Beruniy.
Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150
tacha asarning muallifidir. Ba’zi sharqshunoslar, u 180 tacha
kitob yozgan, degan fikrda. Sharqshunoslarning eng keyingi
hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi:
astronomiyaga oid asari —
70 ta,
matematikaga oidi
— 20 ta,
geografiya-geodeziyaga oidi —
12 ta,
kartografiyaga oidi —
4 ta,
iqlim va ob-havoga oidi —
3 ta,
mineralogiyaga oidi
—
3 ta,
falsafaga oidi —
4 ta
,fizikaga oidi
— 1 ta,
dorishunoslikka
oidi —
2 ta, tarix,
etnografiyaga oidi —
15 ta,
adabiyotga oid
asari
28 tadir.
Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar
anchagina; uning astronomiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan
kitoblarida ham geografik m a’lumotlar ko‘p. Beruniyning
uzunliklar va kengliklar, Yer yuzidagi odamlar yashaydigan
mamlakatlaming chegaralarini aniqlash, suratga tushirish,
havoning isishi va sovishi sabablari to ‘g‘risidagi asarlari ham
bo‘lgan; u Ptolemey „Geografiya“siga qisqacha sharh ham
yozgan.
26
„Osori boqiya“ (,,Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya“-
„ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“) taxminan 1000 yilda,
Abu Rayhon Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi
shahar)da yashaganida yozib tamomlangan. Bu asar 1879 yil ingliz
tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil o‘zbek tiliga
taijima qilinib, nashr etildi. Asarda turli xalqlaming
kalendar
tizimi, oy
va
muchal nomlari, bayramlari, Oy manzillari,
juda
ko‘p
meteorologik, fenologik
va
tarixiy та ’lumotlar, qabilalar
va
joylaming nomlari
yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar bu asami
qisqacha „Xronologiya" deb ataydilar.
„Kartografiya“ („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar“) 10
varaqdan iborat risola bo‘lib, xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga
bag‘ishlangan. Risolaning kirish so‘zida
astronomiya, kartografiya
va
geografiyaning amaliy ahamiyati
tushuntirilgan.
„Geodeziya“ („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih
masofat al-masokin“ — „Turar joylaming oralaridagi masofalami
aniqlash uchun joylaming chegaralarini belgilash haqida kitob“).
Bu kitobning bittagina qo‘lyozma nusxasi mavjud. Unda „23
rajab 426“ yozuvi bor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu
yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda
yoza boshlab, Kobulda davom ettirgan va G'aznada nihoyasiga
yetkazgan.
Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan-
shaharlaming kengliklarini aniqlash, iqlimlarga bo‘Ush, ularning
chegaralari, okeanlar, dengizlar va orollaming taqsimlanishi bayon
etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra qabilalari tilga olingan.
Kitobning beshinchi bobi joylaming geografik uzunligini
aniqlash usullariga bag‘ishlangan. Umuman, bu kitobda taklif
qilingan va amalda qo‘llanilgan o ‘lchash uslublari, asboblari
o ‘rta asrlarda eng ilg‘or usullar va eng m a’qul asboblar bo‘lgan.
Beshinchi bobning oxirida ko‘pgina misollar keltirilgan;
jumladan, Bag‘dod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan
Bolxon oraliqlaridagi meridian farqini aniqlash usuli, Balx va
Jurjoniya shaharlarining uzunlik va kengliklariga asoslanib
27
Omul (Choijo‘y)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli, Balx
bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik va uzun-
liklariga qarab aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim
bir qancha joylarning kenglik va uzunliklarini shu usullarda
aniqlagan.
,,Hindiston“ („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola
Maqbula fil aql au marzula“ — „Hindlarga maxsus narsalarni
tushuntirish kitobi“) ni olim 1020 yilda yoza boshlab, 1030 yilda
tamomlagan.
Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati katta. Unda umumiy
geografik ma’lumotlar (Yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar, quruqlikning
chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ko‘tarilishi va qaytishi,
boshlang'ich meridian tarixi) bilan birga, Hindiston tabiatining
mufassal ta’rifi (tog‘lari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti
va hokazo), tom m a’nosi bilan Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor.
Undagi etnografik ma’lumotlar, din, falsafa, urf-odatlar ta’rifi
mufassal va haqiqiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |