Hozirgi vaqtda neftkimyo sanoatini gaz holidagi olefin uglevo- dorodlarga bo‘lgan talabini qondiruvchi asosiy jarayon – piroliz ja- rayonidir. «Piroliz» tushunchasini yuqori haroratdagi kreking bilan bog‘laydilar.
Pirolizga uchratilayotgan xomashyoga bog‘liq holida jarayonlar quyidagicha farqlanadi:
gaz holidagi xomashyo pirolizi – tabiiy va yo‘ldosh gazlarni, neftni qayta ishlashdagi gazlar fraksiyasi pirolizi;
suyuq neft asosidagi xomashyo pirolizi – oktan miqdori kam gaz holidagi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinlarni katalitik ri- formingdan keyin aromatikasi ajratib olingan rafinatlarni, kerosin– gazoyl fraksiyasi og‘ir neft asosidagi qoldiqlarni va hattoki neftning o‘zini krekingi.
Piroliz jarayonining «chuqurligi» uch asosiy omillarga – kontakt vaqti, harorat va uglevodorodlarning partsial bosimiga bog‘liq.
Eng afzallari quyidagilar: kichik kontakt vaqti, katta bo‘lmagan parsial bosim va ushbu xomashyo turiga mos maksimal harorat.
Хomashyoning guruh tarkibi quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
Оlefinlarni olish uchun eng afzali, ayniqsa, normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin uglevodorodlardir. Ular olefinlarni maksimal miq- dorda beradilar. Аromatik uglevodorodlar maqsadga muvofiq emas, chunki ular yuqori koks hosil qilishga va polikondensatsiya reaksi- yalariga moyildir. Naften uglevodorodlar degidrirlash va yon zanjir- ni uzilish reaksiyalariga moyil. Bu, bir tarafdan aromatika holi uchun ham zichlashish reaksiyalariga olib keladi, ikkinchi tarafdan alkil zanjirni krekingi hisobiga olefinlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
Хomashyoning fraksiyali tarkibi, quyidagicha ta’sir o‘tkazadi: xomashyo og‘irlashishi oqibatida C2–C3 olefinlarning hosil bo‘lish salmog‘i kamayadi, koks hosil bo‘lishi ortadi. Boshqa tarafdan esa og‘irroq bo‘lgan xomashyo pirolizga osonroq uchraydi, biroq ko‘p miqdorda yonaki mahsulotlar beradi.
Neftkimyo sintezi sanoati uchun gaz holidagi olefinlarni yetkazib beruvchi eng ahamiyatli usul gaz holidagi xomashyo- ni piroliz qilish usuli bo‘lib, bunda xomashyo sifatida tabiiy va
yo‘ldosh gazlar yoki neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz fraksiyalari ishlatiladi.
Etilenni olishda eng ma’qul xomashyo – etan va propandir. Metan pirolizga eng qiyin uchraydigan xomashyodir: uning piro-
lizi 700ºC dan yuqorida boshlanadi. 1000–1200ºC da metandan eti- len va atsetilen olish mumkin; 1200ºC dan yuqori haroratda atsetilen olinadi.
Etan pirolizida eng ma’qul 750–850ºC haroratdir; bunda etilen eng ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.
Propan (t=700–800ºC) piroliz qilinganda mahsulot tarkibida eng ko‘p etilen va metan bo‘ladi, chunki C–C bog‘i C–H bog‘iga nisba- tan yengilroq uziladi:
C3h8→C2h4 + Ch4
Butan pirolizi 400ºC dan boshlanadi va quyidagi uch yo‘nalishda boradi.
C3h6+ Ch4 – 17.6 kkal/mol
C4h10 → C2h4 + C2h4 – 17.0 kkal/mol
C4h8 + h2 – 30.0 kkal/mol
Keltirilgan formulalardan ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki reak- siya kamroq issiqlik sarfi bilan ketadi va shu sababli nisbatan quyi
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |