Kirish : Assosiy qism: O`lchоvli funksiyalar



Download 219,46 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2021
Hajmi219,46 Kb.
#71314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gazlamalar


Mavzu:Gazlamalarning fizik xossalari.

Reja

  1. Kirish :

  2. Assosiy qism:

  1. O`lchоvli funksiyalar.

  2. O`lchоvli funksiyalar ustida amallar.

  3. Luzin teoremasi.



  1. Xulosalar:

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajm ining katta ulushini turli tolalardan tayyorlangan iplardan to'qilgan gazlamalar tashkil etadi.


Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma'lum b o ‘lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan.

Qo‘lda ip tayyorlash va undan gazlama (m ato) to'qish, charm dan poyafzal tikish


uchun uni qayta ishlash H indiston, Xitoy, Misr va O‘rta Osiyoda m eloddan bir necha asr ilgari m a'lum bo'lgan.
O‘zbekistonda paxtachilik va bu qimmatbaho toladan
gazlama to'qish bilan bundan ikki ming yillar oldin ham shug‘ullanilgan. Arxeologik topilm alar va antik mualliflarning m a’lumotlari shuningdek, Farg‘ona vodiysidan topilgan ko‘mirga aylangan paxta tolasi bu fikrni to ‘liq tasdiqlaydi.
Arxeologlar Quva tum ani Chillamazor tepaligida eram iz boshida yonib ketgan uydagi uy-ro‘zg‘o r idishlari ichidan kulga aylangan paxta chigitlarini topish baxtiga muyassar b o ‘lganlar. Topilm alar ekspertlar tom onidan qunt bilan tekshirilgan.Ularning ta’kidlashlaricha, bu topilma eng qadimiy paxta
naviga mansubdir. Shunday qilib, Vatanim izda paxtachilik
bilan shug'ullanish qadim dan m a'lum bo ‘lganligi aniq dalillar
asosida tasdiqlangan. Arxeologik qazilm alar natijasida III-IV asrga mansub qabrdan bir siqim paxta tolasidan olingan
ip gazlama ham topilgan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiyning qo'shinlari O‘rta Osiyoga bostirib kirganlarida Amudaryo bo‘ylarida paxta dalalarini ko'rishgan.
XVI asrning boshlarida Sharqning ip gazlamalari Yevropaning hamma asosiy bozorlarida, shuningdek, qadimiy nemis shahri Augesburg yarmarkalarida ham sotila boshlandi.Bu matolar ham xuddi shoyi m atolar kabi Buyuk Ipak yo ‘li
orqali keltirilar edi. Yo ‘llar nafaqat Sharqqa, balki Shimolga—Qadimiy Rusiyaga

ham olib borar edi. U yerlarda boshqa matolar qatori o'lkamizning paxta tolasidan to'qilgan matolari ham qadrlanardi. Qadim vaqtlardanoq O‘rta Osiyo matolari


Dnepr bo‘yi va Janubiy knyazliklarga grek, poloves va xazar
savdogarlari hamkorligida olib borilar edi.
Mamlakatimiz yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida
ishlab chiqarish, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalashzavodining qurilishi bilan boshlangan edi.
XX asrning 20-yillarida 0 ‘zbekistonda yetishtirilgan xom
ashyoni qayta ishlab tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida, mayda tarqoq hunarm andchilik korxonalarini birlashtirib sanoat asosini yaratish, 1926 yilda Farg'ona to‘qimachilik fabrikasining dastlabki navbati ishga tushishi bilan
boshlandi.
Mustaqillik tufayli m am lakatim izda to'qim achilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi sifat o'zgarishlariga erishildi.
Respublikamiz rahbariyati yordam ida tarm oqda deyarli
h a m m a korxonalarda xususiylashtirish dasturiga m uvofiq
ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoat korxonalariga davlat yordami to ‘g‘risida”gi
va “ O‘zbekyengilsanoat uyushmasi bilan chet el kompaniyalarining , qo's hm a korxonalarini tashkil etish tadbirlari to ‘g‘risida”gi qarorlari asosida yangi quvvatlaming qurilishini tugatish, mavjud korxonalarda texnika va texnologiyani
yangilash dasturi tuzildi. Dasturga ko'ra jahon miqyosidagi ilg'or texnologiyani keltirish, chet el investisiyasini jalb etish,bank kreditlaridan foydalanib, jah o n bozorida xaridorgir bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport imkoniyatlarini kuchaytirib, yuqori sifatli ayniqsa, bolalar assortim entini
ko‘paytirish mo ‘ljallangan.

1994—2002 yillarda Respublika Yengil va to'qim achilik

sanoatida 20 ga yaqin qo'shma korxonalar tashkil etilib,
ularda sohaning um um iy hajm idan 25 foiziga yaqin m ahsuloti ishlab chiqarildi, eksportga sotilgan mahsulot esa 98 foizni tashkil etdi.
Mavjud to'qim achilik korxonalarining qayta jihozlanishi, xorijiy davlatlar bilan qator q o 'shm a korxonalarning tashkil etilishi, ularda ishlaydigan mutaxassislarning nafaqat sonini ko'paytirish, balki ularning kasb m ahorati va bilimlarini oshirishni ham taqozo etmoqda.

GAZLAMA VA UNI TO‘QUV DASTGOHIDA


SHAKLLANISHI

To'qima (gazlama) to'quv dastgohida ikki sistema iplari- ning o'zaro o'rilishi natijasida hosil bo'ladi. To'qima uzunligi bo'ylab joylashgan iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik,

ya'ni to'qima eni bo'ylab joylashgan iplami arqoq yoki arqoq iplari deyiladi.

Gazlamaning shakllanish jarayoni to‘quv dastgohida quyidagicha bajariladi. Tayyorlov bo'limida oxorlangan tanda ipi o‘ralgan to'quv g'altagi (1.1-rasm)

dastgohning orqa tomo- niga o'rnatiladi. Tanda iplari to‘quv g'altagidan chuvalanib chiqib, skalo 2 ni egib o‘tib, lamel 3 ni va shodalar 5,6 da o‘matilgan gula (galevo) 4 ning ko'zlaridan o‘tadi.

So‘ngra tanda iplari tig* 7 ning tishlari orasidan o‘tadi. Tig‘ 6 dastgoh batan mexanizmi to'siniga qo‘zg‘almas qilib o'rnatilgan. 1.1-rasmda 10 bilan to'qimaning qirg‘og‘i ko'rsa- tilgan. To‘qimani hosil qilish uchun shodalar yordamida tanda iplarining bir qismi ko‘tarilib, ikkinchisi esa pastga tushadi, buning natijasida bo‘shliq xomuza (zev) hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqqa moki 15 da o'matilgan tig*, to'qima qirg‘og‘iga surib kelib siqib qo‘yadi. Buning natijasida to'qimaning bir elementi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan to'qima yo'naltirgich (grudnisa) 12n\ egib, tortuvchi val 13 orqali, yo'naltiruvchi valiklardan o‘tib to'qima o'raladigan val 14 ga o'raladi.

To'quv dastgohi quyidagi mexanizmlar va qismlardan tuzilgan:



  1. Tanda iplarini vertikal tekislikda harakatga keltirib, ko'tarilgan va pastga tushirilgan iplar orasida bo'shliq — xomuza hosil qiluvchi mexanizm;

  2. Hosil bo‘lgan xomuzaga moki yoki boshqa usulda arqoq tashlovchi mexanizm;

  3. Tashlangan arqoq ipini tig* yordamida gazlama qirg'- og'iga jipslovchi (siqib qo‘yuvchi) — batan mexanizmi;

  4. Hosil bo'lgan to'qimani tortib olib maxsus valga o’rov- chi — mato rostlagichi;

  5. Tanda ipini to'qima hosil bo'lish zonasiga ma'lum taranglikda uzatuvchi — tanda tormozlari yoki tanda rostla- gichlari.

To'quv jarayonidagi to'qimalarda nuqsonlar bo'Imasligi- ni nazorat qiluvchi avtomatik moslamalar:

  1. Tanda kuzatuvchi — to'quv dastgohida yakka tanda ipi uzilganda, dastgohni avtomatik ravishda to'xtatib, to'qi- mada “tanda yetishmaslik” nuqsonining oldini oladi.

  2. Arqoq nazoratchilar — to'quv dastgohida arqoq ipi uzilganda to'xtatib, to'qimada “arqoq yetishmaslik” nuqso­nining bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

  3. Moki yoki arqoq tashlagichlar xomuza to'xtab qolganda, dastgohni to'xtatuvchi qurilmalar.

To'quv dastgohining hamma mexanizm va qismlari elektr yuritma orqali harakatga keladi.

To'quv jarayonini to'g'ri boshlash uchun, u ishlay bosh- laganda, dastgohning bosh vali tez harakatga kelishi lozim. Shu maqsadda harakat elektromotordan dastgoh bosh valiga bevosita maxsus friksion uzatmalar yordamida beriladi.

To'quv dastgohi to'xtaganda uning bosh vali tez va ma'­lum holatda to'xtashi kerak, buni ta'minlash uchun dastgoh bosh valiga maxsus tormozlar o'rnatilgan bo'

Avtomatik ravishda yoki to'quvchining o'zi dastgohni to'xtatishi yoki harakatga

keltirishi uchun dastgoh qo'yuvchi- to'xtatuvchi mexanizm bilan ta'minlagan.

Gazlamaning tashqi ko'rinishi, xossalari va nimaga ishla- tilishi, uning tuzilishiga hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog'Iiq bo'ladi. To'qimaning tuzilishiga: to'qimani hosil qila- digan yigirilgan ip yoki iplar; tanda va arqoq zichligi; o'rilish turi va dastgohni taxtlash ko'rsatkichlari ta'sir qiladi




Download 219,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish