Musqullarning tuzilishi bolalarda qaddi qomadning shakillanishi va kamchiliklari



Download 71 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2022
Hajmi71 Kb.
#633080
  1   2
Bog'liq
MUSQULLARNING TUZILISHI BOLALARDA QADDI QOMADNING SHAKILLANISHI VA KAMCHILIKLARI


musqullarning tuzilishi bolalarda qaddi qomadning shakillanishi va kamchiliklari


Reja:
1.Bolalik va o`smirlik davrlari.


2.Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.
3.Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
4.Qad-qomat va uning buzilishlari.
5.Sog`liq guruhlari.

Muskul bu-qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan, tirik organizmning u yoki bu bo’lagini harakatga keltiradigan organ: u aksariyat, ko’ndalang yo’lli va silliq muskul to’qimalaridan tuzilgan. Xo’sh, muskul hayvonlarda va odamda qanday paydo bo’lgan? Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi qanday? U nimalar ta'sirida va qanday harakatga keladi? Qisqarish va cho’zilish mexanizmi nimalarga yoki qanday jarayonlarga asoslangan?


Ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, ya'ni muskul to’qimalari organizm rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi to’qima paydo bo’lganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelibchiqishi tashqi muhit taqozosi bilan, ya'ni tashqaridan ta'sir etib turgan muhit omillariga moslashish ehtimoli bilan paydo bo’lar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit qo’ynida uning ta'sirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo bo’lgan. Binobarin, muskul to’qimasi evolyusiya jarayonida sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan bo’lsak, endilikda muskul to’qimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa to’qimalarga o’xshab mezenximaning turli qismlaridan hosil bo’ladi.
Muskulatura-butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Ko’zning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Ko’ndalang yo’lli muskullar mezenximaning segmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning o’zgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga so’lak va sut bezi muskullari ham kiradi.
Umuman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi o’ziga xos birlik, ya'ni sitoplazmasidagi oqsil iplari-miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yiilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. ammo umumrtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bo’lsa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. Shunga ko’ra muskullarni belgilariga qarab quyidagicha klassisfikasiyalash mumkin: 1) tuzilishi bo’yicha: a) ko’ndalang yo’lli muskullar, b) silliq muskullar; v)ikkioyoqlama qiya muskullar; 2) organizmda joylashish holati bo’yicha: a)ichki a'zolar muskullari; b)yurak muskullari; v)somatik muskullar; 3)funksiyalari bo’yicha: a)tonik muskullar; b)tetanik muskullar; v)qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bo’lgan muskul to’qimalari; 4) kelib chiqishi bo’yicha: a)ektodermal muskullar; b)entodermal muskullar; v)mezodermal muskullar.
Organizm embrional rivojlanishining boshlanich davrida mezodermaning segmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o’xshab, bevosita mezodermadan vujudga keladi. Miotomlar embrionning bo’yi bo’ylab uzunasiga joylashgan, bir-biriga yaqin yotuvchi uzunchoq hujayralardan iborat. Bularga mioblast hujayralar deyiladi. Sitoplazma qismi naycha shaklidagi mayda fibrilla ipchalari bilan to’lib turadi. mioblast hujayralar mitoz yo’li bilan tez bo’linib, mezenxima atrofiga tarqaladi va kelajakda ulardan muskul to’qimalari vujudga keladi. Boshlanich davrda mioblastlar bir-biri bilan zanjirsimon shaklda tutashib qo’shilishadi va sinplast shaklni oladi.
Keyinchalik hujayralar sitoplazmasida spesifik elementlar shakllana boshlaydi. Yo’on va ingichka protofibrillalar paydo bo’ladi. Ba'zi bir mioblastlar tabaqalanmay qoladi, bunday mioblastlarni satellitlar1 deyiladi. Bular muskul tolasi yaqinida joylashib, atrofdagi biriktiruvchi to’qima bilan birga sarkolemmaga yopishadi va uni atrofidan o’rab oladi. Keyinchalik ularning yadrosi ko’payib kattalashadi va periferik qismini egallab, miofibrillalari yo’onlashib, T sistemasini hosil qiladi.
Fiziologik va reporativ regenerasiya jarayonlarida muskul to’qimasida mioblast hujayralar ancha ko’payib ketadi. Bu ko’payish, odatda, kam tabaqalangan satellitlarning bo’linishi hisobiga bo’ladi. Yosh muskul hujayralari paydo bo’lishi bilan birga ularning boshqa struktura elementlari ham takomillashib boradi.
Yurak muskuli bajaradigan vazifasiga va mikroskopik tuzilishiga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan muskullarga o’xshaydi. Bu muskul silliq muskullarga o’xshab ritmik ravishda qisqarib charchamaydigan xususiyatga ega. Muskul hujayralarining tarkibi ham shunga moslashgan. Innervasiyasi ham odam yoki hayvonlar ixtiyoriga boliq ema, markaziy bosh miya orqali muttasil boshqarib turiladi.
Mikroskopik tuzilishi ko’ndalang yo’lli boshqa muskullarnikiga o’xshaydi. Masalan, uning miofibrillalarida anizotrop va izotrop disklar va ularning o’rtasida telofragma va mezofragmalar bor.
Hozirgi zamonaviy elektron miknoskoplar yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatdiki, yurak muskuli o’ziga xos nozik mikroskopik tuzilganligi bilan boshqa muskullardan qisman farq qilar ekan. Masalan, u tolachalardan emas, balki zanjirsimon shaklda bir-biriga birikib ketgan uzun muskul hujayralaridan tarkib topgan. Binobarin, uzunchoq shakldagi muskul hujayralari sitoplazmasining o’rtasida asosan yadro joylashgan bo’lib, miofibrillasi periferiya qismida yotadi. Miofibrillalarda xuddi skelet muskullari tolachalaridagidek, qora va oq disk uchraydi.
Odamda va umurtqali hayvonlarda silliq muskul to’qimasi ososan ichki organlarda bo’lib, ular harakatni ta'minlaydi. Masalan, ichki organlarga ovqat hazm qilish va nafas olish sistemasi organlari, ajratish organlari hamda qon tomirlar va limfa tomirlarining harakatini ta'minlovchi muskullar kiradi. Umurtqasiz hayvonlardan bo’imoyoqlilar hamda oyoqli mollyuskalardan tashqari, barcha jonivorlar muskulaturasini tashkil etadi. silliq muskullar, odatda, sekin ritmik qisqarib, charchash xususiyatiga ega emas. Tuzilishiga ko’ra, ularning asosiy qismi duksimon shakldagi muskul hujayralaridan tashkil topgan. Hujayralarning uzunligi 20-100 mk, diametri 10-20 mk ga teng. ayrim fiziologik holatlarda, masalan, homiladorlikda bachadon silliq muskullarining hujayrasi 500 mk ga cho’zilishi va bola tuilgandan so’ng o’z holiga qaytishi mumkin. Markazida bitta yadrosi bor. Ayrim organlar, masalan, bachadon muskulaturasi hujayralari uchlari tarmoqlangan shaklda bo’lib, har bir hujayra ustki tomonidan miolemma qobii bilan o’ralgan. Uning ustiga esa bazalmembrana yopishib turadi. unga tashqaridan hujayralar orasida uchraydigan kollagen va retikula tolachalari tutashib turadi. bular muskul to’qimasining tayanch apparati qismiga kiradi.
Bolalik va o`smirlik davrlari.
Chaqaloq tug`ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo`linadi:
- chaqaloqlik davri - tug`ilgandan-1 oylikkacha;
- ko`krak yoshi davri - 2 oylikdan-1 yoshga to`lgunicha;
- maktabgacha tarbiya yoshi davri - 2-6 yosh;
- kichik maktab yoshi davri - 7-11 yosh;
- o`rta maktab yoshi davri - 12-14 yosh;
- katta maktab yoshi davri - 15-18 yosh;
- o`smirlik davri- 15-18 yosh.
Bolalik va o`smirlik davrlarining xususiyatlari.
Yuqorida ko`rsatilgan bolalik va o`smirlik davrlarining har biri o`ziga xos anatomik-fiziologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega.
Chaqaloqlik davri. Bola tug`ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo`lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi. Bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a`zolari, nerv tizimi homila tug`ilgunicha ishlab turadi. Ammo nafas olish, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi chaqaloq tug`ilgani zahoti kindigi kesilganidan keyingina ishlay boshlaydi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez beriluvchan bo`ladi.Shuning uchun uni juda ehtiyotlik bilan parvarish qilish lozim. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lgunicha chilla davri deb ataladi.Bu davrda ona va bola juda ehtiyot qilinadi. Ular infeksiya yuqishidan ehtiyot qilinishi uchun alohida xonada bo`lishlari kerak.
Chaqaloqning to`g`ri ovqatlantirish, terisini parvarish qilish masalalariga alohida e`tabor berish talab etiladi.
Ko`krak yoshi davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davr. Bu davrda me`da-ichak, nafas a`zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko`proq uchraydi.Shuning uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o`xshash kasalliklardan asrash kerak.Ayniqsa, me`da-ichak kasalliklarini oldini olishda idish-tovoqlarning tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish muhimdir.
Bola 1 oylik bo`lgunicha bir kecha-kunduzda 22 soat, 2 oyligida-20 soat, 3 oyligida 18-19 soat uxlaydi.
Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda bola qabul qiladigan sutning miqdorini 50 ml ga ko`paytirib boriladi.Lekin 1 yoshgacha bo`lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti 1 litrdan oshmasligi kerak.
Bola o`sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a`zolari, asab, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, tayanch-harakatlanish tizimlari rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish a`zosining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya`ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi.
Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi, u tovush chiqqan tomonga qaraydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi.
Bolaning suyaklari normal rivojlanayogani uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi bo`lishi kerak. Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh joy)-5-7 oyligida peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak.
D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. To`sh, qovurg`a, qo`l-oyoq suyaklari yumshab egiluvchan bo`lib qoladi.
Chaqaloqning umurtqa pog`onasi tekis bo`ladi, ya`ni unda fiziologik egriliklar bo`lmaydi. U 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga tabiiy egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida tabiiy egilma hosil bo`ladi.Bir yoshda bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon tabiiy egilma hosil bo`ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. Ular harakatchan, tinib-tinchimas bo`lgani uchun shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar bilan zaharlanishga moyil bo`ladilar. Shu bois, ularni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi.
Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda, kollej (litsey) da o`tkazadi. Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi tez o`sadi va rivojlanadi. Yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoitini to`g`ri yoki noto`g`ri tashkil etilishi ularning o`sishi, rivojlanishi va ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish qoidalariga amal qilish zarurligini ularga tushuntirish o`qituvchilar zimmasida.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash;
3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, oyoqlar shaklini aniqlash, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari.
Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi.
Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak.
Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi.
Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi.
Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.
Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan hisoblanadi. O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa chaqaloq chala tug`ilgan hisoblanadi.
Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning bo`yi 75 sm bo`ladi.
2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n)
75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi
5 sm – bir yilda bo`y o`sish
n – bola yoshining soni
Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi).
O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz tezlashadi. 13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi.Qizlarni o`sishi 18 yoshda, yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada davom etishi mumkin. Bo`y o`sishi to`xtagandan keyin, yigitlar (erkaklar) ning bo`y uzunligini me`yori o`rtacha 170 sm, deb qabul qilingan.
Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.
Tekshiriluvchi ichki kiyimida poyafzalsiz tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.
Bir yoshgacha bolaning tana vazni stol ustida joylashtirilgan maxsus tibbiy tarozida aniqlanadi.Bola yo`tqizilgan vaziyatda vazni o`lchanadi.
Chaqaloq tana vazni normada 2500-3500 grammgacha bo`ladi.O`rtacha 3000 gr (3 kg).Chaqaloq tana vazni 2500 grammdan kam bo`lsa, chala tug`ilgan hisoblanadi.
Bolaning 6 oyligigacha tana vazni har oy 600 gramm, 7-12 oygacha har oy 500 gramm ko`payadi.
Bir yoshgacha bo`lgan bolaning turli oylarida tana vazni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Tana vazni 3000+ (600 x n)=
3000 gramm-chaqaloq tana vazni;
600 gramm – 6 oygacha har oyda tana vaznini oshishi;
n – oy soni.
Bolaning 7 oyligidan 12 oyligigacha tana vaznini aniqlashda formuladagi 600 gramm o`rniga 500 gramm qo`yiladi.
Bola 1 yoshga to`lganida vazni o`rtacha 9 kg ni tashkil etadi.
10 yoshgacha qiz va o`g`il bola tana vazni bir xil oshadi.11-15 yoshgacha qizlar vazni ko`proq oshadi.15 yoshdan o`g`il bolalar vazni ko`proq oshadi.
-2-5 yoshlik bolalarning vazni bir yilda 2 kg oshadi va 5 yoshga to`lganda 17 kg bo`ladi;
- 6-14 yoshgacha tana vazni bir yilda 3 kg oshadi.Shu yoshdagi bolalar vazni, qaysi yoshda qancha bo`lishi, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Tana vazni 17+(3 x n) =
- 17 kg 5 yoshlik bolaning vazni;
- 3 kg bolaning 6 yoshligidan 14 yoshgacha har yili vaznining ko`payishi;
- n –yosh soni.
Erkak odamning normal o`rtacha tana vazni 70 kg. O`rtacha normal bo`y uzunligi 170 sm, deb qabul qilingan.
Ko`krak qafasi aylanasi.
Lentaning yuqori qirrasi oldi tomondan o`g`il bolalarda ko`krak bez ustidan, qizlarda ko`krak bezi ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi bola va o`smir jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining faoliyati shunchalik yaxshi bo`ladi.
Chaqaloqning ko`krak qafasi aylanasi 32-34 sm, bola 1 yoshga to`lganda - 48 sm, 5 yoshda - 55 sm, 10 yoshda-63 sm, 15 yoshda-75-78 sm bo`ladi.
Bola va o`smirning jismoniy rivojlanishi qancha yuqori darajada bo`lsa, ko`krak qafasi aylanasi shunchalik katta bo`ladi.

O`pkaning tiriklik sig`imi.


O`pkaning tiriklik sig`imi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi.Spirometr suvli va havoli bo`ladi.
Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.Bu o`pkaga havoning ko`p miqdorda joylashuvini, ya`ni organizmning kislorod bilan yaxshi ta`minlanishining ko`rsatgichi hisoblanadi.
Odam qanchalik sog`lom va jismoniy yaxshi chiniqqan bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.
Kichik yoshdagi bolalarda o`pkaning tiriklik sig`imini aniqlashni iloji yo`q, chunki yosh bola spirometr naychasiga bor kuchi bilan puflay olmaydi.
8 yoshli o`g`il bola o`pkasining tiriklik sig`imi o`rtacha 1676 millilitr, 8 yoshli qiz bolaniki o`rtacha 1474 ml.
- o`g`il bolaning 10 yoshida 2000 ml, qiz bolarda – 1900 ml
- o`g`il bolaning 15 yoshida 3000 ml, 17 yoshida -3500 ml
Qo`l muskullari kuchi. Qo`l dinamometri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi. Dinamometr o`lchagichini qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi kg. ni ko`rsatadi.
- 8 yoshli o`g`il bolalarning o`ng qo`li muskullari kuchi o`rtacha 16,4 kg, chap qo`liniki-5,5 kg, qizlarniki - 13,8 va 12,9 kg;
- 17 yoshli o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi - 47 kg, chap qo`li -40,6 kg, shu yoshdagi qizlarning o`ng qo`li kuchi - 29 kg, chap qo`li kuchi-26 kg.
Bel muskullari kuchi tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi.
Gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlarni bel muskullarining o`rtacha kuchi 176,2 kg, voleybolistlarniki-177,5 kg, basketbolistlarniki-174,8 kg.
Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanuvchi qizlarniki 110,6, 115,6, 109,6 kg.
Qad-qomatning shakllanishi.
Har bir odam tanasini o'zi odatlangan vaziyatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va asab tizimining rivojlanishiga bog'liq. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog'onasi bo'yin va bel qismida bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi.
Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshini tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasining miyoridan ortiqcha egilishi, qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga sabab bo`ladi.
Qad-qomatning shakllanishida, umurtqa pog'onasidan tashqari ko'krak qafasi, oyoq va chanoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat.
Normal qad-qomat. Normal qad-qomatli odam tik turganda tanasini tik va to`g`ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi va ikkala kuraklari bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.Sonlarining tizza bo`g`imining va oyoq oshiqlarining ichki yuzalari bir-biriga tegib turadi.
Egilgan qad-qomat. Tik turganda boshi oldinga egilgan, yelka­lari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishining esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.
Lordoz qad-qomat. Tik turganda ko'krak va qorin oldinga bo`rtib chiqadi, orqasi yassilashadi.
Kifoz qad-qomat. Tik turganda yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga kirgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlari normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishi esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi.
Kekkaygan qad-qomat. Tik turganda orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasi­ning hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
Skolioz qad-qomat. Tik tirganda yelkalarning biri baland, biri past, kuraklarni biri baland, biri past bo`ladi. Ko`ylaksiz, yalong`och holatda ko`rganda, umurtqa pog`onasining o`ng yoki chap tomonga egrilanganini ko`rish mumkin.
Umurtqa pog`onasining egrilanishini oz yoki ko`p bo`lishiga ko`ra skolioz 3 darajada bo`ladi:
- birinchi daraja skoliozda odam kuylaksiz tik turgan vaziyatda ikki qo`lini boshining orqasiga qo`ysa, umurtqa pog`onasining egrilangan qismi tekislanadi, ya`ni skolioz vaqtincha yo`qoladi.Bunda umurtqa pog`onasi muskullarining tarangligi pasaygan bo`ladi;
- ikkinchi daraja skoliozda odam yuqoridagi vaziyatda turganda skolioz vaqtincha yo`qoladi. Bunda umurtqa pog`onasi muskullarini tarangligi pasayishdan tashqari, paylar ham cho`zilgan bo`ladi.
- uchinchi daraja skoliozda umurtqa pog`onasining egrilanishi odamning ko`ylaksiz (yalang`och) holatida yaqqol ko`rinib turadi. Umurtqa pog`onasining bukilib, dumboq hosil qilgan tomonidagi qovurg`alar ichiga botadi, qarama-qarshi tomondagi qovurg`alar esa bo`rtib chiqadi.Turnikka osilganda skolioz yo`qolmaydi. Bunda umurtqa pog`onasining muskullari va paylari tarangligini pasayishidan tashqari, umurtqalar orasidagi tog`aylar va umurtqa suyaklari ham o`zgaradi.
Skoliozning oqibati:
1.Odam qad-qomati buziladi.
2.O`pka, yurak faoliyati qiyinlashadi.
3.Jismoniy ish bajarganda nafas qisadi, yurak o`ynaydi, tez charchaydi, jismoniy ish bajarish imkoniyati pasayadi.
Skoliozni davolash: 1. Birinchi va ikkinchi darajali skoliozda davolash mashqlari qo`llanadi.
2.Uchinchi darajali skoliozda travmatologiya shifoxonasining maxsus ortopedik bo`limida gipsli krovatda yotadi, umurtqa pog`onasini qiyshaygan sohasiga maxsus korset kiyadi, davolash mashqlari bilan shug`ullanadi, suvda o`tkaziladigan mashqlarning samaradorligi yaxshi bo`ladi.
3.Skoliozning og`ir turida operatsiya yo`li bilan umurtqalar orasidagi disklar (tog`aylar)ning egriliklari to`g`rilanadi.Shuningdek, popoinatsiya qilinadi (umurtqalar orasidagi egrilangan disk (tog`ay)larga popain (ferment) in`yeksiya qilinadi).
Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi odam tashqi ko`rinishiga salbiy ta`sir ko`rsatishidan tashqari, ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak) ning rivojlanishi va funksiyasini buzilishi, odamning jismoniy ish bajarish imkonini ma`lum darajada pasayishiga sabab bo`ladi. Odam jismoniy mehnat qilganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:
- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shak qalin, juda yumshoq, yostiqning baland bo'lishi bola umurtqa pog'onasining bo`yin, ko`krak, bel qismlaridagi egilishlarni miyoriga nisbatan ortiq bo`lishiga olib keladi.
- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o`n oylik bo`lgunicha oyog'ida uzoq vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, oyoqlari egrilanishi mumkin. Natijada bunday bola katta bo`lganida, uning oyoqlari “O” smon shaklda bo`ladi (tik turganida ikki oyoq o`rtasida bo`shliq bo`ladi), yoki oyoqlari “X”smon shaklda bo`ladi (tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi, ammo son va boldir orasida bo`shliq bo`ladi);
- 4 - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli, umurtqa pog'onasi egrilanib qoladi;
- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og'ir buyumlarni ko'tarmasligi, doim faqat bir qo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog'onasi, ko`krak, chano, oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo'ladi;
- bolalar bog`chada va maktabda bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti­rishi kerak. Uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda ham shu qoidaga amal qilish lozim;
- o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur:
- o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekislikda, beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin;
- oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin;
- oyoq kaftining hamma yuzasi (tovoni va barmoqlari) polga baravar tegib tursin;
- ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo'lsin (qo`l kafti kengligida);
- stol (parta) ustidagi kitob va daftar bilan o`quvchi ko`zi orasidagi masofa shu o`quvchining ikki qarichiga teng bo`lsin.Kattalarda bu masofa 40 sm bo`lishi kerak.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri, chiroyli bo'lib shakllanadi.
Yassioyoqlik. Odam oyog`ining tovon – kaft yuzasi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tuzilishi tana vaznining oyoqning tovon va kaft qismlariga bara­var taqsimlanishini ta'minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining gumbaz qismi kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq tovon-kaft yuzasining butun sathini gumbaz qism egallaydi va tovon-kaft yuzasi tekis bo'lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi noqulayliklar yuzaga keladi:
- bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va boldir muskullarida og'riq paydo bo'ladi;
- yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi;
- yassioyoq odam yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki, yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi;
- bunday odam uzoqroq vaqt tik turganda va yurganida, oyog'ining tovon-kaft yuzasi yanada ko`proq kengayadi va ertalab mos bo'lgan poyafzal, kunning ikkinchi yarmida oyoqni siqa boshlaydi;
- yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyafzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.
Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi ota-onaning naslida bo'lishi bilan bog`liq, yoki homilaning rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin.
Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
- bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt davomida oyog'ida tik turg'izish;
- yosh bolaga uzoq muddat davomida poshnasiz yumshoq poyafzal kiygizish;
- o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport poyafzalida yurishi (sport poyafzalini faqat mashg'ulot paytida kiyish kerak);
- poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyafzallarda uzoq vaqt yurish;
- uzoq vaqt davomida og'ir yuk ko'tarish yassioyoqlikni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Oldini olish. Yassioyoqlikni oldini olish uchun yuqorida bayon etilgan sabablarni bartaraf qilish lozim.
Yassioyoqlikni davolash tadbirlari:
1.Ko`proq oyoq yalang yurish: mayda kesaklar, toshlar va o`t ustida yurish.
2.Oyoqning tashqi qirrasida, uchida (barmoqlarda) oyoq yalang yurish.
3.Maxsus ortoped poyafzalidan foydalanish.
Bolalar va o`smirlar sog‘liq guruhlari.
Bolalar va o`smirlar 5 ta sog`liq guruhlariga bo‘linadilar:
Birinchi sog`liq guruhiga - aqliy va jismoniy rivojlanishi normal, barcha to`qima a`zolari funksiyasi normal, har tomonlama sog‘lom bolalar va o`smirlar kiradi;
Ikkinchi sog`liq guruhiga – sog`lom, ammo tana tuzilishida ayrim yengil tug`ma morfologik norasoliklari va funksional kasalliklari bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi.Masalan, tomoqning bodomsimon bezlari tug‘ma kattalashgan, ko`z o`tkirligi tug‘ma pasaygan (yaqindan yoki uzoqdan ko`rish), ko`zi g`ilay, ko`krak qafasi, umurtqa pog`onasi, oyoq-chanoq suyaklari ma`lum darajada egrilangan, yassi oyoq, labi tirtiq, tanglayi teshik kabi tana tuzilishining norasoliklari bor bolalar kiradi;
Uchinchi sog`liq guruhiga – qandaydir surunkali kechayotgan kasalligi bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi.Masalan, tonzillit, revmatizm, yurak porok kasalligi, laringit, traxeobronxit, bronxial astma, gepatit, xoletsistit, piyelonefrit, gastrit, enterit, kolit, asab tizimi kasalliklari va hokazo. Ammo, bu surunkali kasalliklar ayni paytda xuruj qilmagan (kompensatsiya) davrida bo`ladi.Bu bolalar va o`smirlarning ish bajarish imkoni deyarli normal bo`ladi;
To‘rtinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalliklari bo`lib, ayni paytda u yengil xuruj qilgan (subkompensatsiya) davrida bo`ladi.Bola va o`smirning ish bajarish imkoni ma`lum darajada pasaygan bo`lib, poliklinikaga qatnab, uyida davolanish zaruriyati tug`iladi;
Beshinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalligi bo`lib, ayni paytda u og‘ir xuruj qilgan (dekompensatsiya) davrida bo`ladi. Bola va o`smirning ish bajarish imkoni yo`qoladi, uning shifoxonada yoki uyida shifokor nazoratida ko`rpa-to`shakda yotib davolanishi shart bo`ladi.
Izoh: Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi sog`liq guruhiga kirgan bolalar va o`smirlar 15 yoshgacha bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokori, 16-18 yoshdagi o`smirlar-kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`ladilar va vaqt-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Maktab va boshqa o`quv muassasalarida jismoniy mehnat bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarda ularga yengillik beriladi. Jismoniy tarbiya darsida tayyorlov guruh (2-guruh) ga yengil mashg`ulot bajariladilar.Bular mahalliy pediatr va o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`lish bilan birga surunkali kechayotgan kasallikning turiga ko`ra, tor mutaxassis shifokorlarning nazoratida ham bo`lib, ularning tavsiyasiga muvofiq vaqt-vaqti bilan davolanib turadilar.
Jismoniy tarbiya darsida o`quvchi va talabalarning sog`liq guruhlari.
Maktab, kollej, litsey o`quvchilari va Oliy ta`lim muassasasi talabalari har o`quv yilining boshida tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, jismoniy tarbiya darsiga qatnashishi bo`yicha 3 ta sog`liq guruhiga bo`linadilar:
Birinchi asosiy sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi me`yorida bo`lgan, sog`lom bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fanining o`quv dasturi bo`yicha hamma mashg`ulotlarni to`liq hajmda bajaradilar, sinov va imtihon topshiradilar;
Ikkinchi tayyorlov sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi kuchsiz, qandaydir surunkali kasalligi bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya darsiga asosiy guruh bilan qatnashadilar. Lekin, tez bajarilishi va katta kuch talab qiladigan mashg`ulotlardan ozod etiladilar. Shuningdek, sinov va imtihondan ham ozod etiladilar. Ular o`quv yurti shifokorining nazoratida turadilar va vaqt-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkaziladi. Jismoniy rivojlanishi va sog`lig`i tiklanganidan keyin, kelgusi o`quv yilidagi tibbiy ko`rik xulosasiga ko`ra, ular asosiy guruhiga o`tkazilishlari mumkin;
Uchinchi maxsus sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasallik tez-tez xuruj qilib turadigan, shikastlanish (bug`im chiqishi, suyak sinishi, miya chayqalishi va hokazo) tufayli sog`lig`ida jiddiy o`zgarish bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fani darsidan ozod etiladilar. Kasalligining turiga qarab, mutaxassis shifokorlarning nazoratida, vaqt-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Bundan tashqari, kasalligining turiga qarab, ularga alohida jadval bo`yicha, darsdan tashqari paytda haftada 1-2 marta davolash jismoniy mashg`uloti o`tkaziladi. Mashg`ulotni jismoniy tarbiya o`qituvchisi shifokor maslahati bilan o`tkazadi.

Asosiy adabiyotlar:




  1. Download 71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish