“Dehqonobod kaliy zavod” AJ boshqaruvining 2020 yil yakuni bilan moliyaviy xo‘jalik faoliyati va biznes reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha hisoboti
2020 yil yakuni bilan amaldagi narxlarda 482,8 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib (reja bajarilishi 110 %), o‘sish sur’ati 105,5 foizni tashkil qildi. Sof holda 210,0 mimg tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarildi, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 87,5 foiz.
“Dehqonobod kaliy zavod” Ajda kaliy sulfati va boshqa kaliy tuzlarining turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda jamiyat negizida granulyatsiyalangan kaliy xlorid ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari bo‘yicha biznes-rejalari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 27 noyabrdagi 05-05/1-4090-sonli yig‘ilish bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan ishlab chiqarish majmuasi va tog‘-kon majmuasi orasidagi 42 km uzunlikdagi Uchinchi toifali 4K 336 “Beshbuloq-Tog‘aytemir-Qo‘rg‘ontosh-Xo‘jaipok” avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash uchun 1485 mln. so‘m mablag‘ ajratildi, asfaltbeton qoplamani ta’mirlash ishlari “Dehqonobod to‘man yo‘llardan foydalanish” UK tomonidan amalga oshirilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2020 yil 14 iyuldagi 18-3069 sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “2020 yilda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning prognoz ko‘rsatkichlari” ga muvofiq 2020 yilda 300 ming tonna 38400 ming AQSH dollarlik kaliy o‘g‘iti eksport qilish rejalashtirilib, haqiqatda 235,3 ming tonna 32149,6 ming AQSH dollariga teng mahsulot 12 dan ziyod mamlakatga eksport qilindi. Belgilangan reja 83,7 % ga bajarildi yoki eksport hajmi jami sotilgan kaliy o‘g‘itining 73,4 % ni tashkil etdi.
Mahsulot nomi
|
Haqiqatda sotilgan tovar mahsuloti
|
Miqdori, ming, tonn.
|
Summasi, mln. sum (QQS siz)
|
Kaliy xlorid
|
320,3
|
438502,4
|
sh.j.: - ichki bozorga
|
85
|
112646,6
|
-eksportga
|
235,3
|
325855,8
|
A markali natriy xlorid
|
29,3
|
4223,9
|
Boshqalar
|
|
7031,9
|
Jami:
|
x
|
449758,1
|
Kaliy xloridning sotish hajmi 415 ming tonna 534 984 mln. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 320,3 ming tonna 438 502,4 mln. so‘mni tashkil etib, reja 82 % ga bajarildi.
2020 yilda 4223,9 mln. so‘mlik 29,6 ming tonna A markali natriy xlorid mahsuloti sotildi. Mahalliylashtirish dasturi bo’yicha 376,1 tonna 1982,4 mln so‘mlik kraxmal ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich to‘liq bajarildi.
Mahsulot ishlab chiqarishda xorijdan olib kelinadigan import mahsulotlarini qisqartirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi 1376 ming AQSH dollari bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 1396 ming AQSH dollariga (103 %) bajarildi. Mahsulot tannarxini kamaytirish 20 556 mln. so‘m rejalashtirilgan bo’lib, haqiqatda 21486 mln. so‘mga (104,5 %) bajarildi.
2020 yil uchun tasdiqlangan biznes rejaga muvofiq davr xarajatlari uchun 73,6 mlrd. so‘m miqdorida xarajat qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 112,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,3 mlrd. o‘mga ko‘paygan, biznes rejaga nisbatan esa 153 % ga ko‘paygan.
Xarajatlar nomi
|
2019 yil fakt
|
Biznes reja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
Farqi
|
Foizda
|
Summada
|
Davr xarajatlari
|
55557
|
73646
|
112830
|
153%
|
39184
|
Shu jumladan
|
|
|
|
|
|
Sotish xarajatlari
|
15786
|
14816
|
37592
|
254%
|
22776
|
Ma’muriy xarajatlar
|
7712
|
8909
|
10569
|
119%
|
1660
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
32058
|
49921
|
64670
|
130%
|
14748
|
Sotish xarajati 37,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,8 mlrd. so‘mga biznes rejaga nisbatan esa 22,8 mlrd. so‘m yoki 254 % ga farq qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |