7- jadval
«Jahongir» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar bо‘yicha foydalilik koeffitsiyentlarining hisob-kitobi
Loyiha
|
Kо‘zda tutilgan xarajatlar summasi,
ming sо‘m
|
Kо‘zda tutilgan daromadlar summasi,
ming sо‘m
|
Foydalilik koeffitsiyenti
|
Ranglar
|
A
|
600
|
840
|
1,4
|
1
|
B
|
900
|
1305
|
1,45
|
2
|
V
|
300
|
390
|
1,3
|
3
|
G
|
700
|
770
|
1,1
|
4
|
D
|
1200
|
1260
|
1,05
|
5
|
Ushbu jadvaldan kо‘rinadiki, agar kichik korxona 2,5 mln. sо‘mlik loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bо‘lsa, bu mablag‘larni A, B, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bо‘lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati bо‘lsada, D loyihadan voz kechmoq. zarurdir.
Agar foydalilik koeffitsiyentiga e’tibor bermasdan, faqat kо‘zda tutilgan daromadlarning maksimal miqdorlariga qarab ish yuritilganda D, B va V variantlar tanlangan bо‘lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. sо‘mni tashkil yetgan holda, korxona daromadi 2,955 mln. sо‘mni tashkil kilardi. Agar foydalilik koeffitsiyen-tini hisobga olib tuzilgan investitsiya loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi 3,305 mln. sо‘mni tashkil qilishi mumkin edi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bо‘lishi mumkin bо‘lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investitsiya mablag‘larini ajratishning variantlaridan biri bо‘lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi sex qurilishi butun zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstruksiyasi uchun ma’lum darajada mablag‘ qо‘yishni talab etadi. Bunday holda, ikkala investitsiya mablag‘ini sarflash loyihasining ham foydalilik koeffitsiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu koeffitsiyentlarning individual darajalariga e’tiborni qaratish shart emas. Misol uchun, firmada 600 ming sо‘m mablag‘ sarflab, 840 ming sо‘m daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffitsiyenti 1,4 (840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod xо‘jaligini takomillashtirishga yana 100 ming sо‘m sarflashi zarur. Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming sо‘m miqdoridagina о‘sishiga olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bо‘yicha foydalilik koeffitsiyenti 1 dan kichik bо‘lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq, agar bir-biri bilan bog‘liq bо‘lgan ushbu loyihalar bо‘yicha investitsiyalar miqdorini va kutilayotgan daromadlarni qо‘shsak, bunda birinchi holatda 700 ming sо‘m (600+100), ikkinchi halatda esa 900 ming sо‘m (840+60) kelib chiqishini kо‘ramiz. Shunday qilib, umumiy (integral) foydalilik koeffitsiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag‘ sarflash mumkinligini kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |