“TASDIQLAYMAN”
63-maktab direktori
_______ S.Kuchkarova
Samarqand shahar XTB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta’lim maktabda “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish”maqsadida o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI
21.02.2022 y Samarqand sh
Qatnashdilar: maktab direktori Kuchkarova, MMIBDO’lari S.Tursunova va G.Qilicheva, Samarqand shahar 63-maktab profilaktika inspektori B, maktab hamshirasi N.Quziyeva, Mash’al MFY mutaxassisi R.Turapova, va Uvaysiy MFY mutaxassisi N.Raxmonova hamda, 130 nafar o’quvchilar.
Kun tartibi:
Samarqand shahar XTB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta’lim maktabda “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish”maqsadida o’tkazilgan yig’ilish
Eshitildi:
So’zga maktab direktori S.Kuchkarova chiqib, bugungi kun tartibi bilan tanishtirdi va avvalo yaqin kunlarda “Giyohvandlikka qarshi kurash” kuni ekanligini aytib o’tdi. Davra suhbatida maktab hamshirasi N.Quziyeva va IIB xodimi yig’ilganlarga OITS, giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari, ularga qarshi qanday kurash choralari haqida to’liq ma’lumot berishadi.
Maktab hamshirasi N.Quziyeva OITV/OITS o’zi nima, OITV/OITS qanday hollarda yuqadi, qanday hollarda yuqmaydi, OITV/OITS dan qanday himoyalanish zarur, odam OITV/OITS bilan kasallanganini qanday aniqlash mumkin ekanligini o’quvchilarga batavsil tushuntirib berdi.
Samarqand shahar 63-maktab profilaktika inspektori so’zga chiqib, giyohvandlikka ruju qo’ygan inson odamiylik, insoniylik, qon-qarindoshlik rishtalarini butunlay unutadi. Inson shu darajada vahshiylashib ketadi-ki, bir tutam giyoh uchun xattoki yaqinlarining joniga qasd qilishdan ham tortinmaydi.
Hech bir inson onadan ichuvchi yoki giyohvand bo’lib tug'ilmaydi. Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Ba’zilar to’qlikka shuxlik qilsa,boshqalari o’zi bilmagan holda aldovlar natijasida bu yo’lga kirib qoladi. Ayniqsa, hozirgi kunda hatto o’smir yoshlar, ayollar o’rtasida ham giyohvandlikka ruju qo’ygan odamlar tashvishga soladi, bu zaharli qotilni deb minglab onalar farzandlaridan judo bo’ldilar. Kim aybdor? Og’u sotuvchilarmi? Yo’q! Bizning Sizlar bilan etiborsizligimiz deb o’ylayman agar har bir ota-ona o’qituvchilari bilan hamkorlikda o’z farzandini nazoratga olsalar bunday mudhish voqealarni oldini olgan bo’lamiz. Ichki ishlar idoralari xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohfurushlik va giyohvandlikka qarshi kurash borasida barcha qonuniy choralarni ko’rmoqda va kurashmoqda. Ammo faqat taqiqlash, jazolash bilan ko’zlangan natijaga erishib bo’lmaydi.
Avvalombor bu ilatlarning zararli mohiyatini siz yoshlar anglab yetishlaringiz lozim.Yurtboshimiz ham “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir!”- deya sizga yuksak baho berganlar.
Quyidagilarga asoslangan holda yig’ilish
QAROR QILADI:
Barcha ma’ruzachilarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Psixolog inspektori, maktab hamshirasi N.Quziyevalarning “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish” mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin
Bayonlashtirdi:S.Tursunova
“TASDIQLAYMAN”
63-maktab direktori
_______ S.Kuchkarova
Samarqand shahar XTMFMT va TEB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta’lim maktabda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi oyligi doirasida o’tkazilgan “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish”maqsadida 2017 yil 1-dekabrda Umumjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o’tkazilgan yig’ilish
_________2017 yil Samarqand sh
BAYONNOMASI
Qatnashdilar: maktab direktori Kuchkarova, MMIBDO’lari S.Tursunova va G.Qilicheva, Yoshlar Ittifoqi yetakchilari, Samarqand shahar 5-son VEUN va XP inspektori Sh. Niyazov, maktab hamshirasi F.Istamova, pedagog xodimlar, 254 nafar o’quvchilar.
Kun tartibi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi hamda “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish” mavzusida maktab hamshirasi Istamova va IIB xodimi Sh.Niyazovlarning o’quvchilar bilan davra suhbati.
Eshitildi:
So’zga maktab direktori S.Kuchkarova chiqib, bugungi kun tartibi bilan tanishtirdi va avvalo yaqin kunlarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi nishonlanish arafasida ekanligi, uning qonunning inson hayotidagi o’rnini tushuntirib o’tgach, 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kuni ekanligini aytib o’tdi. Davra suhbatida maktab hamshirasi F.Istamova va IIB xodimi Sh.Niyazovlar yig’ilganlarga OITS, giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari, ularga qarshi qanday kurash choralari haqida to’liq ma’lumot berishadi.
Maktab hamshirasi F.Istamova OITV/OITS o’zi nima, OITV/OITS qanday hollarda yuqadi, qanday hollarda yuqmaydi, OITV/OITS dan qanday himoyalanish zarur, odam OITV/OITS bilan kasallanganini qanday aniqlash mumkin ekanligini o’quvchilarga batavsil tushuntirib berdi.
Samarqand shahar 5-son IIB VEUN va XP inspektori so’zga chiqib, giyohvandlikka ruju qo’ygan inson odamiylik, insoniylik, qon-qarindoshlik rishtalarini butunlay unutadi. Inson shu darajada vahshiylashib ketadi-ki, bir tutam giyoh uchun xattoki yaqinlarining joniga qasd qilishdan ham tortinmaydi.
Hech bir inson onadan ichuvchi yoki giyohvand bo’lib tug'ilmaydi. Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Ba’zilar to’qlikka shuxlik qilsa,boshqalari o’zi bilmagan holda aldovlar natijasida bu yo’lga kirib qoladi. Ayniqsa, hozirgi kunda hatto o’smir yoshlar, ayollar o’rtasida ham giyohvandlikka ruju qo’ygan odamlar tashvishga soladi, bu zaharli qotilni deb minglab onalar farzandlaridan judo bo’ldilar. Kim aybdor? Og’u sotuvchilarmi? Yo’q! Bizning Sizlar bilan etiborsizligimiz deb o’ylayman agar har bir ota-ona o’qituvchilari bilan hamkorlikda o’z farzandini nazoratga olsalar bunday mudhish voqealarni oldini olgan bo’lamiz. Ichki ishlar idoralari xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohfurushlik va giyohvandlikka qarshi kurash borasida barcha qonuniy choralarni ko’rmoqda va kurashmoqda. Ammo faqat taqiqlash, jazolash bilan ko’zlangan natijaga erishib bo’lmaydi.
Avvalombor bu ilatlarning zararli mohiyatini siz yoshlar anglab yetishlaringiz lozim.Yurtboshimiz ham “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir!”- deya sizga yuksak baho berganlar.
8”A”sinf o’quvchilari tomonidan sahna ko’rinishi namoyish etildi.
Quyidagilarga asoslangan holda yig’ilish
QAROR QILADI:
Barcha ma’ruzachilarning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5-son VEUN va XP inspektori,maktab hamshirasi F.Istamovalarning “Voyaga yetmaganlar o’rtasida giyohvandlik, VICH, OITS, alkogolizm va tamaki chekishga qarshi kurashish” mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin qilinsin va har bir sinf rahbari zimmasiga sinf soatlarida shu mavzularni yoritish va profilaktik suhbatlarni olib borish yuklatilsin.
3. Har bir sinf rahbari zimmasiga: sinf o’quvchilar davomatini qattiq nazoratga olish, surunkali dars qoldiradigan o’quvchilar ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o’tkazish tashkil etilsin.
4. Ushbu qaror nazoratini MMIBDO’lariva Yoshlar ittifoqi etakchilari zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: S.Kuchkarova
Yo.I yetakchisi: N.Ibodullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |