Silliq to‘qimalar bosh yoki mayda naqshli o'rilishlardan ishlab chiqarilgan gazlamalar bo'lib, bizning davlatimizda bulardan eng ko'p tarqalgani, xon atlas guruhi gazlamalaridir.
Jakkard to‘qimalar yirik naqshli o'rilishlar bilan ishlab chiqarilib, ularni tayyorlashda to'quv dastgohlari maxsus xomuza hosil qiluvchi mexanizm — jakkard mashinasi bilan jihozlangan bo'ladi.
Shoyi gazlamalarda aralash tabiiy ipak bilan boshqa tolalar, sun'iy tolalar bilan boshqa tolalar aralashmasidan ishlab chiqarilganda asos tandasida bir xil tola bo'lsa, arqoq boshqa toladan bo'ladi. Shtapel tolalarni yigirishga tayyorlashda tolalarni aralashtirib yigirilgan ip olinadi.
1-2-3-sinflardagi krep kichik sinf gazlamalarini ishlab chiqarishda ham o'ziga xosliklar mavjud. Bu gazlamalarning tanda yoki arqoq, yoki ham tanda ham arqoq iplarini pishi- tishda juda katta buramalar (lm uzunlikdagi ipga 2000 va undan ko'p buramalar) beriladi. Krep jilosini olish uchun pishitishdagi buramalar 5 hamda Z yo'nalishda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |