Iqtisodiy islohotlar. Xususiy mulkchilikning shakillanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi
Reja:
1. Iqtisodiyoni huquqiy tartibga solishning Konstitutsiyaviy tamoyillari
2. Iqtisodiy islohotlar huquqiy asoslari rivojining yangi bosqichi
3. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda yetakchi huquqiy manba
Xar bir huquqiy xujjat o`z moxiyatiga ko`ra bir-birlari bilan uzviy bog`liq va yagona pirovard maqsad – mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarni huquq va manfaatlari kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Yuqori darajada rivojlangan xar bir jamiyatda xar bir inson, xar qanday korxona, muasasa, tashkilot o`z faoliyatini huquq normalari asosida tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlari huquqlari va burchlari oqilona qonuniy asoslarini yaratish mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining muxim sharti xisoblanadi. Xuddi shu sababli xam Prezidentimiz farmonida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi barcha huquqiy xujjatlarni qayta ko`rib chiqish, ularni iqtisodiy isloxatlarning maqsad, vazifa va asosiy ustuvor yo`nalishlaridan kelib chiqqan xolda shakllantirish va eng asosiysi ularni shunchaki quruq bayonnoma bo`lmasdan xayotda amalda qo`llanishini, ishlashini ta`minlash mexanizimini yaratish vazifalari qo`yilgan.
Ma`lumki, bozor munosabatlarini shakllantirish va mustahkamlash jarayonida davlat bosh isloxatchi rolini o`ynaydi. Davlat nafaqat iqtisodiyotni huquqiy asoslarini yaratadi, balki uning ijrosini ta`minlaydi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ishtirokchilari o`z majburiyatlarini bajarishlari ustidan davlat idoralari nazorati amalga oshiriladi. Biroq bunday nazorat qonun doirasida va qonun asosida bo`lmog`i shart. Ayrim mansabdor shaxslar bundan o`z g`arazli maqsadlarida yoxud suiste`molliklar yo`lida foydalanmasliklari lozim. Xuddi shu sababli nazorat organlarining raxbarlari tadbirkorlik subyektlarini o`z vakolatlari va nazorat soxasi doirasidan tashqari masalalar bo`yicha xar qanday tekshiruvlar o`tkazganligi uchun shaxsan javobgarligi belgilab qo`yildi. Endilikda qanday davlat idorasi bo`lishidan qat`iy nazar tadbirkorlik subyektlarini xuda-bexudaga tekshirish xolatlariga barxam beriladi. Ayniqsa bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralari (prokuratura, ichki ishlar, milliy xavfsizlik organlari) vakolatlari jiddiy chegaralab qo`yildi. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini rejadan tashqari tekshirishga asos bo`lib:
yo huquqni muhofaza qiluvchi idorani qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tekshirishni tayinlash to`g`risidagi qarori;
yoxud shunday tekshirishlarni o`tkazish to`g`risida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha maxsus vakolatli organning qarori xisoblanadi.
Ko`p xollarda qo`zg`atilgan jinoyat ishi tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bevosita bog`lanmagan, boshqa subyekt faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday xolda faoliyati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan subyekt bilan tadbirkorlik subyekti o`zaro munosabatda bo`lgan bo`lsagina, yuqoridagi asoslardan biri mavjud bo`lsa va o`sha o`zaro munosabatlar doirasidagina muqobil tekshirishga yo`l qo`yiladi.
2005 yil iyun oyida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar iqtisodiy isloxatlarni huquqiy ta`minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish soxasida o`ziga xos yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu bosqichning moxiyati tadbirkorlar bilan davlat organlari, mansabdor shaxslar o`rtasida o`zaro ishonch, xayrixoxlik va xolislikka asoslangan o`zaro munosabatlar tartibini, tizimini joriy etishda yaqqol ko`rinadi. Albatta, bunday tizim, tartib birdaniga shakllanmaydi. Bozor munosabatlariga o`tishning ilk bosqichlarida tadbirkorlikni huquqiy asoslari zaif bo`lgani, tadbirkorlar faoliyati bo`yicha davlat nazorati yo`lga qo`yilmagani xech kimga sir emas. O`sha davrda asosiy vazifa korxonalar o`rtasida ma`muriy asosda joriy etilgan xo`jalik aloqalarini izdan chiqishi sharoitlarida iste`mol bozorini to`ldirish edi. Bozor munosabatlarini rivojlantirib borgan sayin tadbirkorlik faoliyatini qonun asosida tashkil etish, bunda davlat nazorati tartibi joriy etishga zarurat tug`ildi. Gap shundaki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirilishida tadbirkorlar bilan davlat organlari, tadbirkorlar va iste`molchilar o`rtasida o`ziga xos munosabatlar turkumi vujudga keladi.
Davlat idoralari tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli qonunlarga rioya qilinishi, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar o`z vaqtida va to`g`ri xisob-kitoblar asosida to`lanishi va tovarlar, ishlar, xizmatlar yuqori sifatli bo`lishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlariga o`tish bosqichlarida tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati nisbatan doimiy va qattiq ko`rinishga ega bo`ladi. Buning sababi shundaki xali doimiy professional tadbirkorlar qatlami vujudga kelmagan, demakki tadbirkorlik subyekti muayyan faoliyat bilan uzoq muddat muntazam shug`ullanmaganligi sababli o`z faoliyatini mukammal, miridan sirigacha egallab olmagan, belgilangan tartib qoidalarni xam puxta bilmasligi sababli bilib-bilmas xar xil qoidabuzarliklarga yo`l qo`yishi mumkin. bunday sharoitda doimiy va qattiq nazorat tadbirkorlik subyektlarida ma`suliyat tuyg`usini oshiradi, qoidabuzarliklarni o`z vaqtida bartaraf etilishiga xizmat qiladi, tadbirkorlik majburiyatlarini o`z vaqtida va tegishli darajada bajarilishini ta`minlaydi. Muayyan davrlarda ushbu tartibni qattiqroq bo`lishi talab etildi. Bunda asosiy maqsad tadbirkorlarni qonun talablariga qat`iy rioya qilishi, sheriklar va iste`molchilar manfaatlarini xurmat qilish, xisobot va moliya intizomini tegishli darajada bajarishga o`rgatish, xar xil suiste`molliklar va huquqbuzarliklardan saqlanish ko`nikmasini vujudga keltirish edi. Ushbu vazifa bugungi kunda deyarli bajarildi. Xuddi shunday sharoitda avvalgi tartibni saqlab qolish maqsadga muvofiq emas edi. Ushbu tartibni soddalashtirish, tadbirkorlarni nazorat-tekshiruvchi organlarga bog`liqligini eng minimal darajaga keltirish talab etilar edi. Tadbirkorlik – bu eng avvalo tashabbus ko`rsatib ishlash xisoblanadi. Demak, tadbirkor xadeb davlat amaldorini qosh-qovog`iga qarashi, unga xisob berishi uni xam tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni bajarish, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishidan chalg`itadi, xam tashabbus va mustaqillikni bo`g`adi. Albatta bunday qattiq nazorat va xisobotlar tartibi kichik biznes subyektlari uchun ayniqsa zararlidir. Chunki kichik biznesda tadbirkorlik yo yakka tadbirkor yoxud 15-20 kishidan iborat mikrofirmalarda amalga oshiriladi. Bunda bir shaxsning o`zi xam direktor, xam buxgalter, xam huquqshunos, xam ta`minotchi vazifalarini bajaradi. Uning ish vaqtining xar daqiqasi oltindan qimmat. Endilikda kichik biznes subyektlari o`z tadbirkorlik faoliyatini yanada to`laqonli va samarali tashkil etish imkoniga ega bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil iyul oyida qabul qilingan normativ xujjatlarning xar biri o`z ta`sir doirasi bo`yicha mamlakatimiz iqtisodiyotini va tadbirkorlik faoliyatini rivoji uchun juda katta qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Ularning xar biri mazmuni, beradigan samarasi xaqida mutaxasislar va tadbirkorlar ommaviy axborot vositalarida to`la va chuqur mazmunli chiqishlar qildilar, fikr-muloxazalar bildirdilar. Ularga to`liq qo`shilgan xolda ushbu normativ xujjatlarni axamiyatini faqat shular bilangina cheklanmasligini qayd etish lozim.
Eng avvalo ushbu normativ xujjatlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni qat`iy va izchillik bilan amalga oshirilishiga bo`lgan ishonchni mustahkamladi. Tadbirkorlarni huquqiy ximoya tizimini samarali ishlashiga huquqiy kafolat yaratdi.
Va nixoyat iqtisodiyotda va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda qonunlarga aniq va og`ishmay rioya qilish jarayonini mustahkamladi. Masalan, agar ilgari tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar deb atalmish choralarni ko`p xollarda yuridik ma`lumotga ega bo`lmagan tekshiruvchi organlar xodimlari qo`llagan va bunda ba`zan bilib-bilmay qonunlarni qo`llashda xatoliklar ro`y bergan bo`lsa, endilikda ularni faqat sud qo`llaydi va bu xolat esa qonuniylik, xolislik va adolatni ta`minlashga xizmat qiladi.
2005 yil 5 oktabrda "Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqarildi. Ushbu farmon davlat raxbari tomonidan shu yil iyun oyida chiqarilgan normativ huquqiy xujjatlarni mantiqiy davomi bo`ldi. Chunki bunday farmonni qabul qilish to`g`risida norma O`zbekiston Respublikasi Prezidentini 2005 yil 14 iyunda chiqargan "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risidagi" Farmonining 4-5 bandlarida nazarda tutilgan edi.
Endilikda mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklarining moliyaviy xo`jalik faoliyatini xar 4 yilda ko`pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa xar 3 yilda ko`pi bilan bir marta reja asosida moliyaviy xo`jalik faoliyatini tekshirishga yo`l qo`yiladi. Ilgarigi tartibga ko`ra esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan reja asosida maxsus vakolatli idora qaroriga ko`ra bir yilda bir marta tekshirish mumkin edi. (Agarda tadbirkorlik subyektlari soliq va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida va to`liq xajmda to`lagan bo`lsalar, tegishli qoidalarga rioya qilgan bo`lsalar va yillik auditorlik xulosalari mavjud bo`lsa, ikki yilda bir marta tekshirish o`tkazish mumkin edi.)
Ma`lumki tadbirkorlik subyektini moliyaviy xo`jalik faoliyatini tekshirish tadbirkorni o`zining asosiy faoliyatidan chalg`itadi. U muayyan vaqt davomida (tekshirish bir oygacha davom etishi mumkin.) tekshiruvchilarga xujjatlar taqdim etish, savollariga javoblar va izoxlar berish, ularni qosh-qovog`iga qarab turishga majbur bo`ladi. Tadbirkorlik tashabbus ko`rsatib, tavakkalchilik bilan ishlash demakdir. Xar xil tekshirishlar eng avvalo tashabbusni va tavakkalchilik tuyg`ularini keskin so`ndiradi. Xuddi shu sababli xam rejali tekshirishlarni keskin qisqartirilishi tadbirkorlik subyektlari uchun erkinliklar doirasini kengaytiradi va qulayliklar vujudga keltiradi.
Farmonda ko`rsatilishicha yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklarining moliyaviy xo`jalik faoliyatini ular davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirishga yo`l qo`yilmaydi. Demak ular bemalol va xotirjam ravishda o`zlarining kuch g`ayrat va e`tiborlarini xo`jalik ishlab chiqarish faoliyatlariga qaratishi mumkin.
Bir necha tumanlarda, turli xududlarda o`zining ishlab chiqarish binolari, savdo va xizmat ko`rsatish shaxobchalariga ega bo`lgan boshqacha aytganda, tarkibiy bo`linmalari turli xududlarga sochilib ketgan xo`jalik yurituvchi subyektlar uchun o`ziga xam xos qulayliklar yaratildi. Endilikda xududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlarda ro`yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko`rsatiladigan joydan qat`iy nazar ularning moliyaviy xo`jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishga yo`l qo`yilmagan xolda tadbirkorlik subyekti ro`yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Demak bunda bu tuman xududidagi ishlab chiqarish bo`linmasiga bir kuni, boshqa tuman xududidagi ishlab chiqarish bo`linmasiga boshqa kuni tekshiruvchilar kelib tekshirishlar o`tkazish xollari istisno etiladi.
Tadbirkorlik subyektini nafaqat tekshirishlarni o`tkazish jarayoni, balki ko`proq tekshirishlarni yakuni tashvishga soladi. Ilgari tekshirishlar bo`yicha aniqlangan kamchiliklarni tuzatish majburiyati tadbirkorga yuklangan xolda yana buning ustiga kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun tadbirkorning o`ziga nisbatan xam moliyaviy jazo choralari qo`llanilar edi. Bu esa bir huquqbuzarlik uchun ikki jazo kabi nomaqbul tartibni keltirib chiqaradi. Endilikda farmonda ko`rsatilganidek tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo`yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda to`la xajmda qoplagan, shu jumladan penyani to`lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo`llanilmaydi. Bunday norma tadbirkorlik subyekti tomonidan kamchiliklarni yashirishga xarakat qilish yoki tekshiruvchilar bilan "o`zaro til topish"ga urinishlari uchun xech qanday sabab va asos qoldirmaydi.
Farmonda tekshiruvchi organlar ma`suliyatini kuchaytirish bo`yicha xam qator choralar belgilandi. Nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo`jalik faoliyatiga noqonuniy aralashganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararni o`rni qoplangan xolda intizomiy, ma`muriy va xatto jinoiy javobgarlikka tortiladilar. (masalan, o`z xizmat vakolatlardan tashqari chiqib, suiste`mol qilganlik, o`z xizmat burchiga nisbatan sovuqqonlik qilganlik va shu kabilar.)
Farmonga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va o`tkazish borasida belgilangan tartibga qat`iy rioya etish, tadbirokrlik subyektlarining huquq va manfaatlarini ximoya qilish yo`lidagi faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish majburiyati yuklatilgan.
Farmonnnig yana bir muxim jixati shundan iboratki endilikda rejali tekshirishlar jadvallari va muddatlari mansabdor shaxsni o`z xoxishiga ko`rsa emas, balki aniq asoslangan tamoyillar asosida tuziladi. Bunda albatta tadbirkorlik subyektini faoliyat turi, mulkchilik shakli, tuzilmalar tarkibi, boshqarish tartibi kabilar xisobga olinadi. Masalan, qishloq xo`jalik korxonalari xo`jalik faoliyati qizg`in bo`lgan davrlarda (bahorgi ekish, ekinlarni parvarish qilish, xosilni yig`ib-terish va shu kabi) davrlarda tekshirishga yo`l qo`yilmaydi.
Ushbu farmonda rejadan tashqari tekshirishlar o`tkazishga ruxsat berish faqat qonunda belgilangan asoslarda, favqulotda xolatlarda yo`l qo`yilishi ko`rsatildi. "Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risidagi" qonunning 12-moddasiga ko`ra rejadan tashqari tekshirishlar quyidagi xollarda o`tkazilishi mumkin:
agar tekshirish o`tkazish zaruriyati O`zbekiston Respublikasi Xukumati qaroridan kelib chiqsa;
nazorat qiluvchi organga xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun xujjatlari buzilganligi to`g`risida qo`shimcha ma`lumotlar kelib tushganda (yumaloq xatlar, anonim arizalar xisobga olinmaydi.);
favqulotda vaziyatlar yuzaga kelinishining oldi olinayotganda;
sanitariya-epidimologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo`shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi extimoli vujudga kelganda. Bundan tashqari xech qanday xolatda tekshirishga yo`l qo`yilmaydi.
Yuqoridagi chora tadbirlar tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklar doirasini yanada kengaytiribgina qolmasdan, balki ular uchun qulay shart-sharoitlar xam vujudga keltiradi. Davlat-tadbirkor o`rtasidagi munosabatlarda tadbirkorga nisbatan ishonch va xayrixoxlik munosabatlari mustahkamlanayotganligan dalolat beradi.
Prezident tomonidan chiqarilgan huquqiy xujjatlar tadbirkorlikni tartibga soluvchi qonun xujjatlarini qayta ko`rib chiqish, yangilash jarayonini xam boshlab berganini aloxida qayd etmoq lozim. Prezident huquqiy xujjatlarida iqtisodiyot soxasidagi qonunlarni takomillashtirishda dasturilamal bo`lishiga loyiq konseptual g`oyalar mavjud. Ushbu huquqiy xujjatlar mazmunidan quyidagi tamoyillarni ilg`ab olish mumkin:
tadbirkorlik faoliyatini umumiy huquqiy asoslarini belgilashda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishni davlat siyosati darajasiga ko`tarish, mumkin qadar tadbirkorlar huquq va erkinliklari doirasini kengaytirib borish;
tadbirkorlar ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tartibini belgilaganda tadbirkorlarga xayrixoxlik, xolislik va faoliyatiga xalaqit bermaslik maqsadini ko`zlagan xolda munosabatda bo`lish;
tadbirkorlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etish xollarida ularga nisbatan kechirimli bo`lish, huquqbuzarlik oqibatlarini tugatishga yordam berish, yetkazilgan zararlarni to`lagan xollarda jazoni qo`llamaslik moliyaviy sanksiyalar xajmini oqilona miqdorlarda belgilash ularni qo`llash asoslarini aniq belgilab qo`yish;
tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun osti xujjatlari, ayniqsa maxkamaviy xujjatlarni qisqartirib borish, ularni tizimga solish, ular o`rtasida qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish;
tadbirkorlar huquqlarini sud orqali ximoya qilish tartibini mustahkamlash, xo`jalik sudlari, umumiy yurisdiksiyali sudlar bilan bir qatorda ma`muriy sudlar xakamlik sudlarini joriy etish va ular faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish.
Qat`iy ishonch bilan ta`kidlash joizki O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil iyun oyida qabul qilingan normativ xujjatlarga aniq va qat`iy rioya qilish nafaqat tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga imkon beribgina qolmasdan,balqi iqtisodiy isloxatlarni tub mazmunini o`zgartiruvchi huquqiy asos, sud-huquq tizimini takomillashtirib sifat jixatdan yangi bosqichga ko`taruvchi yuridik zamin xizmat qiladi.
1.4.§ Davlat bosh islohotchi
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so`ng uning oldida ma`muriy buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlari tizimiga o`tish uchun iqtisodiy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish vazifasi ko`ldalang bo`ldi. Bunday islohotlarni amalga oshirish strategiyasi va taktikasi prezidentimiz tomonidan ishlab chiqildi, uning asosiy g`oyasi iqtisodiy islohotlarni davlatni bosh islohotchi sifatida ta`sir kuchidan foydalangan xolda huquqiy maydonda amalga oshirish edi. Agar ma`muriy buyruqbozlik tizimida davlat yagona mulkdor barcha korxonalarning egasi sifatida ma`muriy vositalar va plan orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish imkoniyati mavjud bo`lsa, bozor tizimiga o`tish davrida yuqoridagi usullar bozor tizimiga zid bo`lganiligi sababli davlat yuqoridagi vositalardan foydalana olmasligi aniq ravshan edi. Ma`lumki bozor tizimi xususiy mulk, tadbirkorlik, erkin raqobat va iste`molchilar huquqlarini ustuvorligiga asoslanadi. Bunday tizimni joriy etish uchun esa siyosiy xokimiyat sohibi bo`lgan davlat yagona mulkdor sifatida iqtisodiyotda xukmronlik mavqeidan voz kechishi talab etiladi. Bir qarashda bunda ziddiyatli vaziyat vujudga keladi. Bir tomondan davlat iqtisodiyoti bozor tizimini shakllantiruvchi bosh islohotchi. Ikkinchi tomondan iqtisodiyotda davlatni yakka xukmdorligini cheklab tadbirkorlik subyektlarini erkin va mustaqil faoliyat yuritishini ta`minlovchi kuch sifatida maydonga chiqishi talab etilgan. Davlat ushbu muammoni xal etishda qonun kuchida bozor tizimiga mos uni maqsadga muvofiq yo`naltiruvchi huquqiy xujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, uni amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish vakolatlaridan g`oyat maxorat bilan foydalandi. Bozor tizimi huquqiy asoslari eng avvalo O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o`z ifodasini topgan. Unda iqtisodiy tizim bozor munosabatlariga asoslanishi belgilab qo`yilgan. Keyinchalik bozor munosabatlarini asosiy omili bo`lgan Fuqarolik Kodeksi qabul qilingan va bu bozorning huquqiy asoslarini uzil kesil ta`minlab berdi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirildi. Davlat izchillik bilan mulkni o`z egalariga haqiqiy tadbirkorlarga bera boshladi. Boshqa MDH davlatlarida bo`lganidek, bunda birdaniga va birvarakayiga qandaydir vaucherlar orqali xususiylashtirilmasdan, aniq maqsadli va ko`p bosqichli xususiylashtirish jarayoni belgilab chiqildi. Kichik xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat turar joy fondida ijaraga turgan fuqarolar tekin yoki ramziy xaq evaziga ko`chmas mulk egalariga aylandilar. Avval kichik va o`rta korxonalar ishbilarmon tadbirkorlar qo`liga o`tdi. Mamlakatda mulkchilik munosabatlarini jiddiy o`zgarishi xususiy mulk mavqeini mustahkamlanishiga, mamlakatda mulkdorlar sinfi qatlamini vujudga kelishi uchun zamin yaratilishi uchun asos bo`ldi. Xususiy mulkdorlar huquqlari kengaytirildi va ularni amalga oshirish uchun yuridik kafolatlar belgilab qo`yildi.
Davlat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirar ekan birinchi galda iqtisodiyotga raxbarlik qilish usullarini xam o`zgartirdi. Sovet davridan meros bo`lib o`tgan iqtisodiyotni xar xil tarmog`iga muayyan vazirlik orqali idora qilish prinspidan voz kechildi. Juda ko`p vazirliklar, davlat qo`mitalari tugatildi. Bu esa o`sha tarmoqdagi tadbirkorlik subyektlarini erkinligi va mustaqilligini kengaytirdi, ularni byurokratik apparat iskanjasidan xalos qildi. Muayyan tarmoq korxonalari o`z faoliyatlarini o`zaro muvofiqlashtirish uchun assosatsiyalar va konsernlar tuzdilar. Vazirliklardan farqli ravishda ular korxonalar erkinligi va mustaqilligini saqlagan xolda o`zaro birlashib faoliyat yuritishlariga xam sharoit yaratib berildi.
Ma`muriy buyruqbozlik tizimida davlat moddiy-texnika, xom ashyo, yoqilg`i, energetika resurslarini taqsimlovchi mexonizm vazifasini xam bajarar edi. Bunda aniq belgilab qo`yilgan baholar, limitlar, fondlar orqali ish ko`rilar va byurokratik apparat tomonidan xar xil suiste`molliklar sodir bo`lish uchun zamin mavjud edi. Iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu davlat taqsimi mexonizmiga barxam berildi. Uning o`rniga ulgurji savdo bozori vujudga keltirildi va unga muvofiq infratuzilmalar yaratildi. Ushbu infratuzilmalar tizimida birjalar, yarmarkalar yetakchi mavqeni egalladilar. Barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar birjalar va yarmarkalar orqali mavjud mablag`larga ega bo`lgan xolda o`zlariga zarur xom ashyo, energiya, yoqilg`i va moddiy texnika vositalarini sotib olish imkoniga ega bo`ldilar.
Iqtisodiy islohotlar jarayonida bank, moliya, kredit soxasida judda katta ishlar amalga oshirildi. Xususiy tijorat banklari vujudga keldi. Ular faoliyatining huquqiy asoslari belgilab qo`yildi. Tadbirkorlik subyektlariga xam, axoli uchun xam pul operatsiyalarini amalga oshirish o`z extiyojlari uchun kreditlar olish imkoniyatlarini ta`minlab berdi.
Iqtisodiy islohotlar tashqi iqtisodiy aloqalar soxasida xam izchillik bilan amalga oshirildi. Xar bir xo`jalik yurituvchi subyekt xorijiy sheriklar bilan iqtisodiy aloqalar o`rnatish imkoniga ega bo`ldilar, ularni dunyo bozoriga chiqishi, jaxon bozoridagi konyunkturani o`rganishi, raqobat muxitini o`rganishi tadbirkorlik subyektlarimiz uchun yangi texnika, texnologiyalar beradigan avfzalliklarni anglab yetishga imkon berdi. Bu esa O`zbekistonni yaqin kelajakda dunyo bozorida xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, tayyor maxsulot yetkazib beruvchi mamlakatga aylanishiga imkon beradi.
Iqtisodiy islohotlar soxasida eng katta yutuq bu O`zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini xukmdor mavqega ega bo`lganligi, tadbirkorlar sinfini shakllantirilganligi xisoblanadi. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari tashkiliy huquqiy shakllarini huquqiy maqomi aniq belgilab qo`yilgan. Bugungi kunda xususiy korxonalar xo`jalik shirkatlari, ma`suliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyadorlik jamiyatlari, ishlab chiqarish koperativlari shaklida ming-minglab korxonalar faoliyat yuritmoqdalar. Ushbu korxonalar butun dunyoda o`zini oqlagan korparativ boshqaruv asosida ushbu korxonalar mulkdorlari muassislari va ishtirokchilari tomonidan samarali boshqarish mexonizmi qaror topdi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar tadbirkorlik soxasida o`z sayi xarakatlarini va kapitallarini birlashtiruvchi ulardan oqilona foydalanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. O`zbekiston xududida tovarlar, kapitallar va mehnat resurslarini erkin xarakat qilish uchun yuridik asoslar vujudga keltirildi.
Bozor tizimida ishlab chiqarish, iste`mol o`rtasidagi o`zaro aloqalar talab va taklif asosida yo`lga qo`yiladi. Ma`muriy tizimda esa bunday munosabat yuqoridan beriladigan deriktivalar, rejalar asosida tashkil etilar edi. Bozor sharoitida reja va deriktivalar o`rnini bosadigan, ulardagi salbiy illatlardan xoli bo`lgan xo`jalik yurituvchi subyektlarni erkinligi, mustaqilligi va mulkiy javobgarligi ta`minlangan xolda bir birlarini aloqalarni yo`lga qo`yadigan iqtisodiy huquqiy mexonizm zarur edi. Mamlakatimiz prezidenti zukkolik bilan xo`jalik shartnomalari xuddi shunday mexanizm rolini o`tashini ko`rsatib berdi. O`tish davrini dastlabki davrlarida korxonalar o`rtasida mavjud aloqalar izdan chiqqan sharoitda xo`jalik raxbarlarining boshqa korxonalar bilan o`z xo`jalik munosabatlarini shartnoma asosida tashkil etish ko`nikmasini xosil etish jarayoni ancha qiyin kechdi. Dastlab shartnomani moxiyatini undan o`z maqsadlari yo`lida samarali foydalanish imkoniyatlarini hamma xam tushunib yeta vermadi. Shu sababli xam qator prezident farmonlarida va qarorlarida shartnoma intizomini mustahkamlash, shartnoma shartlariga qat`iy rioya qilish, tadbirkorlarda shartnoma ichki madaniyatini shakllantirish, shartnomaviy javobgarlikni takomillashtirish bo`yicha qat`iy normalar belgilab qo`yildi. Natijada bugun shuni ishonch bilan aytish mumkinki shartnoma bugungi kunda turli mulk shakllariga asoslangan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida o`zaro iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi, o`zaro majburiyatlarni aniq og`ishmay tegishli darajada bajarilishini ta`minlovchi yuridik vosita vazifasini bajarmoqda. Xatto davlat xam sotsial organizm sifatida o`z extiyojlarini ta`minlash uchun tegishli xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishmoqda. Bunday shartnomaviy munosabatlarda davlat teng huquqli oddiy taraf sifatida ishtirok etadi. O`zini siyosiy xokimiyat subyekti sifatidagi mavqeidan foydalanmaydi. Davlat muayyan tovarlarga, ishlarga, xizmatlarga o`z extiyojini aniqlaydi. Uni davlat buyurtmalarida ifodalaydi va ushbu buyurtmalar asosida tegishli korxonalar bilan davlat kontrakti tuzadi. Bugungi kunda ko`pgina davlat buyurtmalari tanlovlar va tenderlar asosida joylashtirilganligi tadbirkorlik subyektlari davlat buyurtmasi bo`yicha kontraktlar tuzishga rag`batlantirilayotganligi va intilayotganligi quvonarli xoldir. Davlatni shartnomaviy munosabatlarda oddiy taraf sifatida ishtirok etayotganligi xaqiqiy bozor munosabatlari shakllanayotganligidan guvoxlik beruvchi fakt sifatida baholanishi mumkin.
Davlat iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishda o`zining kontrol va nazorat funksiyalaridan xam moxirlik bilan foydalangan. Albatta davlatning bu funksiyalari muayyan davlat idoralari va davlat xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Binobarin, kontrol nazorat vakolatlariga ega bo`lgan davlat idoralari xizmatchilari obyektiv xolis qonunlarga rioya qilgan xolda faoliyat yuritishi, ta`magirlik, suiste`molliklar oshna og`aynigarchilikka yo`l qo`ymaslik aloxida muxim axamiyatga ega. Shu maqsadda iqtisodiyotni tadbirkorlik subyekti faoliyatini nazorat qiluvchi davlat idoralari tizimi ularni vakolat doirasi ma`suliyati va ular ma`suliyati aniq belgilab qo`yilganligi va ularni xatti-xarakatini ustidan nazorat qilish mexonizmi yaratilganligi xam iqtisodiy islohotlarni samaradorligini ta`minlashda muxim omil bo`ldi.
Ma`lumki iqtisodiyotni huquqiy asoslarini mustahkamlash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, huquqiy ximoya tizimini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmonlar va qarorlar favqulodda muhim axamiyatga ega. Bu o`rinda xech qanday mubolag`aga yo`l qo`yilgani yo`q. To`g`ri, huquqiy demokratik davlatda huquq normasi bilan tartibga solinishga muxtoj bo`lgan ijtimoiy munosabat oliy yuridik kuchga ega bo`lgan xujjat – qonunlar bilan tartibga solinmog`i maqsadga muvofiq, chunki qonunlarda adolatli, xolis va samarali ishlaydigan yechimlar o`z ifodasini topadi degan fikr muloxaza keng tarqalgan. Uning tarafdorlari qonun osti xujjatlarida umummilliy manfaatlardan ko`ra mahkamaviy manfaatlar ustuvor bo`lib qolishi mumkinligidan xavotir bildiradilar. Vazirliklar va boshqa idoralar tomonidan qabul qilinadigan xujjatlarda bunday xavotirlik ba`zi xollarda muayyan asosga ega. Biroq qonun osti xujjatlari ichida Prezident farmonlari o`zining yuqori saviyasi bilan ajralib turadi. Garchi Konstitutsiyaning 94-m.ga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib xamda ularni ijro etish yuzasidan farmonlar, qarorlar chiqarishi belgilab qo`yilgan va binobarin ular qonun osti xujjatlarini bir turi bo`lsa xam, ularning moxiyati va mazmuni aloxida o`zgacha axamiyat kasb etishini e`tirof etish lozim.
Birinchidan, Prezident tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar xar qanday maxkamaviy manfaatlardan xoli, umummilliy manfaatlarni qat`iy va izchil ifodalaydi va ularni ximoya qiladi;
Ikkinchidan, ushbu normativ xujjatlar iqtisodiyotdagi og`riq nuqtalar, mushkul muammolarni xal etishga qaratiladi. Albatta ushbu muammolar qonunlar orqali xam xal etilish mumkin va ba`zan shunday bo`ladi xam. Biroq qonunlarni ishlab chiqish, muxokama qilish va qabul qilish anchayin murakkab jarayon. Ushbu jarayon bir necha oylar davom etadi. Iqtisodiyotdagi vaziyat esa ba`zan muammoni zudlik bilan xal etishni, subyektlarni muayyan xarakatlarini sodir etishga yo`naltirishni talab etadi. Mana shunday xolatda Prezident normativ xujjatlari beqiyos axamiyatga ega bo`ladi. Bir vaqtlar xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari eng yuqori darajaga ko`tarilganda Prezident farmoni orqali oldindan xaq to`lash, xaridorni to`lovga layoqatini tekshirish tartibi belgilab qo`yilganligi, veksellar bilan xar xil suiste`molliklar sodir bo`lib, ba`zi korxonalarda xatto ish xaqixam veksellar bilan berila boshlanganda Prezident farmoni bilan aval veksel joriy etilishi qanday xaloskorlik vazifasini bajarganligi barchamizning yodimizda. Xolbuki bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Uchinchidan, Prezident qabul qiladigan normativ xujjatlar mazmuni davlat raxbarining shaxsi, aqliy saloxiyati bilan xam uzviy bog`liq ekanligini unutmaslik lozim. Mamlakatimiz raxbari barcha tub iqtisodiy isloxatlarning tashabbuskori, uning strategiyasi va taktikasini ishlab chiquvchisi bo`lgan O`zbekistonda Prezident normativ xujjatlari ularni amaliy dastaklari sifatida namoyon bo`lmay iloji yo`q. Shu ma`noda Prezident farmonlari iqtisodiyotni tartibga soluvchi normativ xujjatlar tizimida o`zining ijodiy yangi yechimga egaligi, yuqori samaradorligi, taraqqiyot sarxadlarini doimiy ravishda kengaytirib borishi bilan ajralib turadi. Prezident farmonida ilk marotaba o`z ifodasini topgan normativ yechimlar keyinchalik huquq-tartibot tizimini, qonunlarni tarkibiy qismiga aylanib qolganligi bejiz emas. Masalan, yerga nisbatan ilk xususiy mulkchilik, fermer xo`jaliklarini xususiy korxona sifatidagi moxiyatini ochib berish, xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, aksiyadorlar jamiyatini yirik ishlab chiqarishni tashkiliy-huquqiy shakli sifatida qo`llash lozimligining huquqiy asoslari dastlab Prezident farmonlarida ilgari surilgan edi. Prezident normativ xujjatlarning o`ta yuqori sifati va yuksak samaradorligi, iqtisodiy isloxatlarni yangi yo`nalishlarni, yangi ufqlarini ochib borishi yurisprudensiya fanida o`ziga xos fenomen sifatida tadqiq etilmog`i lozim. Bu soxadagi tajriba boshqa qonun osti xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish soxasi uchun muayyan darajada foydali bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil iyul oyida qabul qilingan normativ xujjatlarning xar biri o`z ta`sir doirasi bo`yicha mamlakatimiz iqtisodiyotini va tadbirkorlik faoliyatini rivoji uchun juda katta qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Ularning xar biri mazmuni, beradigan samarasi xaqida mutaxasislar va tadbirkorlar ommaviy axborot vositalarida to`la va chuqur mazmunli chiqishlar qildilar, fikr-muloxazalar bildirdilar. Ularga to`liq qo`shilgan xolda ushbu normativ xujjatlarni axamiyatini faqat shular bilangina cheklanmasligini qayd etish lozim.
Eng avvalo ushbu normativ xujjatlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni qat`iy va izchillik bilan amalga oshirilishiga bo`lgan ishonchni mustahkamladi. Tadbirkorlarni huquqiy ximoya tizimini samarali ishlashiga huquqiy kafolat yaratdi.
Va nixoyat iqtisodiyotda va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda qonunlarga aniq va og`ishmay rioya qilish jarayonini mustahkamladi. Masalan, agar ilgari tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar deb atalmish choralarni ko`p xollarda yuridik ma`lumotga ega bo`lmagan tekshiruvchi organlar xodimlari qo`llagan va bunda ba`zan bilib-bilmay qonunlarni qo`llashda xatoliklar ro`y bergan bo`lsa, endilikda ularni faqat sud qo`llaydi va bu xolat esa qonuniylik, xolislik va adolatni ta`minlashga xizmat qiladi.
Prezident tomonidan chiqarilgan huquqiy xujjatlar tadbirkorlikni tartibga soluvchi qonun xujjatlarini qayta ko`rib chiqish, yangilash jarayonini xam boshlab berganini aloxida qayd etmoq lozim. Prezident huquqiy xujjatlarida iqtisodiyot soxasidagi qonunlarni takomillashtirishda dasturilamal bo`lishiga loyiq konseptual g`oyalar mavjud. Ushbu huquqiy xujjatlar mazmunidan quyidagi tamoyillarni ilg`ab olish mumkin:
tadbirkorlik faoliyatini umumiy huquqiy asoslarini belgilashda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishni davlat siyosati darajasiga ko`tarish, mumkin qadar tadbirkorlar huquq va erkinliklari doirasini kengaytirib borish;
tadbirkorlar ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tartibini belgilaganda tadbirkorlarga xayrixoxlik, xolislik va faoliyatiga xalaqit bermaslik maqsadini ko`zlagan xolda munosabatda bo`lish;
tadbirkorlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etish xollarida ularga nisbatan kechirimli bo`lish, huquqbuzarlik oqibatlarini tugatishga yordam berish, yetkazilgan zararlarni to`lagan xollarda jazoni qo`llamaslik moliyaviy sanksiyalar xajmini oqilona miqdorlarda belgilash ularni qo`llash asoslarini aniq belgilab qo`yish;
tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun osti xujjatlari, ayniqsa maxkamaviy xujjatlarni qisqartirib borish, ularni tizimga solish, ular o`rtasida qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish;
tadbirkorlar huquqlarini sud orqali ximoya qilish tartibini mustahkamlash, xo`jalik sudlari, umumiy yurisdiksiyali sudlar bilan bir qatorda ma`muriy sudlar xakamlik sudlarini joriy etish va ular faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish.
Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda yetakchi huquqiy manba
Ma`lumki iqtisodiyotni huquqiy asoslarini mustahkamlash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, huquqiy ximoya tizimini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmonlar va qarorlar favqulodda muhim axamiyatga ega. Bu o`rinda xech qanday mubolag`aga yo`l qo`yilgani yo`q. To`g`ri, huquqiy demokratik davlatda huquq normasi bilan tartibga solinishga muxtoj bo`lgan ijtimoiy munosabat oliy yuridik kuchga ega bo`lgan xujjat – qonunlar bilan tartibga solinmog`i maqsadga muvofiq, chunki qonunlarda adolatli, xolis va samarali ishlaydigan yechimlar o`z ifodasini topadi degan fikr muloxaza keng tarqalgan. Uning tarafdorlari qonun osti xujjatlarida umummilliy manfaatlardan ko`ra mahkamaviy manfaatlar ustuvor bo`lib qolishi mumkinligidan xavotir bildiradilar. Vazirliklar va boshqa idoralar tomonidan qabul qilinadigan xujjatlarda bunday xavotirlik ba`zi xollarda muayyan asosga ega. Biroq qonun osti xujjatlari ichida Prezident farmonlari o`zining yuqori saviyasi bilan ajralib turadi. Garchi Konstitutsiyaning 94-m.ga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib xamda ularni ijro etish yuzasidan farmonlar, qarorlar chiqarishi belgilab qo`yilgan va binobarin ular qonun osti xujjatlarini bir turi bo`lsa xam, ularning moxiyati va mazmuni aloxida o`zgacha axamiyat kasb etishini e`tirof etish lozim.
Birinchidan, Prezident tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar xar qanday maxkamaviy manfaatlardan xoli, umummilliy manfaatlarni qat`iy va izchil ifodalaydi va ularni ximoya qiladi;
Ikkinchidan, ushbu normativ xujjatlar iqtisodiyotdagi og`riq nuqtalar, mushkul muammolarni xal etishga qaratiladi. Albatta ushbu muammolar qonunlar orqali xam xal etilish mumkin va ba`zan shunday bo`ladi xam. Biroq qonunlarni ishlab chiqish, muxokama qilish va qabul qilish anchayin murakkab jarayon. Ushbu jarayon bir necha oylar davom etadi. Iqtisodiyotdagi vaziyat esa ba`zan muammoni zudlik bilan xal etishni, subyektlarni muayyan xarakatlarini sodir etishga yo`naltirishni talab etadi. Mana shunday xolatda Prezident normativ xujjatlari beqiyos axamiyatga ega bo`ladi. Bir vaqtlar xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari eng yuqori darajaga ko`tarilganda Prezident farmoni orqali oldindan xaq to`lash, xaridorni to`lovga layoqatini tekshirish tartibi belgilab qo`yilganligi, veksellar bilan xar xil suiste`molliklar sodir bo`lib, ba`zi korxonalarda xatto ish xaqi xam veksellar bilan berila boshlanganda Prezident farmoni bilan aval veksel joriy etilishi qanday xaloskorlik vazifasini bajarganligi barchamizning yodimizda. Xolbuki bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Uchinchidan, Prezedent qabul qiladigan normativ xujjatlar mazmuni davlat raxbarining shaxsi, aqliy saloxiyati bilan xam uzviy bog`liq ekanligini unutmaslik lozim. Mamlakatimiz raxbari barcha tub iqtisodiy isloxatlarning tashabbuskori, uning strategiyasi va taktikasini ishlab chiquvchisi bo`lgan O`zbekistonda Prezident normativ xujjatlari ularni amaliy dastaklari sifatida namoyon bo`lmay iloji yo`q. Shu ma`noda Prezident farmonlari iqtisodiyotni tartibga soluvchi normativ xujjatlar tizimida o`zining ijodiy yangi yechimga egaligi, yuqori samaradorligi, taraqqiyot sarxadlarini doimiy ravishda kengaytirib borishi bilan ajralib turadi. Prezident farmonida ilk marotaba o`z ifodasini topgan normativ yechimlar keyinchalik huquq-tartibot tizimini, qonunlarni tarkibiy qismiga aylanib qolganligi bejiz emas. Masalan, yerga nisbatan ilk xususiy mulkchilik, fermer xo`jaliklarini xususiy korxona sifatidagi moxiyatini ochib berish, xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, aksiyadorlar jamiyatini yirik ishlab chiqarishni tashkiliy-huquqiy shakli sifatida qo`llash lozimligining huquqiy asoslari dastlab Prezident farmonlarida ilgari surilgan edi. Prezident normativ xujjatlarning o`ta yuqori sifati va yuksak samaradorligi, iqtisodiy isloxatlarni yangi yo`nalishlarni, yangi ufqlarini ochib borishi yurisprudensiya fanida o`ziga xos fenomen sifatida tadqiq etilmog`i lozim. Bu soxadagi tajriba boshqa qonun osti xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish soxasi uchun muayyan darajada foydali bo`lishi mumkin.
Prezidentimizning iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishdagi yetakchilik mavqei u tomonidan 2005 yil iyun oyida chiqarilgan normativ xujjatlarda yana xam yaqqol namoyon bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil 14 iyunda chiqarilgan "Bozor isloxatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" farmoni, 2005 yil 14 iyunda "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida" farmoni chiqarildi, 2005 yil 15 iyunda "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan xisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to`g`risida" Qarori qabul qilindi. 2005 yil 21 iyunda "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" farmoni, 2005 yil 24 iyunda "Tadbirkorlik subyektlarining xo`jalik soxasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirish to`g`risida" farmoni chiqarildi.
Xar bir huquqiy xujjat o`z moxiyatiga ko`ra bir-birlari bilan uzviy bog`liq va yagona pirovard maqsad – mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarni huquq va manfaatlari kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Yuqori darajada rivojlangan xar bir jamiyatda xar bir inson, xar qanday korxona, muasasa, tashkilot o`z faoliyatini huquq normalari asosida tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlari huquqlari va burchlari oqilona qonuniy asoslarini yaratish mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining muxim sharti xisoblanadi. Xuddi shu sababli xam Prezidentimiz farmonida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi barcha huquqiy xujjatlarni qayta ko`rib chiqish, ularni iqtisodiy isloxatlarning maqsad, vazifa va asosiy ustuvor yo`nalishlaridan kelib chiqqan xolda shakllantirish va eng asosiysi ularni shunchaki quruq bayonnoma bo`lmasdan xayotda amalda qo`llanishini, ishlashini ta`minlash mexanizimini yaratish vazifalari qo`yilgan.
Ma`lumki bozor munosabatlarini shakllantirish va mustahkamlash jarayonida davlat bosh isloxatchi rolini o`ynaydi. Davlat nafaqat iqtisodiyotni huquqiy asoslarini yaratadi, balki uning ijrosini ta`minlaydi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ishtirokchilari o`z majburiyatlarini bajarishlari ustidan davlat idoralari nazorati amalga oshiriladi. Biroq bunday nazorat qonun doirasida va qonun asosida bo`lmog`i shart. Ayrim mansabdor shaxslar bundan o`z g`arazli maqsadlarida yoxud suiste`molliklar yo`lida foydalanmasliklari lozim. Xuddi shu sababli nazorat organlarining raxbarlari tadbirkorlik subyektlarini o`z vakolatlari va nazorat soxasi doirasidan tashqari masalalar bo`yicha xar qanday tekshiruvlar o`tkazganligi uchun shaxsan javobgarligi belgilab qo`yildi. Endilikda qanday davlat idorasi bo`lishidan qat`iy nazar tadbirkorlik subyektlarini xuda-bexudaga tekshirish xolatlariga barxam beriladi. Ayniqsa bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralari (prokuratura, ichki ishlar, milliy xavfsizlik organlari) vakolatlari jiddiy chegaralab qo`yildi. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini rejadan tashqari tekshirishga asos bo`lib:
yo huquqni muhofaza qiluvchi idorani qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tekshirishni tayinlash to`g`risidagi qarori;
yoxud shunday tekshirishlarni o`tkazish to`g`risida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha maxsus vakolatli organning qarori xisoblanadi.
Ko`p xollarda qo`zg`atilgan jinoyat ishi tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bevosita bog`lanmagan, boshqa subyekt faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday xolda faoliyati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan subyekt bilan tadbirkorlik subyekti o`zaro munosabatda bo`lgan bo`lsagina, yuqoridagi asoslardan biri mavjud bo`lsa va o`sha o`zaro munosabatlar doirasidagina muqobil tekshirishga yo`l qo`yiladi.
2005 yil iyun oyida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar iqtisodiy isloxatlarni huquqiy ta`minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish soxasida o`ziga xos yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu bosqichning moxiyati tadbirkorlar bilan davlat organlari, mansabdor shaxslar o`rtasida o`zaro ishonch, xayrixoxlik va xolislikka asoslangan o`zaro munosabatlar tartibini, tizimini joriy etishda yaqqol ko`rinadi. Albatta, bunday tizim, tartib birdaniga shakllanmaydi. Bozor munosabatlariga o`tishning ilk bosqichlarida tadbirkorlikni huquqiy asoslari zaif bo`lgani, tadbirkorlar faoliyati bo`yicha davlat nazorati yo`lga qo`yilmagani xech kimga sir emas. O`sha davrda asosiy vazifa korxonalar o`rtasida ma`muriy asosda joriy etilgan xo`jalik aloqalarini izdan chiqishi sharoitlarida iste`mol bozorini to`ldirish edi. Bozor munosabatlarini rivojlantirib borgan sayin tadbirkorlik faoliyatini qonun asosida tashkil etish, bunda davlat nazorati tartibi joriy etishga zarurat tug`ildi. Gap shundaki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirilishida tadbirkorlar bilan davlat organlari, tadbirkorlar va iste`molchilar o`rtasida o`ziga xos munosabatlar turkumi vujudga keladi.
Davlat idoralari tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli qonunlarga rioya qilinishi, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar o`z vaqtida va to`g`ri xisob-kitoblar asosida to`lanishi va tovarlar, ishlar, xizmatlar yuqori sifatli bo`lishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlariga o`tish bosqichlarida tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati nisbatan doimiy va qattiq ko`rinishga ega bo`ladi. Buning sababi shundaki xali doimiy professional tadbirkorlar qatlami vujudga kelmagan, demakki tadbirkorlik subyekti muayyan faoliyat bilan uzoq muddat muntazam shug`ullanmaganligi sababli o`z faoliyatini mukammal, miridan sirigacha egallab olmagan, belgilangan tartib qoidalarni xam puxta bilmasligi sababli bilib-bilmas xar xil qoidabuzarliklarga yo`l qo`yishi mumkin. bunday sharoitda doimiy va qattiq nazorat tadbirkorlik subyektlarida ma`suliyat tuyg`usini oshiradi, qoidabuzarliklarni o`z vaqtida bartaraf etilishiga xizmat qiladi, tadbirkorlik majburiyatlarini o`z vaqtida va tegishli darajada bajarilishini ta`minlaydi. Muayyan davrlarda ushbu tartibni qattiqroq bo`lishi talab etildi. Bunda asosiy maqsad tadbirkorlarni qonun talablariga qat`iy rioya qilishi, sheriklar va iste`molchilar manfaatlarini xurmat qilish, xisobot va moliya intizomini tegishli darajada bajarishga o`rgatish, xar xil suiste`molliklar va huquqbuzarliklardan saqlanish ko`nikmasini vujudga keltirish edi. Ushbu vazifa bugungi kunda deyarli bajarildi. Xuddi shunday sharoitda avvalgi tartibni saqlab qolish maqsadga muvofiq emas edi. Ushbu tartibni soddalashtirish, tadbirkorlarni nazorat-tekshiruvchi organlarga bog`liqligini eng minimal darajaga keltirish talab etilar edi. Tadbirkorlik – bu eng avvalo tashabbus ko`rsatib ishlash xisoblanadi. Demak, tadbirkor xadeb davlat amaldorini qosh-qovog`iga qarashi, unga xisob berishi uni xam tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni bajarish, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishidan chalg`itadi, xam tashabbus va mustaqillikni bo`g`adi. Albatta bunday qattiq nazorat va xisobotlar tartibi kichik biznes subyektlari uchun ayniqsa zararlidir. Chunki kichik biznesda tadbirkorlik yo yakka tadbirkor yoxud 15-20 kishidan iborat mikrofirmalarda amalga oshiriladi. Bunda bir shaxsning o`zi xam direktor, xam buxgalter, xam huquqshunos, xam ta`minotchi vazifalarini bajaradi. Uning ish vaqtining xar daqiqasi oltindan qimmat. Endilikda kichik biznes subyektlari o`z tadbirkorlik faoliyatini yanada to`laqonli va samarali tashkil etish imkoniga ega bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil iyul oyida qabul qilingan normativ xujjatlarning xar biri o`z ta`sir doirasi bo`yicha mamlakatimiz iqtisodiyotini va tadbirkorlik faoliyatini rivoji uchun juda katta qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Ularning xar biri mazmuni, beradigan samarasi xaqida mutaxasislar va tadbirkorlar ommaviy axborot vositalarida to`la va chuqur mazmunli chiqishlar qildilar, fikr-muloxazalar bildirdilar. Ularga to`liq qo`shilgan xolda ushbu normativ xujjatlarni axamiyatini faqat shular bilangina cheklanmasligini qayd etish lozim.
Eng avvalo ushbu normativ xujjatlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni qat`iy va izchillik bilan amalga oshirilishiga bo`lgan ishonchni mustahkamladi. Tadbirkorlarni huquqiy ximoya tizimini samarali ishlashiga huquqiy kafolat yaratdi.
Va nixoyat iqtisodiyotda va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda qonunlarga aniq va og`ishmay rioya qilish jarayonini mustahkamladi. Masalan, agar ilgari tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar deb atalmish choralarni ko`p xollarda yuridik ma`lumotga ega bo`lmagan tekshiruvchi organlar xodimlari qo`llagan va bunda ba`zan bilib-bilmay qonunlarni qo`llashda xatoliklar ro`y bergan bo`lsa, endilikda ularni faqat sud qo`llaydi va bu xolat esa qonuniylik, xolislik va adolatni ta`minlashga xizmat qiladi.
Prezident tomonidan chiqarilgan huquqiy xujjatlar tadbirkorlikni tartibga soluvchi qonun xujjatlarini qayta ko`rib chiqish, yangilash jarayonini xam boshlab berganini aloxida qayd etmoq lozim. Prezident huquqiy xujjatlarida iqtisodiyot soxasidagi qonunlarni takomillashtirishda dasturilamal bo`lishiga loyiq konseptual g`oyalar mavjud. Ushbu huquqiy xujjatlar mazmunidan quyidagi tamoyillarni ilg`ab olish mumkin:
tadbirkorlik faoliyatini umumiy huquqiy asoslarini belgilashda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar belgilash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishni davlat siyosati darajasiga ko`tarish, mumkin qadar tadbirkorlar huquq va erkinliklari doirasini kengaytirib borish;
tadbirkorlar ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tartibini belgilaganda tadbirkorlarga xayrixoxlik, xolislik va faoliyatiga xalaqit bermaslik maqsadini ko`zlagan xolda munosabatda bo`lish;
tadbirkorlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etish xollarida ularga nisbatan kechirimli bo`lish, huquqbuzarlik oqibatlarini tugatishga yordam berish, yetkazilgan zararlarni to`lagan xollarda jazoni qo`llamaslik moliyaviy sanksiyalar xajmini oqilona miqdorlarda belgilash ularni qo`llash asoslarini aniq belgilab qo`yish;
tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun osti xujjatlari, ayniqsa maxkamaviy xujjatlarni qisqartirib borish, ularni tizimga solish, ular o`rtasida qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish;
tadbirkorlar huquqlarini sud orqali ximoya qilish tartibini mustahkamlash, xo`jalik sudlari, umumiy yurisdiksiyali sudlar bilan bir qatorda ma`muriy sudlar xakamlik sudlarini joriy etish va ular faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish.
Qat`iy ishonch bilan ta`kidlash joizki O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil iyun oyida qabul qilingan normativ xujjatlarga aniq va qat`iy rioya qilish nafaqat tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga imkon beribgina qolmasdan,balqi iqtisodiy isloxatlarni tub mazmunini o`zgartiruvchi huquqiy asos, sud-huquq tizimini takomillashtirib sifat jixatdan yangi bosqichga ko`taruvchi yuridik zamin xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |