O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus
ta‘lim vazirligi
O‗zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‗jaligi
vazirligi.
Toshkent Davlat agrar universiteti
«FIZIKA VA KIMYO» KAFEDRASI
HAYVONLAR BIOKIMYOSI
fanidan laboratoriya
mashg’ulotlari
o’quv qo’llanma
Toshkent 2015
Tuzuvchilar: k.f.n. dotsent L.Yu.Jamolova
b.f.n., dotsent X. S.Muxamedjanov
katta o‘qituvchi Z.Sh.Muxidova
assistеnt G.S.To‘raeva
Taqrizchilar:
S.N.Dalimova - O‘z MU biokimyo kafedrasining professori.
Q.G‘iyosov. –Tosh DAU, k.f.n., fizika va kimyo kafedrasi dotsenti.
Toshkent Davlat agrar universiteti Fizika va kimyo kafedrasi (2014
yil........................bayonnoma № ),meva - sabzavotchilik
va uzumchilik
fakulteti kengashi (2014 yil............................ bayonnoma № ) va universitet
o‘quv-uslubiy kengashi (2014 yil........................bayonnoma № ) majlislarida
ko‘rib chiqilib ma‘qullangan va chop etishga tavsiya etilgan.
SO„Z BOShI
Hozirgi zamon qishloq xo‗jaligi mutaxassisi, ya'ni fermerlar ishlab
chiqarishni agrosanoat
integratsiyasini, dexqonchilik va chorvachilikning intensiv
texnologiyasini o‗zlashtirishi kerak. Qishloq xo‗jaligida hosildorlikni oshirish
uchun birinchi navbatda kimyo yutuqlaridan keng foydalanish kerak. Kimyoni
bilish insonlarni mexnatini va tabiiy boyliklarni tejashga imkon beradi.
Biologik kimyo barcha tirik organizmlarda ularning eng mayda hamda
soddalari bo‘lgan
viruslar, mikroorganizmlardan tortib, eng katta va murakkablari
- o‘simlik va organizmlarigacha bo‘lgan vakillarida kechadigan kimyoviy
jarayonlar bilan shug‘ullanuvchi fandir. Bu jarayonlar bo‘lib turadigan moddalar
va energiyalar almashinuvidan iborat.
Biokimyo fanining dinamik, statik hamda funktsional bo‘limlari mavjud
bo‘lib, ular organizm tarkibidagi turli xil organik birikmalar,
ularning tuzilishi,
biologik vazifalari hamda almashinuvini o‘rganadi. Hozirgi zamon biokimyosi
hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar
almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal qilish arafasida turibdi. Bu
muhim vazifani hal etilishi qishloq xo‘jalik o‘simliklari
hosildorligini va hayvon
mahsuldorligini oshirish, saraton kasalliklari, irsiy kasalliklarni hal qilishning
nazariy asosini yaratadi.
Ushbu uslubiy qo‗llanma qishloq xo‗jaligi oliy o‗quv yurtlarining
bakalavriat Zootexniya (tarmoqlar bo‗yicha) yo‗nalishlari
talabalari uchun
mo‗ljallangan bo‗lib O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta'lim
vazirligi Oliy o‗quv yurtlararo ilmiy uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan tasdiqlangan ―Hayvonlar biokimyosi‖
fani f dasturi asosida yozilgan. Ushbu qo‘llanmada har bir laboratoriya
mashg‘ulotiga oldindan nazariy tushunchalar berilgan bo‘lib, har bir usulning
mohiyati va qo‘llanishi ko‘rsatilgan, bu esa mashg‘ulotlarni yuqori saviyada
o‘tkazishga yordam beradi.
Shuningdek, har bir laboratoriya ishi uchun kerakli
bo‘lgan asboblar-uskunalar, idishlar, materiallar va reaktivlar ro‘yxati hamda
ularning miqdorlari keltirilgan.
Laboratoriya mashg‘uloti uchun berilgan har
bir mavzu biokimyo fanining
nazariy qismiga tegishli boblari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu fanni yanada
chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Ushbu «Hayvonlar biokimyosi» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma qishloq
xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining zootexniya mutaxassislik yo‘nalishlari talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori darajada
o‘tkazish uchun kerakli ma‘lumotlar keltirilgan.