To‘pni oling, so‘zni ayting
Bu o‘yin qiz bolalarning yoshligida to‘pni bir-biriga otib o‘ynaydigan o‘yinga o‘xshaydi. Mazkur o‘yin o‘qituvchi tomonidan sinfda o‘tkaziladi. O‘qituvchi qo‘lidagi to‘pni o‘quvchilarga tezda otib, o‘zbekcha so‘zni aytadi, o‘quvchi to‘pni olishi bilanoq o‘sha so‘zning arabchasini aytib, to‘pni yana o‘qituvchisiga qaytaradi. Bu o‘yinni o‘quvchi-talabalar olib borishiga ham ruxsat berish mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘yinni kuzatib turadi. Bu o‘yinning ham o‘ziga xos qoidalari mavjud – bir so‘z ikki marta takrorlanmasligi lozim, javob berayotgan o‘quvchilarga yordam berish ta’qiqlanadi, javob to‘pni qo‘lga olishi bilan berilishi lozim. Agar javob belgilangan muddatda o‘quvchi tomonidan aytilmasa, u o‘yindan chiqadi. Qaysi o‘quvchi o‘yinning boshidan oxirigacha xatosiz va tezda so‘zni ayta olsa, o‘sha o‘quvchi g‘olib deb topiladi.
Bu o‘yin o‘quvchilarni faollikka va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Bunday xislatlarni o‘quvchilarda shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi.
“Sirli rishta” o‘yini
O‘yinning boshida o‘qituvchi bu o‘yinnig vazifasini tushuntiradi. O‘yinga avvaldan tayyorgarlik ko‘riladi. O‘yinga kerak bo‘lgan 4-5 xil rangdagi iplar hozirlanadi. Masalan, 10ta qizil ragdagi ipning har biriga bittadan jami 10ta arabcha maqollar yozilgan karton yoki qalin qog‘iz ulab qo‘yiladi. 4xil ipga 10tadan maqol yozilgan qog‘oz bilan birlashtirilsa, jami 40ta maqollar to‘planadi. Iplarning ikkinchi uchi tortish uchun tayyorlab qo‘yiladi maqollar yozilgan qog‘ozlar did bilan yasalgan bir qutining ichiga joylashtiriladi. O‘yin boshlanadi. O‘quvchilar stol ustidagi qutidan chiqib turgan 4xil rangdagi iplarning 4xilidan bittadan tortadilar va ana shu 4ta arabcha maqolni olib joylariga o‘tiradilar va ular o‘z guruh a’zolari bilan har bir maqolni o‘zbek tiliga tarjima qilish va uni sharhlab berish uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Agar tortilgan ipning o‘rtasida tugun bo‘lsa, o‘sha guruh 5 ball yo‘qotgan bo‘ladi. Agar javob berish jarayonida har bir arabcha maqolning o‘zbekcha o‘xshashini ham keltirsalar, bu ish maqtovga sazovor bo‘ladi.
Mazkur o‘yin – darsning maqsadi – o‘quvchi talabalarning avvaldan yodlagan arabcha maqollarini qanday o‘zlashtirganliklarini sinashga qaratilgan. Bu usuldagi
sinovni har bir o‘quvchi uchun yoki guruhlarga bo‘lib ham o‘tkazsa bo‘ladi. O‘yinning oxirida o‘qituvchi unga yakun yasaydi va guruhlarni baholaydi.
Adabiyotlar:
J. Jalolov. “chet tilini o‘qitish metodikasi”, “O‘qituvchi” nashriyoti. 1996. 14-bet
Lebedev V.V “Arabskaya grammatika ” M. 2007
Dubinina.N.V , Kovirshina.N.B “Uroki arabkogo yazika” M. 2004
Abdussamad Gammuh. “Arabskiy yazik v dialogah” M. 2006
lyaxovidskiy.M.V “Metodika predpodavaniya in. yazokov” M. 1981
Savollar:
o‘quv o‘yinlarning tarbiyaviy vazifasi haqida gapiring;
rus pedagoglarining o‘yin haqidagi fikrlarini sharhlab bering;
o‘yinning didagtik maqsadi haqida gapiring;
o‘yin tuzilmasi haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |