4.4. Yangi korxonani boshqarish
Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri о‘z xо‘jalik yuritish maqomiga ega bо‘lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holatini, talab va taklifni о‘rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday tо‘siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma’lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborot-larda, qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma’lumotlarni olish mumkin.
Xо‘jalik yuritish yо‘nalishini aniqlab olgach, ishbilarmon о‘z korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bо‘lajak iste’molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma’lumotlarga ega bо‘lishi lozim.
Faoliyat shaklini, ya’ni individual yoki jamoa ishbilarmon-ligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qо‘l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun о‘zi javob beradi va о‘z mulki hisobidan zararni qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas’uliyatni korxonaning boshqa ishtirokchilari bilan bо‘lishadi. Ushbu shakl qо‘llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qо‘shimcha resurslarni jalb etish mumkin bо‘ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbi-larmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tublash qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xom ashyo va materiallar ta’minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat о‘rnatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, e’lonlar yordamida jalb qilishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy mablag‘lari yetarlicha bо‘lmaydi. Pul mablag‘lari kamchiligini aksiyalarni chiqarish, ya’ni korxona kapitali va daromadiga bо‘lgan huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan zayomlar olish yо‘li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan о‘zaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, о‘rta muddatli va uzoq muddatli bо‘lishi mumkin. Bozor munosabatlariga о‘tish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qо‘llanilmoqda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli xildagi sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liqdir. Inshoot, moddiy zaxiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug‘urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug‘urta kompaniyalar bilan munosabat о‘rnatadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamg‘arma bozori, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda kо‘p bо‘ladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamg‘armalar, individual investorlar yetakchi о‘rinni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |