Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat bо‘ladi. Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat rо‘yxatidan о‘tadi. Davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi qarorlaridan kо‘chirma, hokimiyat rо‘yxatidan о‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda kor-xonaning rо‘yxatdan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi davlat orderi top-shiriladi.
Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol о‘ynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Bizning fikrimizcha, yetti bо‘limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish о‘zining oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bо‘lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Yangi korxona tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
2. Tashkil etilmoqchi bо‘lgan shaxsiy korxonalarning qanday turlarini bilasiz?
3. Tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asosla-nishi (TIA) nimalardan iborat?
4. Biznes-reja nima? Uning mazmunini ochib bering.
5. Biznes-rejaning tuzilishi qanday, u qanday bо‘limlardan iborat?
6. Tashkil etilmoqchi bо‘lgan korxonaning ishlash va boshqa-ruv tizimi nimalardan iborat?
7. Korxonaning boshqaruv tamoyillari nimalardan iborat?
8. Franchayzingning ustuvorlik va kamchiliklari nimada?
9. Foydalilik koyeffitsenti qanday aniqlanadi?
10. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish-ni izoxlab bering.
1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillash-tirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida»gi 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasi-dagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.
5.Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |