Izopentan-sintetik kauchuk monomeri-izopren ishlab chiqarish- da ishlatiladi. C6–C10 parafin uglevodorodlarning asosiy qo‘llanish sohasi maxsus erituvchilar sifatida ishlatilishi bilan chegaralanadi. C10–C20parafin uglevodorodlar esa spirtgacha oksidlashda ishlatilib,
hosil bo‘lgan mahsulotlar sintetik yuvish vositalarini olishda ishlati-
ladi.
Qaysi neft konidan chiqqanligiga qarab neftni moy fraksiyasi (300–500ºC)ni deparafinlaganda 30% gacha parafini bo‘lgan C20–C40qattiq parafin uglevodorodlar olinadi. Moylarni deparafinlash eri-
tuvchilar yordamida olib boriladi. Surkov moylari fraksiyasi to‘g‘ri
keladigan erituvchi (metiletilketon–benzol, atseton–benzol, benzol- dixloretan aralashmalari, suyuq propan)da eritiladi, so‘ngra eritma sovitiladi va bunda ajralib qolgan parafin filtrlash yo‘li bilan ajrati- ladi. Erituvchi filtratdan haydaladi va jarayonga qaytariladi. Parafin qoldiq moydan qaynoq erituvchi (masalan, metilen xlorid) bilan yu- viladi.
C20–C40qattiq parafin uglevodorodlar sintetik yuvish vosita- lari ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich xomashyo hisoblangan a–olefinlar va sintetik karbon yog‘ kislotalarini olishda ishlatiladi.
Bundan tashqari, terish= 40–42ºC li parafinlar gugurt, teri sanoatida, terish=50–52ºC li parafinlar sham ishlab chiqarishda, ho‘l mevalarni konservalashda, kosmetikada, farmatsevtika sanoatida, fotografiya va shu kabilarda ishlatiladi.
Оlefin uglevodorodlar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan parafin uglevodorodlardan farqli o‘laroq, olefinlar neft va gaz tarkibida bo‘lmaydi, destruktiv qayta ishlash ja- rayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan- da uning tarkibida mavjud bo‘lgan faqat uglevodorod fraksiyalari ajraladi. Destruktiv qayta ishlash destruksiyani, ya’ni og‘ir (yuqori haroratda qaynaydigan) uglevodorodlarni quyi haroratda qaynaydi- ganlarga parchalashni o‘z ichiga oladi.
O‘tgan asrning 20-yillarida neftni destruktiv qayta ishlash usullari rivojlana boshlagani va destruktiv qayta ishlash mahsulotlarida quyi qaynar uglevodorodlarning, ya’ni benzinning miqdori oshganligi bois, ular motor yoqilg‘isi resurslarini oshirishga xizmat qilgan. Bun- day qayta ishlashning destruktiv usullarini ishlatish ko‘rsatkichlarni nafaqat benzin resurslarini miqdoran oshirish, balki jarayonda hosil bo‘lgan mahsulot sifatini oshiruvchi yuqori oktan sonli uglevodorod- lar hisobiga yaxshilash orqali ham erishiladi.
Sanoatda etilen uglevodorodli xomashyo piroliz qilib olinadi. Pi- rolizda etilen bilan bir qatorda ko‘pgina miqdorda propilen va biroz butenlar, butadienlar hosil bo‘ladi. Propilen va butenlarning boshqa manbai biz yuqorida ta’kidlagan neftni qayta ishlash zavodlarining gazlaridir.