Agar siz hujjatning strukturasini o‘zgartirishni istab qolsangiz, mundarijani osongina unga qayta moslashtirib olish mumkin. Bundan tashqari sarlavhalar va quyi sarlavhalar, matnning mos bo‘limiga tezkor o‘tib beruvchi havola (ссылка)larga aylanadi.
Ushbu ko‘rsatma «Word Online»dan tashqari boshqa barcha «Word» variantlariga to‘g‘ri keladi: veb-versiya avtomatik mundarijani yaratishga qodir emas. Dasturning eski versiyalarida interfeysning ba’zi elementlarining joylashuvi va nomlanishi farq qilishi mumkin, lekin ulardagi harakatlar ketma-ketligi o‘zgarmaydi.
Sarlavhalar uchun uslublarni tanlang
Matnda sarlavhalarni joylashtirib chiqing va ularga nisbatan «Zagolovok N» formatida nomlangan formatlash uslublarini qo‘llab chiqing. Iyerarxiyaga amal qiling. Masalan, agar eng yuqori daraja (уровень)dagi sarlavhalarga «Zagolovok 1» uslubini tanlagan bo‘lsangiz, keyingi darajali sarlavhalarga «Zagolovok 2» uslubini tanlang va hokazo.
Sarlavhaga uslubni qo‘llash uchun uni dastlab belgilang, so‘ngra uskunalar panelidagi mos uslub ustiga bosing. Agar panelda kerakli uslublar mavjud bo‘lmasa, ularni Alt + Ctrl + Shift + S klavishlar kombinatsiyasi yordamida oching. Ekranning o‘ng qismida barcha uslublarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha panel paydo bo‘ladi.
Hujjatga mundarijani qo‘shing
Siz tomoningizdan formatlab chiqilgan sarlavhalar asosida dastur mundarijasini qo‘shishi uchun, kursorni matnning boshiga o‘tkazing va uskunalar panelida «Ссылки» → «Оглавление» → «Автособираемое оглавление 1»larni bosing.
Siz mundarijaning mos bandiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali matnning kerakli bo‘limiga tezkor o‘tishingiz mumkin. Biroq havolalar ishlashi uchun Ctrl klavishini ushlab turishingiz kerak bo‘ladi.
Xohishingizga ko‘ra mundarijaning ko‘rinishini sozlang
Agar standart mundarijaning tashqi ko‘rinishi sizni qoniqtirmasa yoki barcha sarlavhalarni o‘zida aks ettirmasa, siz uni o‘chirib tashlashingiz va yangi mundarijani o‘z xohishingizga ko‘ra sozlab olishingiz mumkin. Ushbu holatda siz ««Ссылки» → «Оглавление» → «Настраиваемое оглавление»larga bosasiz.
Sozlamalar oynasi ochilgan paytda, mundarijada o‘zingizga kerakli bo‘lgan parametrlarni ko‘rsatib o‘ting. Bu yerda to‘ldiruvchini (bandlardagi nuqtalarni) olib tashlash, sahifa raqamlarini berkitish yoki joylashuvini o‘zgartirish, ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan darajalar miqdorini tanlash va ularning iyerarxiyasini tahrirlash mumkin.
Maslahatimiz: mundarijani hujjatdagi barcha matnlarni kiritib, formatlab bo‘lganingizdan so‘ng yarating. Aks holda mundarijani yaratib olib, keyinchalik hujjatingizga yana qo‘shimchalar kiritib, yakuniy jarayonda mundarijani yangilab olish yodingizdan ko‘tarilib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |