Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

24


Narshaxiy. 
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy X 
asrning birinchi yarmida (899-959 yillar) Buxoroda yashagan 
tarixchi olimdir. U 944 yilda Buxoro viloyatining tarixi to‘g‘risida 
arab tilida „Tahqiqi al-viloyat“ nomli ajoyib asar yozgan.
“Tahqiqi al-viloyat“ kitobini ba’zan „Axbori Buxoro“ , 
„Buxoro tarixi“, ko‘pincha, „Narshaxiy tarixi“ deb ham ataganlar. 
“Tarix“da Buxoro to ‘g‘risida turli rivoyatlar va hikoyatlar
hokimlaming hayoti va urushlar yozilgan. Ammo biz uchun uning 
geografik tom oni — Buxoro viloyatining tabiati, shahar 
topografiyasi, qishloqlari, boyligi, sanoati va ahoUsi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar juda muhimdir.
Narshaxiy Buxoro viloyatidagi shaharlami ham qisqacha 
ta’riflagan: 
„Afshina katta bir shahar bo‘lib, qal’asi bor. Bir necha
qishloqlar unga qarashlidir. Odamlar и joyni tabarruk deydilar.
Haftaning muayyan birkunida и yerda bozor bo‘ladiu.
„Karminada 
mullalar va shoirlar ko‘p bo‘lgan. Qadimda Karmanani bad’iyan 
xurdak (kichkina tog‘ora, kichik obdasta) deb ataganlar. 
Buxorodan to Karminagacha 12 toshdir“.
Asarda bulardan tashqari, Buxorodagi katta yong‘in, viloyatdagi 
ariqlar, ekinlar, masofalar to‘g‘risida ham mukammal ma’lumotlar 
bor. Joy nomlari bilan bir qatorda geografik atamalar ham uchraydi.
„Hudud al-oIam“. 
„Hudud al-olam“ („Kitobi hudud al-olam 
minal mashriq ilal mag‘rib“) asari 983 yili Amudaryoning chap 
sohilidagi Juzjon viloyatida (Balxdan g‘arbda) yozilgan bo‘lib, 
shu viloyatning hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga 
bag‘ishlagan. Fors-tojik tilidagi bu asami o‘z zamonasida ham,
XIX asr oxirigacha ham shu nom bilan biror kimsaning eshitgani 
yoki tilga olgani ma’lum emas; urf-odatlar va udumlar hatto biron 
ro‘yxatda ham qayd qilinmagan. Biroq, u tamomila noma’lum 
asar bo‘lmasa kerak, chunki, birinchidan, asar yozilganidan 300 
yil keyin, ya’ni 1258 yilda qayta ko‘chirilgan ekan; demak, urf- 
odatlar va u X III asrgacha qo‘ldan-qo‘lga o ‘tib yurgan. 
Ikkinchidan, kitob, ehtimol, boshqacha nom bilan ham atalgandir. 
Ammo u ilmiy ahamiyati jihatidan Sharq geografik adabiyotining
25


durdona yodgorliklaridan biridir, xususan, 0 ‘rta Osiyo va 
Afg‘onistonda geografik bilimlar tarixi uchun qimmatli manbadir.
Asar jami 60 bob (maqola) dan iborat bo'lib, muqaddimadan 
keyin quruqliklaming chegaralari, dengiz va qo‘ltiqlar, orollar 
(jaziraho), tog'lar va ular bag‘ridagi ma’danlar, daryolar, cho‘llar 
va qumlar, so‘ngra jahondagi viloyatlar (nohiyathoi jahon) ning 
ta ’rifi berilgan. Qo‘lyozmaning asl nusxasida sarlavhalar va 
mashhur joylaming nomlari qizil siyohda yozilgan.
“Hudud al-olam“ asarida jahondagi barcha mamlakatlaming 
ta’rifi berilgan 
geografik, etnografik
va 
iqtisodiy
ma’lumotnomadir.
Chunonchi, „Hudud al-olam “ning nom a’lum muallifi 
xurosonlik bo‘lganligidan, asarda hozirgi Tojikiston, Qirg‘iziston, 
0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Afg‘oniston yerlari mukammal 
tasvirlangan. Uning dunyo to‘g‘risidagi ta’riflari Sharqning boshqa 
geografiari asarlaridagiga o‘xshash bo‘lsa-da, original va mustaqil 
mulohazalari ko‘p.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish