo‘lingan so‘zlar bir semantik guruh ni tashkil qilsa (mas., “bir”, “ikki”, “uch” va boshqa sonlar bilan bilan bir qatorda ular u qadar tez-tez qo‘llanuvchi bo‘lmasada, millionlar ham qo‘shiladi).

G. Palmer chet tili kursidan qat’iy nazar (kursiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda) har doim og‘zaki nutqdan boshlash lozim deb hisoblaydi. U aktiv va passivprinsiplariga diqqatni qaratadi. Aktiv ishga u gapirishni va yozuvni, passivga o‘qish va tinglashni nisbat qiladi (kiritadi). Ona tilini bilishni aktiv qo‘llashdan (ko‘ra) passiv qabul qilishning vaqti uzoqroq bo‘lganligidan kelib chiqqan holda,
G. Palmer dastlabki eshitib passiv qabul qilish prinsipini ko‘rib chiqadi. O‘qitishning boshlang‘ich bosqichiga muvofiq tarzda“inkubasion davr” deb nomlangan davrni kiritish lozim,bunda uquvchilar nutq oqimida “cho‘miladilar”, o‘uituvchining chet tilidagi nutqini tinglab, gapiralayotganni umumiy ma’nosini anglashga xarakat qiladilar.
Chet tilini bilishga ongli ravishda erishi ham mumkinligini yo‘l qo‘ygan hoda,
G. Palmer intuitiv, ong osticha (o‘rganiladigan) yo‘lni tan oladi. U o‘quvchilarning intuitiv tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun chet tilidagi nutqni jest, mimika va predmetlarni ko‘rsatgan holda nazorat ostida eshitishni taklif qiladi.
Tilni intuitiv o‘zlashtirishga (so‘zlar, jumla va dialoglarni) yodlab olish ham layoqatni uyg‘otadi. G. Palmer og‘zaki metodning quyidagi xarakteristikasini taqdim etadi: og‘zaki metod “ishning qanday yozma shakli bo‘lmasin ... o‘qish uchun qandaydir materiallarning yo‘qligini... istisno etadi.. o‘quvchilarda tilning intuitiv o‘zlashtirish layoqatini oshiruvchi ish shakllarini ko‘zda tutadi”2.
Tilni reseptiv bilishga o‘qitish metodlari
M. Uest 20 yuzyillikning 20-30-yillarida o‘z tizimini qayta ishlab chiqdi. U “o‘qishni o‘qib turib o‘rgan” tezisini ko‘tarib chiqdi, matnlarga e’itbor beradi, zero ular (o‘qituvchi emas)o‘quvchilarga o‘rgatadi. Darsda o‘quvchining asosiy faolyat turi – o‘qishdir, shuning uchun M. Uest matnlarning tuzilishiga asosiy e’tiborni qaratadi, zero o‘quv jarayonini boshqarish, uning fikricha, darslik orqali amalga oshiriladi (o‘qituvchi faqatgina darsni boshqarish lozim bo‘ladi).
M. Uest o‘qitishdan maqsad tarkib (mundarija, mazmun) ning umumiy tutish orqali(matnning umumiy mazmunini tushungan holda) ichda tez o‘qish bo‘lishi lozim deb hisoblaydi, kitobni o‘quvchi detallarga e’tiborni qaratmay, faqat asosiy mazmunni kuzatishi lozim. o‘qishning aynan shu turin (boshqasi emas)ni darsning birinchi kunlaridanoq rivojlantirish lozim.bu maqsadga erishi uchun M. Uestning


2 9Палмер Г. “Устный метод обучения иностранным языкам”. М. 1960г. Стр.14
fikricha, ishning maktabda odat bo‘yicha qabul qilingan yaroqsiz ko‘rinishidir: va ovoz chiqarib o‘qish va “kuzatuvchi o‘qish” (m. Uestn kiritgan atama) o‘quvchini har bir so‘zga diqqat qilishga o‘rgatadi, bu esa ravon o‘qish rivojiga to‘siq bo‘ladi3. Shuning uchun ishning asosiy qabuli sifatida poiskovoy(izlovchi) o‘qishni qo‘lash taklif etiladi, u orqali o‘quvchi ko‘zi bilan matnni mkayyan fikr yoki faktni izlab ko‘rib chiqadi.
Matnlar ortida ikki funksiya o‘rin oladi: a)o‘quvchilarda izdlvchi o‘qish malakasini shakllantirishuning asosiy chertasi deb M. Uest ravonlik va izchill tushunish deb hisoblaydi. b) o‘quvchilarda lug‘atni yig‘ib borish, bu, uning fikricha, o‘qishga o‘rgatishdagi asosiy muammolardan hisoblannadi.
Aralash metol (20asr) hech qanday yagona metodik tizimni namoyon etmadi. Undan tashqari, uning ko‘pgina vakillari umuman metodni muayyan shart- sharoitlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan,ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan qabul kompleksi deb hisoblaydilar(P.Xegboldt,F.Klosse).Bu yo‘nalish izdoshlari bevosita va grammatik tarjima metod unsurlarini turlicha uyg‘unlashtiradilar(E.Otto,A.Bolen,K.Flagstad,P.Xegboldt, F.Leyzinger, F.Klosse).Ularni barchasini bir qator xolatlarni umumiyligi birlashtiradi, bu esa ularni bir yo‘nalishga mansub deyish uchun asos bo‘ladi.
Bizning respublikamizda chet tiliin o‘qitish tarixi 6 davrga bo‘linadi4. 1- davr-19 asrning 70-yillaridan to 1917 yilgacha

  1. davr-1917yildan 1930 yi boshigacha

  2. davr-1930yil-40-yillarning birinchi yarmi

  3. davr-40-yillarning o‘rtalaridan 60-yillar boshigacha 5- davr-1960 yillardan to 1970 yillar oshigacha

6- davr-1970 yil boshidan to bizning kunimizning 1970-yiligacha
Chet tilini o‘qitishning metodika sohasidagi ilmiy izlanishlar bizning respublikamizda 1950 yillar o‘rtasida boshlanadi. Bu davrda “O‘zbek metodikasi” tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu davrga respublikada oiginal darslik va qo‘llanmalar
, ilmty-metodik adabiyotlar bo‘lmay, rus tiliga ixtisoslashgan maktablar uchun mo‘ljallangan metodika qo‘langan.
“O‘zbek metodikasi” sohasidagi ilmiy-aktiv tadqiqot ishlari 70-yillar boshlaridan o‘tkazila boshlandi va hozirgi kunda ham muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. Respublikamizning qator metodist-olimlarning ishlari mavjud bo‘lib, ular Muxtor Eshlnxonovich Umarxujaev, Jamoliddin Buronov, O‘tkir Yusupov, qahramon Sattorovich Taymetov, Qudrat Musaev va boshqalardir.

Download 226,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish