Иқтисодий ислоҳотларни ҳУҚУҚий таъминлашда ҳУҚУҚ фанларининг вазифалари



Download 147,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi147,5 Kb.
#210801
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy islohotlar. Xususiy mulkchilikning shakillanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi
Это – моя Родина, Презентация1, Презентация1, mustaqillik sharoitida komil inson goyasi, 4 – MUSTAQIL ISH, . Qoraqalpoqlar xo`jaligi va madaniyati, Чет тилини ўқитишда интеграллашган, Geokimyo, Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy ha~, Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy ha~, 2744-mafkuraviy-immunitet-va-g-oyaviy-kurashchanlikni-shakllantirish, Ўзбек давлатчилигининг шаклланиши ва дастлабки тараққиёт босқичлари, inglis tilidan mutaqil ish, Мустакил иш махсус улчов, Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari Iqtisodiyot nazar

Iqtisodiy islohotlar. Xususiy mulkchilikning shakillanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi

Reja:


1. Iqtisodiyoni huquqiy tartibga solishning Konstitutsiyaviy tamoyillari

2. Iqtisodiy islohotlar huquqiy asoslari rivojining yangi bosqichi

3. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda yetakchi huquqiy manba


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil 14-24 iyunda bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarini huquqiy ximoya tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik soxasida moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirish bo`yicha 5 ta farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ushbu normativ huquqiy xujjatlar o`z moxiyatiga ko`ra bir birlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, yagona pirovard maqsad – mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar huquq va manfatlari yuridik kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu xujjatlar iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichi boshlanganligidan dalolat beradi. Uning moxiyati tadbirkorlar bilan davlat organlari, mansabdor shaxslar o`rtasida o`zaro ishonch xayrixoxlik va xolislikka asoslangan munosabatlar tartibini joriy etishda yaqqol ko`rinadi. Albatta bunday tizim, tartib birdaniga shakllanmaydi. Buning uchun aniq maqsadli davlat siyosati, uning puxta ishlab chiqilgan ilmiy asoslari mavjud bo`lishi lozim. Bu vazifani amalga oshirish, ushbu maqsadga erishish uchun yuridik fanlar oldida xam juda katta vazifalar turibdi. Ko`p xollarda huquqiy tartibot, milliy huquq tizimi va ular bilan bog`liq bo`lgan huquq fanlariga ustqurmani tarkibiy qismi sifatida qarash qabul qilingan. Agar iqtisodiy tizim bazis bo`lsa, ijtimoiy tuzilmalar, siyosiy-g`oyaviy institutlarga ustqurma sifatida qarab kelingan va bunda xar doim bazis birlamchi, ustqurma esa ikkilamchi, ya`ni o`ziga xos xosila xisoblangan. Albatta buning muayyan mantiqiy asoslari mavjud, biroq huquq tizimi ustqurma tarkibida nisbiy mustaqillikka ega. Boshqacha aytganda huquq tizimi jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy tizimini tartibga soluvchi, uni aniq maqsadga yo`naltiruvchi va muayyan samaraga, natijaga erishishni ta`minlovchi faol kuch sifatida namoyon bo`ladi. Huquq tizimidan faol kuch sifatida foydalanish uchun huquq tizimini, huquq soxalarini, huquq institutlarini jiddiy o`rganib taxlil etib borish, boshqacha aytganda huquqshunoslik bo`yicha ilmiy tadqiqotlarni chuqur va izchil asosda amalga oshirish talab etiladi. Xuddi shu sababli xam O`zbekiston Respublikasi Prezidentini 2005 yil iyun oyida qabul qilgan normativ xujjatlari huquqshunoslik fanlari uchun o`ziga xos dasturilamal vazifasini o`taydi. Bu o`rinda shuni xam ta`kidlash lozimki, yuridik fanlar ayniqsa fuqarolik huquqi, konstitutsiyaviy huquq, ma`muriy huquq, jinoyat huquqi kabi fanlar bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan ilmiy ishlanmalar mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, uni huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash soxasida juda katta amaliy natijalar berdi. Bugungi kunda mulkchilik munosabatlarini tubdan o`zgarishi, bozor tizimiga asoslangan infratuzilmalarni vujudga kelishi va faoliyat yuritishi, tadbirkorlik subyektlari huquqiy maqomini belgilab qo`yilishida huquqshunoslik fani yutuqlari o`ziga xos negiz bo`ldi deb aytish mumkin. Biroq erishilgan natijalar yana xam salmoqliroq bo`lishi mumkin edi, agarda huquqshunoslik fanlari bo`yicha tadqiqotlarni tashkil etish, fan va amaliyotni uzviy bog`liqligini ta`minlash va fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish bo`yicha puxta ishlangan oqilona tashkiliy huquqiy tizim yo`lga qo`yilganda. Xar qanday fan soxasi kabi huquq fanlari xam ijtimoiy voqelikni tushuntirib, izoxlab berish, uni anglab yetish istiqbolni bashorat qilish va amaliy muammolar yechimini berish bilan shug`ullanish lozim. Shu ma`noda olganda bugungi kunda huquqshunoslik fanlari iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash soxasida jiddiy ishlar qila oladi. Afsuski ushbu soxada barcha huquq soxalari bir tekisda ijobiy samara barayotgani yo`q. Xozircha bu borada asosiy og`irlik markazi fuqarolik huquqi faniga tushmoqda. Mamlakatimiz mutaqillikga erishgandan buyon amalga oshirilgan iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish bilan bog`liq ilmiy tadqiqotlarni, dissertatsiyalarni juda katta qismi sivilist olimlar tomonidan amalga oshirildi. Bunga mulk huquqi, majburiyat huquqi, shartnoma intizomi, yuridik shaxslar huquqiy xolati, mulkiy javobgarlik bo`yicha amalga oshirilgan o`nlab ilmiy tadqiqotlarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Bu borada fuqarolik huquqi tomonidan erishilgan natijalar salmoqli ekanligini qayd etish bilan birga, fuqarolik huquqiy tadqiqotlar doirasi chegaralangangini qayd etish lozim. Gap shundaki fuqarolik huquqi ishtirokchilarni tengligi, mulkiy mustaqilligi va erk muxtoriyatiga asoslangan munosabatlarni tartibga soladi. Biroq iqtisodiy tizimda ushbu munosabatlar doirasiga kirmaydigan, biroq iqtisodiyotni rivojlanishida, boshqarishda muxim axamiyatga ega bo`lgan boshqacha munosabatlar guruxi xam mavjud. Bunday munosabatlar guruxiga tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat kontrol-nazoratini amalga oshirishda vujudga keladigan munosabatlar, tadbirkorlik subyektlarini ruyxatga olish, xisobaga qo`yish, litsenziyalar berish, turli imtiyoz va afzalliklar berish, monopolistik xarakatni cheklash, korporativ boshqarishni tashkil etish, soliq, bojxona va boshqa munosabatlar kiradi. Albatta bu munosabatlarni qisman ma`muriy huquq, bojxona huquqi, soliq huquqi, moliya huquqi xam o`rganishi mumkin. Biroq mamlakatimizdagi ushbu soxalar bo`yicha ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy islohotlar bilan bog`liq ravishda deyarli o`rganilmayotganligini e`tirof etish lozim. Soliq huquqi, bojxona huquqi milliy huquq tizimida endi endi shakllanib kelmoqda.

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash soxasida xo`jalik tadbirkorlik huquqi juda ulkan ishlarni amalga oshirishi mumkin edi. Biroq ushbu soxa deyarli rivojlanmayapti, bunda bir nuqtada depsinib turish xolati mavjud. Bunday vaziyatni ro`y berishi ushbu soxa mutaxasislari e`tiborsizligi va uquvsizligi natijasi emas. Balki ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ularni baholash, ilmiy darajalarni berish tartibidagi nomukammalliklar bilan bog`liq. Ma`lumki xo`jalik tadbirkorlik huquqi huquq fanlari turkumida 12.00.04 tartib raqamiga ega. Biroq ushbu ixtisoslik soxasi bo`yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega bo`lgan olimlar mamlakatimizda yo`q, fan nomzodalari esa barmoq bilan sanarli. Bunday xolatni vujudga kelishi olimlarni xo`jalik tadbirkorlik huquqi bilan shug`ullanishga xoxishi yo`qligidan dalolat bermaydi. Toshkent Davlat yuridik institutida bir necha yildan buyon ellikdan ortiq ushbu ixtisoslik bo`yicha magistrlar tayyorlandi va ularning xar biri magistrlik dissertatsiyalari yozdilar. Biroq ularning ilmiy tadqiqotlarni davom ettirgan qismi xo`jalik tadbirkorlik ixtisosligi bo`yicha emas, asosan fuqarolik huquqi va qisman jinoyat huquqi bo`yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirdilar. Demak bunda asosiy muammo xo`jalik tadbirkorlik huquqidan dissertatsiyalar ximoyasi bo`yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar mavjud emasligi bilan izoxlanadi. Ixtisoslashgan kengashlar tuzish uchun esa mutaxassislar kerak bo`ladi. Zoxiran qaraganda muammo yopiq xalqa doirasida qolganday, yechimi yo`qdek bo`lib tuyuladi. Biroq ko`pgina MDH mamlakatlarida buni osongina yechimi bor. Ma`lumki fuqarolik huquqi va xo`jalik tadbirokrlik huquqi turdosh tarmoqlar xisobalandi. Xo`jalik tadbirkorlik huquqi aslida fuqarolik huquqi tarkibidan ajralib chiqqan. Ba`zi sivilist olimlar xatto xo`jalik tadbirkorlik huquqini fuqaolik huquqini kichik soxasi deb xisoblaydilar. Gap xo`jalik tadbirkorlik huquqini mustaqil tarmoqligi yoki unday emasligida emas, gap bu o`rinda xo`jalik tadbirkorlik huquqini rivojlantirish, uni iqtisodiy islohotlardan huquqiy ta`minlash bo`yicha samarali ilmiy ishlanmalar beruvchi soxaga aylantirish ustida bormoqda. Agar xo`jalik tadbirkorlik huquqi-12.00.03. fuqarolik huquqi ixtisosligiga qo`shilsa va xo`jalik protsessi fuqarolik protsessi 12.00.04. shifrida aloxida ilmiy tadqiqotlar yo`nalishini tashkil etsa muammo muvafaqqiyatli xal etilgan bo`lur edi. Yuqorida ko`rsatganimizdek ba`zi MDH mamlakatlari shunday yo`l tutdilar. Mamlakatimizda xam bunday tajribani qo`llash asosida sivilistika fani doirasida xo`jalik tadbirkorlik huquqi bo`yicha olimlarni, fuqarolik protsessi ixtisosligi doirasida xo`jalik protsessi bo`yicha olimlarni tayyorlashga imkon bo`lur edi.

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash bo`yicha ilmiy ishlanmalar samaradorligini oshirishda muayyan zaxira imkoniyatlar talaygina. Birinchi galda dissertatsiya mavzulari tanlashda sinchkovlik va istiqbolni ko`ra bilish, dolzarb, muxim amaliy nazariy axamiyatga ega bo`lgan muammolar bilan bog`langan tadqiqotlarga qo`l urish aloxida axamiyatga ega. Dissertatsiya mavzulari nafaqat tadqiqotchining o`zini ilmiy raxbarini, balki barcha tegishli soxa olimlari diqqai e`tiborida bo`lishi, ular tomonidan qizg`in muxokama qilinmog`i, tadqiqot rejasi xar tomonlama ko`rib chiqilmog`i lozim. Mana shunda ayrim dissertatsiyadagilar kabi o`rta miyonalik, quruq bayonchilik xolatlariga barxam beriladi. Dissertatsiya darslik emas, ilmiy tadqiqot muayyan ilmiy muammoni yechimi ishlab chiqilgan ekanini unutmaslik lozim.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil iyun oyida qabul qilingan normativ huquqiy xujjatlarini amalga oshirish iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish soxasida xam, iqtisodiyotni boshqarish soxasida xam, tadbikorlarni huquqlari va qonuniy manfatlarini ximoya qilish soxasida xam yangi taraqqiyot yo`nalishlariga asos soladi. Bu esa huquqshunos olimlar oldiga ulkan vazifalar qo`yadi. Ular tadbirkorlarni huquqiy ximoya tizimini tashkiliy strukturasi, ximoya usullari va shakllarini huquqiy asoslari, bu borada moddiy huquqiy va protsessual huquqiy normalarning o`zaro nisbati, tadbirkorlar huquqlari buzilishini oldini olish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni undirish, tadbirkorlik subyekti faoliyati ustidan davlat nazorati asoslari, shakllari, tekshiruvchi organlar vakolatlari, tekshirishlar tartibi, tekshirishlarni qonuniyligi, xolisligi va maqsadga muvofiqligini ta`minlashning yuridik kafolatini yaratish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishlari talab etiladi. Albatta ushbu muammolar aloxida ilmiy tadqiqotlar uchun mavzu sifatida olinishi xam mumkin. Biroq fuqarolik huquqi bo`yicha, ma`muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik protsessi, soliq huquqi, bojxona huquqi bo`yicha tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar xam agar o`z tadqiqot mavzularini iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash muammolari bilan bog`lash mumkin bo`lsa, bunday imkoniyatdan albatta foydalanishlari shart.

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash muammolarini o`rganuvchi tadqiqotchilar amaliyotni chuqur va xar tomonlama o`rganishlari lozim. Afsuski barcha tadqiqotlar xam bunga amal qiladi deb bo`lmaydi. Bunga asosiy sabab faqat tadqiqotchilarni amaliyotga nopisandlik bilan qarashi, nazariy masalalar qobig`iga o`ralib qolganligida emas, balki ilm-fan va amaliyot o`rtasida bog`lanish tizimi zaifligidadir. Bugungi kunda aksariyat ko`pchilik tadbirkorlik subyektlari xususiy mulkka asoslanadi. Binobarin ma`muriy asosga ko`ra ularning faoliyatini o`rganish sotsiologik va boshqa tadqiqotlar o`tkazish ancha murakkab masala. Ko`pchilik tadbirkorlik subyektlari, tegishli davlat idoralari va xizmatchilari bunga xar doim xam qiziqish bilan qarayvermaydilar. Binobarin huquqshunos olimlar tomonidan iqtisodiyotni o`rganish, tegishli axborotlarni olish tartibini belgilab qo`yish va bunda tijorat sirlari va konfedensial axborotlarni sir saqlanishini ta`minlashga rioya qilish dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda.

Huquqshunos olimlar tomonidan olingan ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotda foydalanish tizimi xam takomillashtirishga muxtoj. Ko`p xollarda dissertatsiyalarda ilgari surilgan taklif va xulosalar faqat qog`ozlarda qolib ketmoqda. Extimol ilmiy ishlanmalar natijalari bo`yicha ma`lumotlar bazalarini, monitoringlarni tashkil etish to`g`risida o`ylab ko`rish lozim bo`lar edi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Oliy Xo`jalik Sudi, Bosh Prokuraturasi, Adliya Vazirligi xuzurida ilmiy maslaxat kengashlari doimiy faoliyat yuritadigan bo`lishi lozim.

Iqtisodiyotni tartibga soluvchi qonunlar iqtisodiy islohotlarni xar bir bosqichida tanqidiy taxlil etilishi, ularning muqobil variantlari loyixalari yaratilishini rag`batlantirish vaqti keldi. Turli olimlarning qonunlarning muqobil loyixalari ilmiy jurnallarda dadil e`lon qilinishi, internet saxifalariga joylashtirilishi maqsadga muvofiq bo`lur edi.

Iqtisodiyoni huquqiy tartibga solishning Konstitutsiyaviy tamoyillari


Ma`lumki O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqilgan va qabul qilingan shart-sharoitlarda mamlakat iqtisodiy rivojining strategik maqsadi ya`ni bozor munosabatlari tizimini shakllantirish va mustahkamlash aniq va ravshan belgilab qo`yilgan edi. Biroq ushbu iqtisodiy tizimni barpo etish yo`llari, davlat va iqtisodiyot o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlatni iqtisodiyotga huquqiy ta`sir ko`rsatish shakllari va vositalari xali mukammal ishlab chiqilmagan edi. Mana shunday sharoitda Konstitutsiyaning XII-bobi jamiyatni iqtisodiy negizi to`g`risida konstitutsyaviy normalarni o`zida mujassam etdi. Bugungi kunda ushbu normalar mazmunini taxlil etar ekanmiz, ularni nixoyatda zargarona aniqlik bilan belgilanganligi e`tirof etish lozim.

Eng avvalo, Konstitutsiyada O`zbekiston iqtisodiyotining strategik taraqqiyoti bozor munosabatlarini rivojlantirish ekanligi o`z ifodasi topganligini qayd etish lozim. Demak, bozor munosabatlari tizimi O`zbekiston Respublikasida legitim Konstitutsiyaviy maqomga egadir. Binobarin xokimiyatning barcha bo`g`inlari qabul qiladigan chora-tadbirlar, barcha qonunlar agar ular iqtisodiyot bilan bog`liq bo`lsa, albatta bozor munosabatlari tizimini rivojlantirish maqsadini ko`zlashi lozim. Iqtisodiy soxada ma`muriy buyruqbozlik usullarini yoki rejaga asoslangan diriktiv raxbarlikni ifodalovchi xar qanday chora tadbirlar albatta O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasiga zid keladi.

Mulkchilik munosabatlari xar qanday jamiyat iqtisodiy negizining asosida yotadi. Xuddi shu sababli xam Asosiy qonunimizda mulkiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qator Konstitutsiyaviy prinsiplar belgilab qo`yilgan. Birinchi galda O`zbekiston iqtisodiyoti negizini xilma xil shakllardagi mulk tashkil etishi belgilab qo`yilgan. Demak, bundan mamlakatimizda qandaydir mulk shaklini tanxo xukmron mavqe`ga ega bo`lmasligi to`g`risida xulosa chiqarish mumkin. Bu o`rinda Konstitutsiyada mulk shakllari sanab chiqilmaydi, ularning ro`yxati belgilab qo`yilmaydi. Bu esa kelgusida istiqbolda vujudga kelishi mumkin bo`lgan u yoki bu mulk shakllariga to`siqlar qo`yish istisno etilishini anglatadi. Konstitutsiyada shuningdek barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jixatdan bab-baravar ximoya etilishi kafolatlanishi to`g`risida Konstitutsiyaviy prinsip o`z ifodasini topgan. Ushbu prinsip shunchaki deklarativ xarakterga ega bo`lmasdan, keyinchalik fuqarolik qonunlarida yanada rivojlantirildi va muayyanlashtirildi. Davlat – mulkdor, davlat mulki ya`ni ommaviy mulk mulkning aloxida shakli xisoblanadi. Biroq davlat na siyosiy xokimiyat subyekti sifatida, na qonun chiqarish xokimiyatini soxibi sifatida o`z mavqe`idan foydalangan xolda ommaviy mulk uchun aloxida imtiyozli xolatni belgilab bermaydi. Aksincha barcha mulk shakllarining teng huquqligi va huquqiy jixatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolati sifatida namoyon bo`ladi.

Konstitutsiyada shuningdek mulk shakllari orasida xususiy mulk shakli to`g`risida aloxida so`z yuritiladi. Bir qarashda Konstitutsiyaning 53-moddasining birinchi qismi va 53-moddasi ikkinchi qismi orasida ziddiyat bordek tuyuladi. Agar 53-moddaning birinchi qismida barcha mulk shakllarining teng huquqligi rasman bayon etilsa, 53-moddaning ikkinchi qismida esa mulk shakllari ichida xususiy mulkka aloxida e`tibor beriladi. Aslini olganda bunday ziddiyat mavjud emas. Chunki garchi xususiy mulk aloxida ta`kidlab ko`rsatilsa xam, Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismi barcha mulk shakllari uchun ta`sir kuchiga ega. Shu bilan birga xususiy mulkka aloxida urg`u berilgani bejiz emas. Chunki Konstitutsiya qabul qilingunga qadar xususiy mulk amalda to`la qonli huquqiy maqomga ega bo`lmagan. Aksincha, nisbatan yaqin o`tmishda u qoralanib, yuridik jixatdan qonundan tashqari deb e`lon qilingan. Boshqa jixatdan olganda esa, aynan xususiy mulk erkin raqobat va shartnomalar erkinligi bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy shartidir. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tadbirkorlar o`z mol mulklariga ega bo`lishi lozim. Davlat mulki, ommaviy mulk o`zining aloxida tayinlanish maqsad-vazifalariga ega. Bu vazifalar davlatning o`ziga xos funksiyalari, ya`ni mudofaa, xavfsizlik, sotsial funksiyalar, davlatni normal faoliyatini tashkil etish va shu kabilar bilan uzviy bog`liq. Binbarin iqtisodiyotda xususiy sektor subyektlari tadbirkorlikni asosiy sube`ktlari sifatida namoyon bo`lishi tabiiy. Bundan esa, xususiy mulkni jamiyat iqtisodiy negizini rivojlantirishda, bozor tizimi va tadbirkorlikni taraqqiy etishida asosiy moddiy-mulkiy manba bo`lishi to`g`risida xulosa kelib chiqadi. Demak, qonun chiqaruvchi Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi qismida xususiy mulkka urg`u berishi xar jixatdan o`rinli va maqsadga muvofiq bo`lgan. Navbatdagi Konstitutsiyaviy prinsip mulk daxlsiziligi bilan bog`liq. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan xollarda va tartibdagina mulkidan maxrum etilishi mumkin. Fuqarolik Kodeksida va boshqa qator qonunlarda mulk huquqini bekor bo`lish asoslari va tartibi batafsil belgilab qo`yilgan. Mulkdor xar qanday xolatda emas, balki o`zining g`ayrihuquqiy xarakatlari yoki jamiyat manfaatlari taqozosiga ko`ra, muayyan cheklangan xolatlardagina o`z mol mulkidan maxrum etilishi mumkin.

Asosiy qonunimizda mulk huquqini mazmuni va mulkdor vakolatlarini amalga oshirish chegarasi belgilab qo`yilgan. Mulkdor vakolatlari eng avvalo o`z mol mulkiga o`z xoxishiga ko`ra egalik qilish,foydalanish, tasarruf qilishda namoyon bo`ladi. Biroq mulkdor vakolatlari mutlaqo chegarasiz emas. Mulkdor o`z mol mulkidan foydalanish jarayonida ekologik muxitga zarar yetkazmasligi, boshqa subyektlarni huquqlari xamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

Konstitutsiyada jamiyat iqtisodiy negizlari bilan bog`liq yana bir prinsip bu - iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish ekanligi prinsipi xisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat erkinligining moxiyati shundan iboratki fuqarolar va yuridik shaxslar qonunlarda ta`qiqlanmagan xar qanday iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishlari mumkin. Ushbu iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchisi tomonidan foyda olish maqsadi ko`zda tutilsa tadbirkorlik faoliyati xisoblanadi. Agarda bunday maqsadni ko`zlamasa xayriya, birgalikdagi faoliyat va shu kabi ko`rinishlarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi fuqaro yoki tijorat yuridik shaxsiga qonunda ta`qiqlanmagan xar qanday faoliyat soxasi bo`lsa tadbirkorlikni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq xar qanday iqtisodiy faoliyatni, tadbirkorlikni va mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xar bir subyekt o`z faoliyati natijalaridan baxramand bo`luvchi iste`molchilar huquqi ustunligini unutmasliklari lozim. Bozor sharoitida xar qanday mehnat faoliyati, tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiy faoliyat pirovard natijasi iste`molchilarning muayyan extiyojlarini qanoatlantirish xisobalandi. Binobarin ushbu tamoyilni davlatni iqtisodiyotini tartibga solishda qat`iy amalga oshirish shart bo`lgan o`ziga xos Konstitutsiyaviy prinsip sifatida e`tirof etish o`rinli bo`lur edi. Yuqoridagi Konstitutsiyaviy prinsiplar iqtisodiyotni tartibga soluvchi xar qanday qonunlar va normativ xujjatlar mazmunida yotuvchi asosiy raxbariy qoida bo`lib qolishi, ularni Konstitutsiyaga to`liq muvofiqligini ta`minlovchi asosiy yuridik shart xisoblanadi.


Iqtisodiy islohotlar huquqiy asoslari rivojining yangi bosqichi
Ma`lumki iqtisodiyotni huquqiy asoslarini mustahkamlash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, huquqiy ximoya tizimini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmonlar va qarorlar favqulodda muhim axamiyatga ega. Bu o`rinda xech qanday mubolag`aga yo`l qo`yilgani yo`q. To`g`ri, huquqiy demokratik davlatda huquq normasi bilan tartibga solinishga muxtoj bo`lgan ijtimoiy munosabat oliy yuridik kuchga ega bo`lgan xujjat – qonunlar bilan tartibga solinmog`i maqsadga muvofiq, chunki qonunlarda adolatli, xolis va samarali ishlaydigan yechimlar o`z ifodasini topadi degan fikr muloxaza keng tarqalgan. Uning tarafdorlari qonun osti xujjatlarida umummilliy manfaatlardan ko`ra mahkamaviy manfaatlar ustuvor bo`lib qolishi mumkinligidan xavotir bildiradilar. Vazirliklar va boshqa idoralar tomonidan qabul qilinadigan xujjatlarda bunday xavotirlik ba`zi xollarda muayyan asosga ega. Biroq qonun osti xujjatlari ichida Prezident farmonlari o`zining yuqori saviyasi bilan ajralib turadi. Garchi Konstitutsiyaning 94-m.ga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib xamda ularni ijro etish yuzasidan farmonlar, qarorlar chiqarishi belgilab qo`yilgan va binobarin ular qonun osti xujjatlarini bir turi bo`lsa xam, ularning moxiyati va mazmuni aloxida o`zgacha axamiyat kasb etishini e`tirof etish lozim.

Birinchidan, Prezident tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar xar qanday maxkamaviy manfaatlardan xoli, umummilliy manfaatlarni qat`iy va izchil ifodalaydi va ularni ximoya qiladi;

Ikkinchidan, ushbu normativ xujjatlar iqtisodiyotdagi og`riq nuqtalar, mushkul muammolarni xal etishga qaratiladi. Albatta ushbu muammolar qonunlar orqali xam xal etilish mumkin va ba`zan shunday bo`ladi xam. Biroq qonunlarni ishlab chiqish, muxokama qilish va qabul qilish anchayin murakkab jarayon. Ushbu jarayon bir necha oylar davom etadi. Iqtisodiyotdagi vaziyat esa ba`zan muammoni zudlik bilan xal etishni, subyektlarni muayyan xarakatlarini sodir etishga yo`naltirishni talab etadi. Mana shunday xolatda Prezident normativ xujjatlari beqiyos axamiyatga ega bo`ladi. Bir vaqtlar xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari eng yuqori darajaga ko`tarilganda Prezident farmoni orqali oldindan xaq to`lash, xaridorni to`lovga layoqatini tekshirish tartibi belgilab qo`yilganligi, veksellar bilan xar xil suiste`molliklar sodir bo`lib, ba`zi korxonalarda xatto ish xaqi xam veksellar bilan berila boshlanganda Prezident farmoni bilan aval veksel joriy etilishi qanday xaloskorlik vazifasini bajarganligi barchamizning yodimizda. Xolbuki bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.

Uchinchidan, Prezedent qabul qiladigan normativ xujjatlar mazmuni davlat raxbarining shaxsi, aqliy saloxiyati bilan xam uzviy bog`liq ekanligini unutmaslik lozim. Mamlakatimiz raxbari barcha tub iqtisodiy isloxatlarning tashabbuskori, uning strategiyasi va taktikasini ishlab chiquvchisi bo`lgan O`zbekistonda Prezident normativ xujjatlari ularni amaliy dastaklari sifatida namoyon bo`lmay iloji yo`q. Shu ma`noda Prezident farmonlari iqtisodiyotni tartibga soluvchi normativ xujjatlar tizimida o`zining ijodiy yangi yechimga egaligi, yuqori samaradorligi, taraqqiyot sarxadlarini doimiy ravishda kengaytirib borishi bilan ajralib turadi. Prezident farmonida ilk marotaba o`z ifodasini topgan normativ yechimlar keyinchalik huquq-tartibot tizimini, qonunlarni tarkibiy qismiga aylanib qolganligi bejiz emas. Masalan, yerga nisbatan ilk xususiy mulkchilik, fermer xo`jaliklarini xususiy korxona sifatidagi moxiyatini ochib berish, xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, aksiyadorlar jamiyatini yirik ishlab chiqarishni tashkiliy-huquqiy shakli sifatida qo`llash lozimligining huquqiy asoslari dastlab Prezident farmonlarida ilgari surilgan edi. Prezident normativ xujjatlarning o`ta yuqori sifati va yuksak samaradorligi, iqtisodiy isloxatlarni yangi yo`nalishlarni, yangi ufqlarini ochib borishi yurisprudensiya fanida o`ziga xos fenomen sifatida tadqiq etilmog`i lozim. Bu soxadagi tajriba boshqa qonun osti xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish soxasi uchun muayyan darajada foydali bo`lishi mumkin.

Prezidentimizning iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishdagi yetakchilik mavqei u tomonidan 2005 yil iyun oyida chiqarilgan normativ xujjatlarda yana xam yaqqol namoyon bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil 14 iyunda chiqarilgan "Bozor isloxatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" farmoni, 2005 yil 14 iyunda "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida" farmoni chiqarildi, 2005 yil 15 iyunda "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan xisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to`g`risida" Qarori qabul qilindi. 2005 yil 21 iyunda "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" farmoni, 2005 yil 24 iyunda "Tadbirkorlik subyektlarining xo`jalik soxasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirish to`g`risida" farmoni chiqarildi.




Download 147,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti