Ўзбкистон республикаси


Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish



Download 2,55 Mb.
bet55/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish. Yangi tashkil etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar о‘z faoliyat maqsadlarini va unga erishish yо‘llarini aniq anglashlari lozim. Agarda yangi tashkil etilgan korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham, mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga bо‘lgan ta­lab ham yordam bermaydi.
Nyu-York universiteti Biznes maktabining professori Piter Drukerning fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilarni talab qiladi:
- bozorda diqqatni biror narsaga qaratishni;
- naqd pullarni rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bog‘liq jarayonlar rivojini oldindan kо‘ra bilishni;
- oliy boshqaruv bо‘g‘inini unga bо‘lgan muhtojlikdan oldin tuzishni.
Agar mahsulot muayyan maqsadlar uchun ishlatilishiga mо‘ljallab chiqarilgan bо‘lsa, u bozorda о‘z о‘rnini topadi. Shu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlarni shakllantiradi. Masalan, kо‘p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa kо‘chirish qо‘llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa kо‘chirish apparatini ixtiro qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQShda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «bozorni о‘rganish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bog‘liqdir. P.Druker «Yunivem» kompaniyasi bilan bog‘liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950 yillarda bozorni ilmiy tahlil qilish asosida 2000 yilga kelib kompyuterlar soni 1 mingga yetadi, degan faraz qilingan. Lekin 1984 yilning о‘zidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. О‘sha davrda о‘tkazilgan tadqiqotlarda kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qо‘llaniladi, degan fikr ustuvor edi. Shu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bо‘ldi. Chunki о‘tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy о‘rin egallagan edi. Lekin hech kim bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak bо‘ladi, deb о‘ylamagan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda о‘zining yangi iste’molchilarini to­padi. Faqat an’anaviy qotib qolgan ishbilarmonlik dunyoqarashni о‘zgartirish kerak. xolos. Agar ma’lum maqsad uchun chiqarilayotgan mahsulotga yangi iste’mol-chilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e’tibor berib, tahlil qilib chiqishi lozim.
Agarda bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda «kasallik» bо‘lsa, moliyaviy omil, ya’ni notо‘g‘ri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy xavf tug‘diradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil yetganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin, dastlabki vaqtda, asosiy e’tiborni ishlab chiqarish, rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. Yangi korxona qо‘shimcha kapital bilan ta’minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya’ni ishbilarmonlik moliyani boshqaruvisiz bо‘lmaydi.
Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi yoki maxsus boshqaruv guruhi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh ishni о‘z korxonasining ishlab chiqarish xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini belgilab beruvchi yо‘nalishlarni aniqlab, maqsad va vazifalarini belgilashi zarur. Korxona rahbari о‘z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni bо‘shashtirmasdan, ularga ishonch bildirib, faoliyat kо‘rsatishi lozim. Rahbar doimo yetakchi bо‘lishi kerak.
О‘z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonani boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham о‘zgarib boradi. Kо‘p ishbilarmonlar sodir bо‘layotgan о‘zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor о‘ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?», «Qaysi ishda men о‘zimni kо‘rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yо‘nalishida men foyda keltiraman?» kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Yed­vin Lend о‘z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil kilgach, YE.Lend ma’lum vaqtdan keyin о‘zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligini, bu ishni pro­fessional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi. О‘zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullana boshladi, ya’ni kо‘proq samara keltiradigan sohada faoliyat kо‘rsatishga о‘tib ketdi. YE.Lend о‘ziga laboratoriya qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish