AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Maqbul tavakkal konsepsiyasining mohiyatini o‘rganish.
Ishning maqsadi: Тalabalarni maqbul tavakkal nazariyasi bilan tanishtirish va tavakkalni hisoblashni o’rgatish.
REJA:
1. Maqbul tavakkal nazariyasi
2. Tavakkalni hisoblashni o’rgatish
Тavakkalga V. Marshall quyidagicha ta’rif beradi: tavakkal - xavflarning amalga oshish, sodir bo’lish chastotasidir.
Umumiy qilib aytganda tavakkal - xavflarni miqdor jixatdan sonli baxolashdir.
Sonli baholash esa - ma’lum bir davr ichida sodir bo’lgan u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining shu davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soniga nisbatidir.
Rasman tavakkal - bu chastotadir, ya’ni takrorlanish sonidir. Lekin, tavakkal va chastota tushunchalarini xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular o’rtasidagi farq borligiga e’tibor berish kerak. “Ma’lum bir davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soni” tushunchasini xavfsizlik muammolariga nisbatan ma’lum bir shartlar asosidagina qo’llash mumkin.
Ijtimoiy tavakkal– sodir bo’lgan hodisalar (xavflar) chastotasi bilan shu hodisalar natijasida zararlanganlar odamlar soni o’rtasidagi bog’lanishdir.
Тavakkalni aniqlashda 4 xil uslubiy yondashish mavjud:
1. Injenerlik - bu statistikaga, chastotalarni xisoblashga, xavfsizlikni extimolli taxlil qilishga va xavflar daraxtini qurishga asoslanadi.
2. Modelli - bu alohida odamga, ijtimoiy va kasbiy guruxlarga zararli omillarning ta’sir kilish modelini kurishga asoslanadi.
Bu ikkita uslub (metod) xisoblarga asoslanadi, ammo xamma vaqt xam ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi.
3. Ekspertli usul - bunda xar xil xodisalarning (xavflarning) sodir bo’lish extimoli yuqori malakali mutaxassislarning (ekspertlarning) fikrini o’rganish orqali aniqlanadi.
4. Ijtimoiy usul - xar xil xodisalarning (xavflarning) sodir bo’lish extimoli to’g’risida axolining fikrini so’rashga asoslangan.
Тavakkalni aniqlashga vazifa «A» davlatda xar yili o’rtacha 19 ming odam tinch xayot vaqtida turli darajadagi tan jaroxati olgan va shundan urtacha _*_ kishi xalok bo’lgan. Ishlab chiqarishda esa xar yili 7000 ishchi jaroxatlangan va shulardan o’rtacha _*_ ishchi xalok bo’lgan. Agar «A» davlat axolisini _*_ va umumiy xizmatchilar sonini _*_ ga teng deb olinsa quyidagilarni aniqlang:
- «A» davlatda yashagan xar bir fukaroning bir yil davomida jaroxat olish va xalok bo’lish tavakkalini;
- «A» davlatda ishlovchining bir yil davomida jaroxat olish va xalok bo’lish tavakkalini.