Kapital qо‘yilmalarning qaytarilish davri. Bu kо‘rsatkich kapital quyilmalarning о‘z-о‘zini qoplash muddati sifatida amalda keng qо‘llaniladi. Bu davrda funksional-ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qо‘yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish о‘lchamlarini aks ettiradi va barcha sarf-xarajatlarni qoplash manbalari bilan bog‘lanishi lozim.
Zararsizlik meyorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal о‘lchovi bо‘lib, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bо‘ladi.
G‘arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qо‘llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:
1. Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bо‘limda yuridik shakl kо‘rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi.
Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim xususiyatlari kо‘rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan о‘rni, mavqei, sotuv tizimi va boshqalar.
Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
Tadqiqotlar va ishlab chiqishlar. Bu bо‘limda tadqiqotlar, dasturlar va tashabbuslarning asosiy yо‘nalishlari aks ettiriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chi-qarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.
Xodimlar va mehnat munosabatlari.
Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy kо‘rsat-kichlardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi.
Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq о‘tmishdagi va hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi.
Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar kо‘rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi.
Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag‘lar holatining tahlili, kompaniyaning soliqlari, qarzlari kо‘rsatiladi.
Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi.
Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Rо‘yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktoriy va boshqa-lar)ning qisqacha bayoni beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim etilgan.15 U quyidagi bо‘limlardan iborat:
Kerakli pul mablag‘i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari va uning ta’minoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |