Neft zavodi gazlarida C1 dan C4 gacha bo‘lgan to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu gazlar tarkibiga, odatda, vodorod, vodorod sulfid va ko‘p bo‘lmagan miq- dorda oltingugurt-organik birikmalar kiradi.
Neftni qayta ishlash zavodi gazining tarkibi u yerda qanaqa jara- yonlar olib borilishiga bog‘liq. Gazning asosiy manbai neftni dest- ruktiv qayta ishlash jarayonlari qurilmalari (termik va katalitik kre- king, kokslash, katalitik riforming); va neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri hay- dash qurilmalaridir. Bu qurilmalarda miqdori ko‘p bo‘lmagan gaz va neftda erigan gaz ajratib olinadi.
Kreking va kokslash gazlarida to‘yingan uglevodorodlar bilan bir qatorda ko‘pgina olefinlar hamda bir qancha miqdorda vodorod mavjud. Katalitik riforming gazi 60 hajmiy % gacha vodorodga boy bo‘lib, u faqat to‘yingan uglevodorodlarni o‘z ichiga olgan. Neftni qayta ishlash jarayonlarida gazlarning turli tarkibdaligi turli zavod gazlarining xilma-xil tarkibdaligi va hattoki uni bir zavod doirasida ham o‘zgarib turishini belgilaydi. Neft zavodi gazlari tarkibining o‘zgarib turishi ularni qayta ishlashni murakkablashtiradi.
Suyuq neft mahsulotlari (distillatlar va qoldiqlar)
Suyuq neft mahsulotlarida neftkimyoda ishlatiladigan qator qim- matli komponentlar mavjud. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olin- gan va kreking benzinlarida pentanlar, pentenlar, siklopentan, metil- siklopentan, siklogeksan va uning gomologlari bor. Kerosin va ga- zoyl fraksiyalarida qattiq va suyuq to‘yingan (yumshoq parafin deb nomlangan), uglevodorodlar moy fraksiyalarida esa qattiq to‘yingan uglevodorodlar (qattiq parafin) mavjud.
Uglevodorod xomashyosiga qo‘yilgan talablar
Neftkimyo jarayonlari uchun uglevodorod xomashyosiga neftni qayta ishlashdagi xomashyoga nisbatan, odatda, ko‘proq va qattiq talablar qo‘yiladi. Neftkimyo sintezida ishlatiladigan reaksiyalarning ko‘pchilik qismi katalitik yoki radikal–zanjirli bo‘lib, talab qilina- yotgan mahsulotlarni olishda katalizator yuqori selektiv bo‘lishi za- rur. Yonaki va shu kabi reaksiyalarning ketishi esa umuman mumkin emas.
Neftkimyo sintezi uchun xomashyoni tayyorlashda qaynash haro- ratlari o‘zaro yaqin bo‘lgan yohud juda past haroratda qaynaydigan komponentlarni bir-biridan ajratish zarurati bor. Shu sababli kom- ponentlarni ajratishda umum qabul qilingan rektifikatsiya va absorb- siya jarayonlari qatori adsorbsiya, azeotrop va ekstrfaol haydash, selektiv erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish, kristallizatsiya va termodiffuziyalar ishlatiladi. Аyrim hollarda xemosorbtsiya jarayo- nini ishlatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, buten-butadien fraksiyadan mis atsetatning ammiakli eritmasi bilan xemosorbsiya qilib, butadien
ajratib olinadi. Yoki maxsus kimyoviy reaksiyalar, masalan, etilenni atsetilendan tozalashda selektiv gidrogenlash jarayoni o‘tkaziladi.
Neftkimyo sintezi uchun xomashyo sifatida ishlatilish ko‘lami bo‘yicha parafin uglevodorodlar 1-o‘rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |