aralash-qo'shma gazlamalar — tanda va arqoq iplarga yigirilgunga qadar turli tolalar qo'shilgan gazlamalar;
aralash gazlamalar — tolalarning xili har xil bo‘lgan iplar sistemasidan iborat gazlamalar;
aralash-yarim qo'shma gazlamalar — bir sistema ip- lari bir tarkibli, ikkinchi sistema iplari esa tolalar aralash- masidan iborat bo'lgan gazlamalar.
Paxta tolalarini yigirish natijalarida olingan iplardan ishlab chiqarilgan matolar ip gazlama deb ataladi.
Ip gazlamalar to‘qimachilik matolari ishlab chiqarish haj- mining eng katta qismini, ya'ni 65—75 foizini tashkil etadi.
Ip gazlamalarning turlari juda ko‘p va xilma-xildir. Ularni ishlab chiqarishda paxta tolasidan karda (oddiy tarash), qayta tarash va apparat tizimida halqali va pnevmomexanik mashi- nalarida yigirilgan turli chiziqli zichlikdagi yakka, pishitilgan va shakldor iplar ishlatiladi. Ayrim hollarda bu gazlamalarni ishlab chiqarishda sof paxta tolalaridan yigirilgan iplardan tashqari, aralash (paxta tolasi bilan kimyoviy tolalar aralash- masidan) yigirilgan iplar ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |