Narshaxiy.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far
Narshaxiy X
asrning birinchi yarmida (899-959 yillar) Buxoroda yashagan
tarixchi olimdir. U 944 yilda Buxoro viloyatining tarixi to‘g‘risida
arab tilida „Tahqiqi al-viloyat“ nomli ajoyib asar yozgan.
“Tahqiqi al-viloyat“ kitobini ba’zan „Axbori Buxoro“ ,
„Buxoro tarixi“, ko‘pincha, „Narshaxiy tarixi“ deb ham ataganlar.
“Tarix“da Buxoro to ‘g‘risida
turli rivoyatlar va hikoyatlar,
hokimlaming hayoti va urushlar yozilgan. Ammo biz uchun uning
geografik tom oni — Buxoro viloyatining tabiati,
shahar
topografiyasi, qishloqlari, boyligi, sanoati va ahoUsi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar juda muhimdir.
Narshaxiy Buxoro viloyatidagi shaharlami ham qisqacha
ta’riflagan:
„Afshina katta bir shahar bo‘lib, qal’asi bor. Bir necha
qishloqlar unga qarashlidir. Odamlar и joyni tabarruk deydilar.
Haftaning muayyan birkunida и yerda bozor bo‘ladiu.
„Karminada
mullalar va shoirlar ko‘p bo‘lgan. Qadimda Karmanani bad’iyan
xurdak (kichkina tog‘ora, kichik obdasta) deb ataganlar.
Buxorodan to Karminagacha 12 toshdir“.
Asarda bulardan tashqari, Buxorodagi katta yong‘in, viloyatdagi
ariqlar, ekinlar, masofalar to‘g‘risida ham mukammal ma’lumotlar
bor. Joy nomlari bilan bir qatorda geografik atamalar ham uchraydi.
„Hudud al-oIam“.
„Hudud al-olam“ („Kitobi hudud al-olam
minal mashriq ilal mag‘rib“) asari 983 yili Amudaryoning chap
sohilidagi Juzjon viloyatida (Balxdan g‘arbda) yozilgan bo‘lib,
shu viloyatning hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga
bag‘ishlagan. Fors-tojik tilidagi bu asami o‘z zamonasida ham,
XIX asr oxirigacha ham shu nom bilan biror kimsaning eshitgani
yoki tilga olgani ma’lum emas; urf-odatlar va udumlar hatto biron
ro‘yxatda ham qayd qilinmagan. Biroq, u tamomila noma’lum
asar bo‘lmasa kerak, chunki, birinchidan, asar yozilganidan 300
yil keyin, ya’ni 1258 yilda qayta ko‘chirilgan ekan; demak, urf-
odatlar va u X III asrgacha qo‘ldan-qo‘lga o ‘tib yurgan.
Ikkinchidan, kitob, ehtimol, boshqacha nom bilan ham atalgandir.
Ammo u ilmiy ahamiyati jihatidan Sharq geografik adabiyotining
25
durdona
yodgorliklaridan biridir, xususan, 0 ‘rta Osiyo va
Afg‘onistonda geografik bilimlar tarixi uchun qimmatli manbadir.
Asar jami 60 bob (maqola) dan iborat bo'lib, muqaddimadan
keyin
quruqliklaming chegaralari, dengiz va qo‘ltiqlar, orollar
(jaziraho), tog'lar va ular bag‘ridagi ma’danlar, daryolar, cho‘llar
va qumlar, so‘ngra jahondagi viloyatlar (nohiyathoi jahon) ning
ta ’rifi berilgan. Qo‘lyozmaning asl
nusxasida sarlavhalar va
mashhur joylaming nomlari qizil siyohda yozilgan.
“Hudud al-olam“ asarida jahondagi barcha mamlakatlaming
ta’rifi berilgan
geografik, etnografik
va
iqtisodiy
ma’lumotnomadir.
Chunonchi, „Hudud al-olam “ning nom a’lum muallifi
xurosonlik bo‘lganligidan, asarda hozirgi Tojikiston, Qirg‘iziston,
0 ‘zbekiston,
Turkmaniston, Afg‘oniston yerlari mukammal
tasvirlangan. Uning dunyo to‘g‘risidagi ta’riflari Sharqning boshqa
geografiari asarlaridagiga o‘xshash bo‘lsa-da, original va mustaqil
mulohazalari ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: