Ziyamuhamedova


Gaz holidagi uglevodorodlar pirolizi



Download 1,57 Mb.
bet12/109
Sana02.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#630412
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
Bog'liq
B Àbidov, Î G‘ Àzimov, U À Ziyamuhamedova neft gaz sintezi

Gaz holidagi uglevodorodlar pirolizi.







Ko‘rsatkichlar

Хomashyo

etan

propan

n–butan

Harorat, ºC
Suv bug‘ining sarfi, xomashyoga nisbatan % og‘irlikda
Bir o‘tkazishda konversiya, % da

850–900
20–25


60

800–850
20–25


70–90

800–850
20–25


90

Gaz holidagi uglevodorodlar miqdori, % og‘irlikda

h2+Ch4 C2h4 C3h6 C4h6 C4h8

15,30
76,98
2,88
1,35
0,61

30,00
42,00
16,20
3,15
1,39

20,60
36,40
20,50
3,04
12,65

haroratda olib boriladi: butan pirolizi 400ºC da boshlanadi; degidrir- lash faqat >600ºC haroratda ketadi.


Аmalda piroliz uchun individual uglevodorodlar emas, balki ta- biiy va yo‘ldosh gazlar yoki neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz fraksiyalari ishlatiladi.
Biroq individual uglevodorodlar uchun keltirilgan qonuni- yatlar sanoat fraksiyalari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 6- va 7-jadvallarda turli uglevodorodlar va neft asosidagi fraksiyalar uchun piroliz ma’lumotlari keltirilgan.
7-jadval

Neft asosidagi suyuq xomashyoni pirolizi.







Ko‘rsatkichlar



Gaz benzini

Benzin – ligroin
fr–yasi

Kerosin
– gazoyl fr–si

Оg‘ir neft mahsulot- lari

Harorat, ºC Suv bug‘i
sarfi, % og‘irlikda Gaz holidagi uglevodorodlar salmog‘i, % og‘irlikda
Оlefinlar salmog‘i, % og‘irlikda
etilen propilen butilen

810


20


78
35
12
3

785


75


62
27
13
5,5

750


60


60
23
12
4,8

680


60


48
18
5
2,2

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ilk xomashyoni og‘irlashishi oqibatida jarayonni olib borish sharoitlari yumshati- layapti, biroq shunda ham gaz holidagi olefin uglevodorodlarining salmog‘i kamayib boradi.


Suyuq neft asosidagi xomashyoni pirolizida pirogaz, suyuq mah- sulotlar (piroliz smolasi) va koks taxminan 50:48:2 nisbatda olinadi.
Piroliz gazlari jarayonni olib borish shart-sharoitlariga va ilk xo- mashyoga bog‘liq holida yuqori miqdorda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar bilan xarakterlanadi.
        1. Piroliz jarayonlari sanoat qurilmasi


Ilk xomashyo qanday bo‘lishidan qat’i nazar gaz holidami yoki suyuq holidami piroliz jarayonlarini issiqlik olib kelish usuliga qarab 2 guruhga bo‘lish mumkin:


А) Tashqi isitishli piroliz jarayoni.
B) Ichki issiqlik olib kelish bilan piroliz jarayoni.
Hozirgi vaqtda tashqi isitishli birinchi guruh jarayoni eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, quvurli pechlardagi pirolizning turli sxemalari mav- juddir.
Хomashyo va sirkulatsiya gazlari suv bug‘i bilan aralashib, qu- vurli pechga kiradi va u yerda 780–800ºC gacha (ilk xomashyo va maqbul mahsulotga qarab) juda qisqa vaqt ichida (1 sekunddan ko‘p emas) qiziydi (1-chizma).
Pechdan chiqayotgan pirogaz unga moy, suv yoki benzin sochilib tezda sovutiladi, so‘ng siqiladi, suvsizlantiriladi, mexanik va kimyo- viy qo‘shimchalardan tozalanadi va tarkibiy qismlarga ajratish uchun jo‘natiladi.
Smola


1-chizma. Uglevodorod gazlarining pirolizi texnologik sxemasi:
1, 2–issiqlik almashtirgichlar; 3–quvurli pech; 4– «toblash» uskunasi; 5–utilizator; 6–skrubber–sovutkich; 7–sovutkich; 8–separator.
Q‘uvurli pechlarda piroliz qilishning kamchiliklari quyidagilar- dan iborat:

  1. kichik ishlab chiqarish quvvati;

  2. pechni ilon izli quvurlari uchun yuqori legirlangan po‘latni ishlatish zarurati;

  3. ilon izli quvurlarning yuqori gidravlik qarshiligi, bu esa ki- rishda bosimning ortishiga va olefinlar salmog‘ini pasayishiga olib keladi;

  4. ishning davriyligi – koksni yoqib yuborish uchun pech ishini to‘xtatish zarurati.

Biroq ushbu kamchiliklar jarayonni texnologik bezashdagi oddiy- lik orqali o‘zini oqlaydi.
Q‘uvurli piroliz pechlarini samarali ishlashi ilon izli quvurchalar uzunligi bo‘yicha optimal harorat profilini hosil qilish imkoniyatla- ri bilan aniqlanadi, bu esa pechning ilon izli quvurchasi ishlangan metallning fizik xossalari va teplotexnik imkoniyatlari – ilon izli qu- vurchaga lokal issiqlik olib kelishning quvvati bilan belgilanadi. Ilon izli quvurchalarni maxsus joylashtirish pechni yengil uglevodorod xomashyosini qayta ishlashda to‘xtamay ishlash davrini deyarli 6 oygacha yetkazadi.
Zamonaviy ko‘p kamerali piroliz pechlarining etilen bo‘yicha quvvati yiliga 50 ming tonna va undan ko‘pga yetgan bo‘lib, bu bir korpusda 16 tagacha parallel ishlovchi piroliz ilon izi quvurchalari bo‘lgan bir necha oqim kameralarini (4–5 tagacha) blokirovkalash natijasida erishilgan.
Ikkinchi guruh jarayonlari – issiqlikni ichki yetkazish usulida, ya’ni xomashyoni o‘ta qizdirilgan gazlar yoki suv bug‘i bilan kon- takt holida amalga oshiriladi.
Issiqlik tashuvchi sifatida koks yoki qandaydir inert materialli issiqlik tashuvchi ishlatiladi, bunda piroliz jarayonining o‘zi va is- siqlik tashuvchining regeneratsiyasi turli uskunalarda – reaktor va regeneratorda olib borilishi jarayonni uzluksizligini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda uni texnologik bezash murakkablashib ketadi.
Issiqlik tashuvchi statsionar qatlamli piroliz sxemalari ishlab chi- qilgan. Bunda piroliz jarayoni murakkab figura profilli keramik na- sadkalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu holida piroliz va rege- neratsiya bosqichlari galma-gal boradi, regeneratsiya issiqligi piroliz bosqichida ishlatiladi. Bu sxemaning asosiy kamchiliklari sifatida ja- rayonni boshqarishning murakkabligi va pirogazni koks yonish mah- sulotlari bilan ifloslanishini ko‘rsatish mumkin.
Issiqlik tashuvchilar vositasidagi hamma jarayonlar deyarli bir sxema asosida amalga oshirilib, bunda xomashyo avvalombor issiq-
lik almashtiruvchida 350–450ºC haroratgacha isitilib, suv bug‘i bilan aralashma holida reaktorga yuboriladi. Reaktorda 700–900ºC gacha (qanday xomashyoligiga qarab) issiqlik tashuvchi hisobiga qizdirila- di.
Kislorodda piroliz (avtotermik piroliz) quyidagicha amalga oshiriladi: 550–650ºC haroratgacha isitilgan xomashyo kislorod bi- lan aralashtiriladi (100 qism xomashyo 30 qism kislorod); bunda xomashyoning bir qismi yonib va yonish mahsulotlari qolgan xo- mashyo bilan aralashib, piroliz borishida harorat 800–900ºC gacha ko‘tariladi.
Аvtotermik pirolizning boshqa bir ko‘rinishi gomogen piroliz deb ataladi. Ushbu holida xomashyo (masalan, metan)ning bir qismi va kislorod alohida uskunada biriktiriladi hamda keyin yonish mah- sulotlari yuqori bo‘lmagan 1200–1500ºC haroratda xomashyoning asosiy qismi bilan haroratni piroliz haroratigacha ko‘tarib aralashti- riladi.
Аvtotermik pirolizning asosiy kamchiliklari: pirogazda 20% ga- cha SО va SО2 mavjudligi pirogazni tozalashni qiyinlashtiradi; xom- ashyoning bir qismi to‘g‘ri maqsadga sarf qilinmaydi.
Keyingi vaqtlarda adiabatik sharoitdagi piroliz keng tarqalmoqda. 650–750ºC gacha isitilgan xomashyo 925–950ºC li o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan aralashtiriladi. Pirolizni ushbu turining afzalliklari:

    1. pechlarni ishlash vaqti ko‘proq davomiy bo‘ladi, xomashyo ko‘pincha pastroq haroratda isitiladi;

    2. reaksion massada harorat reaktor devoridagiga nisbatan yuqo- riroq bo‘ladi, bu esa koksni hosil bo‘lishini kamaytiradi;

    3. suv bug‘i hisobiga suyultirilgan uglevodorodlarning parsial bosimi past bo‘ladi, bu esa olefinlar miqdorini oshishiga olib keladi.

Jarayonning kamchiliklari sifatida ikkita pech mavjudligini aytish mumkin: biri xomashyoni isitishga, ikkinchisi esa suv bug‘ini qizdi- rishga ishlatiladi. Оqibatda, bu kapital xarajatlarni ko‘paytiradi.



    1. Download 1,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish