0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZOKIRJON SAIDBOBOYEV
TARIXIY
GEOGRAFIYA
0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan
darslik sifatida tavsiya etilgan
«NOSHIR»
TOSHKENT - 2010
63.2
Saidboboyev, Zokirjon.
S21
Tarixiy geografiya: tarix bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun
darslik / O. Bo‘riyev; 0 ‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi -
Т.: Noshir, 2010 - 224 b.
ББК 63.2я722
Darslikda tarixiy geografiya va tarixiy kartografiya fanlarining
shakllanishi va taraqqiyoti masalalari, shuningdek, 0 ‘rta Osiyoning qadimgi
davrdan hozirgi kunga qadar bo ‘Igan tarixiy geografiyasi mavjud tarixiy,
geografik manbalar va ilmiy adabiyotlar doirasida yoritilgan.
M a s ’ul muharrir:
Tarix fanlari nomzodi, dotsent O. BO‘RIYEV.
Taqrizchilar:
Tarix fanlari doktori Sh.S. KAMALIDDINOV,
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent A. EGAMBERDIYEV.
ISBN 978-9943-353-29-9
© «Noshir» nashriyoti, 2010 y.
SO‘ZBOSHI
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o‘zgarishlami amalga
oshirish jarayonida erkin demokratik tafakkurga ega bo‘lgan va
mustahkam milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a’zolarini
tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining o‘rni jiddiy
ravishda ortmoqda.
1998
yilning iyulida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining „ 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi Qarori
e’lon qilinib, unda respublikamiz tarixchi olimlari oldida turgan
dolzarb vazifalardan biri sifatida mamlakatimiz va chet el
olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha o‘zbek xalqi tarixi
bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish ekanligi
ko‘rsatib o‘tilgan.
Mintaqamizning Sharq va G ‘arb o ‘rtasidagi muhim savdo
yo‘llari tutashgan yerda joylashganligi bois bu hududdan ko‘plab
sayyohlar, savdogar va sarkardalar o‘tishgan. Tarixan hozirgi
0 ‘zbekistonning hududi shunday joy bo‘lganki, bu yerda ko‘hna
savdo yo‘llari (mashhur Buyuk Ipak yo‘U) tutashgan, jo ‘shqin
tashqi aloqalar va turli etnik jarayonlarning bir-birini o‘zaro
boyitishi jarayoni kechgan.
Yuqoridagi masalalami chuqurroq o‘rganish va talaba yoshlarga
yetkazish maqsadida „Tarixiy geografiya“ darsligi tayyorlandi.
Mazkur darslik 0 ‘zbekistonda dastlabki tajribalar asosida mazkur
o‘quv fanidan tayyorlangan qo‘llanmadir. Uning vazifasi tarixiy
geografiya fani, uning maqsad va vazifalari, 0 ‘rta Osiyo va
0 ‘zbekiston tarixiy geografiyasi haqida asosiy tushunchalar be-
rishdan iborat.
Darslikda asosiy e ’tibor tarixiy geografiya va tarixiy
kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti masalalari, shuningdek,
0 ‘rta Osiyo olimlarining mazkur fanlaming rivojiga qo‘shgan
hissalarini batafsil yoritishga harakat qilindi. Tarixni o‘rganishda
turli yozma manbalar bilan birga tarixiy kartalar hamda ulardagi
ma’lumotlar ham asosiy manbalardan biri bo‘lganligi bois tarixiy
kartografiyaga alohida bob ajratildi. 0 ‘lkamizning qadimgi
davrlardan hozirgi zamonga qadar bo'lgan tarixiy geografiyasi
mavjud tarixiy, geografik manbalar va ilmiy adabiyotlar doirasida
yoritildi.
Talabalaming fan yuzasidan egallagan bilimlarini mustah-
kamlash maqsadida har bir bob oxirida savol va topshiriqlar hamda
manbalardan ma’lumotlar keltirildi. Bundan tashqari bakalavriat
yo‘nalishi talabalariga ushbu fandan ma’ruza va amahy mashg‘u-
lotlar ohb borilishini hisobga olib, mustaqil ta’lim va mustaqil ish
mavzulari berildi.
Muallif kelajakda darslikni takomillashtirish yuzasidan berilgan
barcha maslahat va tavsiyalar uchun awaldan minnatdorchilik
bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |