Maya va volta — qayta tarash tizimida yigirilgan yakka ipdan to'qilgan naqsh bosilgan yupqa gazlama.
Vual va markezit — yaxshi pishitilgan qayta tarash tizimida yigirilgan ingichka ipdan to'qilgan gazlamalar. Vualga naqsh bosiladi. Markezit vualdan yupqaroq bo'ladi, uni oqartirib, ochroq rangga bo'yab va naqsh bosib ishlab chiqarish mumkin.
Batist — qayta tarash tizimida yigirilgan kichik teksli yakka ipdan polotno o'rilishida to'qiladigan yupqa, mayin gazlama, oqartirib yoki oq sathiga naqsh bosib chiqariladi.
Qishki ip gazlamalar kichik guruhiga flanel, bumazey va bayka kiradi. Bular — qalin, yumshoq, bir tomonidagi yoki ikkala tomonidagi tolalarini titish natijasida tuklar hosil qilin- gan ip gazlamalar. Qishki gazlamalaming tandasini o'rta yo'g'onlikdagi karda tizimida yigirilgan ip, arqog'ini yo'g'on tukdor apparat tizimida yigirilgan iplar tashkil qiladi. Arqoq bo'yicha nisbiy zichligi tanda bo'yicha nisbiy zichligidan katta, chunki tuklari arqoq iplar tolalari hisobiga chiqariladi.
Flanel — qishki assortimentdagi eng yupqa va yengil gazlama. Polotno, ba'zan satin o'rilishida to'qiladi, ikki tomo- nida tuklari bo'Madi, oqartirilgan yoki sidirg'a rangga bo'yal- gan, naqsh bosilgan tarzda boMadi.
Bumazey — flaneldan qalinroq va og'irroq gazlama. Satin o'rilishida to'qiladi, oqartirilgan, sidirg'a rangga bo'yalgan va naqsh bosilgan tarzda ishlab chiqariladi. Flaneldan farqli ravishda teskari tomonida, ba'zan o'ngida tarab chiqarilgan tuklar bo'ladi.
Bayka — ikki yuzli o'riiishda to'qiladigan qalin va og'ir gazlama, ikki tomonida tarab chiqarilgan tuklari mavjud. Xom va sidirg'a rangda bo'yalgan holda ishlab chiqariladi, lm2 ning og'irligi 300—360 gr.
Mavsumiy ip gazlamalar kichik guruhiga klassik gazlamalar — poplin, tafta, kashimer, shotlandka, pike va boshqalar kiradi.
Poplin — qayta tarash tizimida yigirilgan va pishitilgan ipdan polotno o'rilishida to'qilgan zich gazlama. Mersiriza- siyalab oqartirib och rangga bo‘yab, tanda ipi bo‘yicha katta zichlik natijasida hosil bo'ladigan ko‘ndalang yo‘li bo'ylab ishlab chiqariladi. Sirt zichligi 100—120 gr/sm2 .
Tafta — tuzilishi va pardozlanishi jihatidan poplinga o'x- shash, lekin undan zichroq va sifatliroq gazlama, sirt zichligi 140—150gr/m2.
Poplin va tafta, asosan, erkaklar ba'zan ayollar ko‘ylagi tikish uchun ishlatiladi.
Shotlandka — katak-katak naqshli gazlama. Oddiy, tarash (karda) tizimida yigirilgan va ip holatda bo'yalgan iplardan sarja — mayda naqshli polotno o'rilishida to'qiladi. Bu gazlamalar erkaklar, bolalar, ayollar ko‘ylagi va h.k. tikish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |