kulolchilik, shishasozlik,
misgarlik
va
chilangarlik
rivoj topadi. XI-XII asrning sirli,
koshinkor va qabortma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor
shisha buyumlar, naqshinkor mis idishlari o‘zining xilma-xilligi
va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turardi.
Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi
savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi.
Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar
tomonidan kumush va misdan ko‘plab chaqa va tangalar zarb
qilinadi. 0 ‘sha vaqtlarda Bolasog‘un, Taroz, 0 ‘zgan, Toshkent,
Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan
zarbxonalar b o ‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda qoraxo-
niylaming oltin, kumush va mis chaqa-tangalari hamda dinorlari
bilan bir qatorda hatto saljuqiylar, xorazmshohlar hamda
g‘aznaviylar tomonidan zarb qilingan tangalar ham muomalada
yurgan.
Demak, XI-XII va XIII asr boshida Movarounnahr va
Xurosonda mahsulot-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topib, u
mamlakatning deyarli hamma uzoq va yaqin viloyatlarini qamrab
olgan edi.
XI asrda Movarounnahrda qoraxoniylar davlatining tashkil
topishi bilan
qarluq, о ‘g ‘u z,jig ‘H, y a g ‘mo
va boshqa turkiy qabila
114
va urug laming Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi
turkiy aholi bilan o‘troq hayotga ko‘chish jarayoni jadallashadi.
0 ‘troq dehqon va hunarmand aholi bilan aralashib, dehqonchilik
va shahar madaniyatining boy tajribasi va an’analari o‘zlashtirildi.
Natijada turkiy tilda so‘zlashuvchi aholi Movarounnahming asosiy
nufuzlaridan biriga aylandi.
7. 0 ‘rta Osiyoga mo‘g‘ulIar bosqini va unga qarshi
ozodlik harakatlari
1219
yilning kuzida Chingizxon o‘g‘illari Chig‘atoy, 0 ‘qtoy
va Jo'ji bilan birga Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning
jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo‘shini qadimgi
yo‘l bilan Ili daryosi bo‘ylab Shimoliy Farg‘onadan o‘tib, Janubiy
Qozog‘istonda Sirdaryo bo‘yida joylashgan 0 ‘tror shaliri ustiga
yurish qildi. Bu shahar yaqinida butun kuchlarini to ‘plab,
Movarounnahmi qisqa muddat ichida zabt etish uchun uni to‘rt
qismga bo‘ldi. Uning bir qismini o‘g‘illari Chig'atoy va 0 ‘qtoy
boshchiligida 0 ‘tromi qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi
qismiga Jo'ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi.
Unga Sig‘noq, 0 £zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni
buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi qo‘shin Oloqnuyon hamda
Suketucho'rbiy ismli sarxanglari qo'mondonligida Sirdaryoni o‘rta
sohili bo£ylab, uning yuqori oqimida joylashgan Binokat va Xo‘jand
shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o‘zi asosiy kuchlar?
bilan dashtliklar orqali Buxoroga tomon askar tortdi.
Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘ji boshchiligidagi m o‘g‘ul
bosqinchilari reja bo‘yicha Sirdaryoning yuqori qismidagi yerlami
egallashi lozim edi. Bosqinchilar ma’lum muddatdagi qamaldan
so‘ng Sig‘noq va Borchilig‘kent shaharlarini egallaganidan so‘ng
mustahkam qal’a hisoblangan Xo‘jandga hujum boshlaydilar.
Mo‘g‘ullar 20000 nafar qo‘shin va 50000 chog‘li asirga tushgan
hasharchilami Xo‘jand atrofiga yig‘adilar. Xo‘jand hokimi Temur
Malik asli turkiy sarkardalardan bo‘lib, xorazmshohlar davlatida
115
nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo'lgan shaxs edi.
Mo‘g‘ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur
Malik (malik - hokim ma’nosida) taxminan ming nafar askari
bilan Xo‘janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning mo°jazgina
orolida joylashib oladi. Qulay strategik ahamiyatga ega bo‘lgan orolga
mo‘g‘ullar o‘qlari, palaxmon toshlari yetib bormas edi. Temur Malik
buyrug‘iga ko‘ra, 12 ta qayiq yasatilib, o‘q o‘tmashgi, yonib
ketmasligi maqsadida bu qayiqlaming usti namat bilan qoplanib,
sirka shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik uzoq
vaqt mudofaa uchun endilikda orolchada turish maqsadga muvofiq
emasligini tushunib, bor oziq-ovqat zahirasi va askarlarini 70 ta
kemaga joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo‘ylab suzib ketadi.
Mo‘g‘ullar ikki soldi bo‘ylab Temur MaUk kemalariga to‘xtovsiz
hujum uyushtirar edilar. Hatto Binokat bo‘yida daryoning u
sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortib qo‘yadilar. Uzoq, uzluksiz
jang bilan ular Jandga qadar yetib keladilar. Mo‘g‘ul sarkardasi
Ulus Idi Borchilig‘kent va Jand yaqinida manjaniqlar (tosh otar
zambaraklar) o‘matib, qayiqlarni bir-biriga tutashtirib, sarkarda
yo‘lini to‘sadi. Uzoq janglardan so‘ng Temur Malik Urganchga
yetib keladi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddinning
ozodlik kurashida faol ishtirok etadi.
1220 yilning 16 fevralida Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar
qo‘shini Buxoroni egallaydilar.
Buxoroni zabt etgach, Chingizxon Samarqandga tomon yo‘l
oladi va 1220 yilning mart oyida Movarounnahrning eng ulug‘
va muhim shahrini ham egallaydi.
1221 yilning boshlarida endigina Xorazm davlatining sultoni
deb e ’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi garchi Xorazm
mudofaasiga jiddiy kirishsa-da, ammo unga qarshi sobiq Jand
noibi qochqin Qutlug‘xon boshliq qipchoq lashkarboshilari
tomonidan uyushtirilgan fitna uni Temur Malik bilan Xurosonga
jo ‘nashga majbur etadi. Chunki bunday vaziyatda poytaxtga
tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch
mudofaasini sira ham tashkil qilib bo‘lmas edi. Shu sababli tez
116
vaqt ichida shahzodalar 0 ‘zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni
tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o‘ta qo‘rqoq va
amalparast amir Humortakin qo'lida qoladi. 0 ‘zini u sulton deb
e’lon qilib, Urganchni mo‘g‘ullardan himoya qilishga va’da ham
qiladi. Urganchdek katta shahami qamal qilish uchun shimoldan
Jo‘ji, Buxoro tomondan Chig‘atoy va 0 ‘qtoy askarlari bostirib
keldi. 1221 yilning qishida 50 ming kishilik mo‘g‘ul askarlari
Urganchni qamal qilib, hujum boshlaydi. Urganchliklar
dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga
qaramay o ‘z ona shahri mudofaasiga g‘oyat baland ruh bilan
kirishadilar. Lekin Urganch ham tez orada mo‘g‘ullar qo‘liga
o‘tadi.
M o‘g‘ul hukmdorlarining mislsiz jabr-zulmi, aholining
xo‘rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan
ziyod o‘sishi mehnatkash aholining tinka madorini quritib
yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullaming zo‘ravonligi va istibdodiga
qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik, ayniqsa,
1238 yilgi Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon
qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238 yil Buxorodan 3 farsax
(taxminan 7-8 km) uzoqlikdagi Torob qishlog‘ida boshlandi.
Bu qo‘zg‘olonda m o‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan
ahvoli og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi
faol qatnashadi. Q o‘zg‘olonga esa asli Torob qishlog‘idan
bo'lgan g‘alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Torobiy
boshchilik qiladi.
Mahmud Torobiy awal o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi,
bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. Shu paytda
Sherozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘o-
lonchilaming qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch-
qudrati oshib borayotganligining, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga
o‘tib borayotganligini ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr
hokimi Mahmud Yalavochdan yordam so‘rashga majbur
bo‘ladilar. Mahmud Torobiy o‘zining ko‘plab tarafdorlari bilan
Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik
aqoid
(diniy ilm) olimi,
117
mashhur shayx Shamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib,
o‘z safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi.
Darhaqiqat, Mahmud Torobiy Buxoro ahliga m uruw at
namunalarini ko‘rsatdi. Buxorodan qochgan m o‘g‘ul harbiylari
va buxorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan edilar.
Bu yerda ular ma’lum kuch to‘plab, Mahmud Torobiy ustiga
harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan xabardor bo‘lgan Mah
mud Torobiy dushmanga qarshi kurashish maqsadida shahar
chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan chiqadi. Ikki
o'rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar yengilib, orqaga
chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullami to Karmanagacha quvib
bordilar. Ushbu jangda m o‘g4illaming 10000 ta kishisi qirib
tashlandi. Lekin bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbari
Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok
bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda shahid ketgan Mahmud
Torobiyning o ‘rniga uning ukalari Muhammad va Alini rahbar
etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning tajribalari yo‘q,
ularni xalq yaxshi tanimas, omnia ichida ular nufuzga ega.emas
edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.
Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullaming Elduz nuyon va Chag‘an
qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirish uchun
yetib keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Torobiy tarafdorlari
butkul tor-mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi
halok bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |