KAZUSLAR:
1. Юристлар хужжатларни тез ва аниқроқ тайёрлашда хужжатлар
алмашувини автоматлаштириш дастурий таъминотини энг сўнгги
технологияларидан фойдаланади. Бу лойиҳалар, шартномалар ва халқаро
келишувлар даражасидаги хужжатлар бўлиши мумкин.
Савол: ҳуқуқий фирма фаолиятини таҳлил қилиб, "сунъий
интеллект"га қандай хизматларни ўтказишни таклиф қилган бўлардингиз?
Муаммони аниқ белгиланг ва технологик ечим учун алгоритм кетма-
кетлигини келтиринг.
J A V O B:
Men ushbu kazusni bajarishda IRAC usulidan foydalanaman.
1.
Avtomatlashtirishning inson faoliyatidagi o‟rni qanday?
2.
“Suniy intellekt” nima? Va unga qanday texnologiyalarni misol
keltirish mumkin?
3.
“Suniy intellekt”ga qanday xizmatlarni o‟tkazish mumkin?
Avtomatlashtirish - insonni energiya, materiallar, mahsulotlar yoki
axborotni qabul qilish, o'zgartirish, uzatish va ulardan foydalanish jarayonlarida
ishtirok etishdan ozod qilish yoki ushbu ishtirok darajasi yoki bajarilgan
operatsiyalarning mehnat intensivligini sezilarli darajada kamaytirish uchun
o'zini o'zi tartibga soluvchi texnik vositalar va matematik usullardan
foydalanadigan ilmiy-texnik taraqqiyotning yo'nalishlaridan biri. Bunday olib
aytadigan bo‟lsak inson ishtirokidan uzoqlashib texnikadan foydalanishga
o‟tishni aytishimiz mumkin.
Ko'pchilik texnologiyaning rivojlanishi inson
faoliyatining barcha sohalarida ish o'rinlari sonini sezilarli darajada kamaytiradi,
deb hisoblaydi. Lekin bu unday emas. Mutaxassislarning fikriga ko'ra,
avtomatizatsiya mehnat bozorining qisqarishining asosiy sababi emas. Inson
faoliyatiga avtomatlashtirishni joriy etish yangi ish o'rinlarini yaratadi.
Sanoatni
avtomatlashtirish va robotlashtirish tufayli odamlar uy sharoitida ishlashlari,
hayotlarini mikro va makro darajada yaxshilashlari va mahalliy sanoatni
rivojlantirishlari mumkin. Misol uchun, Xitoyda robotlashtirishni keskin
o'sishiga qaramasdan, ishsizlik o'sishi kuzatilmaydi. Aksincha, tadbirkorlik
faolligi oshdi - ishini yo'qotgan odamlar mahalliy ishlab chiqarishni boshlaydilar
va robotlar mehnatini joriy qiladilar.
Sun‟iy intellekt - Sun'iy intellekt kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini
o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun
mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. Sun'iy intellekt amalga
oshiradigan ishlar ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib
uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta
ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga
katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash
orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
Sun‟iy intellekt va uning tarixi haqida qo‟shimcha ma‟lumot:
https://community.uzbekcoders.uz/post/sun-iy-intellekt-nima-qaysi-
sohada-eng-zarur-5ebe4e949b2cf411ea60464d
Sun‟iy intellektga misol sifatida DoNotPay Robot-advakatni keltirish
mumkin.
DoNotPay robot-advokat Stenford universiteti talabasi Joshua Brauder
tomonidan 2015-yilda ishlab chiqilgandi va allaqachon yuzlab odamlarga
mashinani to„xtatib qo„yganligi uchun bahslarda taxminan 160000ta jarima
holatida yordam berib ulgurdi va bu ishlarni mutloqo tekinga amalga oshirdi.
Xulosa qilib aytadigan bo‟lsak sun‟iy intellekt inson hayoti uchun o‟ta
muhim va juda keraklidir, sun‟iy intellekt ko‟plab ishlarni inson o‟rniga
bajarishi mumkin, ammo hammasini ham emas. Masalan,DoNotPay robot
ham murakkab vaziyatlarda ish olib bora ololmaydi, chunki odamlarni sodir
etgan ba‟zi jinoyatlari hissiyotlar sababli amalga oshadi, robor esa bu
hissiyotlarni tushunmaydi, uning o‟rnioga o‟zini qo‟ya olmaydi. Ammo
sun‟iy intellektdan boshqa ko‟plab sohalarda foydalanish mumkin, masalan
Turli hujjatlarni tayyorlashda yoki shu tayyorlangan hujjatlarning
kamchiliklarini topishda, kichik masalalar bo‟yicha fuqarolarga qayerga
murojat qilishlarini ko‟rsatish, huquqshunoslar vaqtini olmasdan oldin
tayyorlangan hujjatlarni fuqarolarga tayyorlab berishda, hujjat to‟g‟riligini
tekshirishda va boshqa ishlarda foydalanishlari mumkin.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1.Ҳуқуқий маълумотларни статистик таҳлил қилишда Google
таблицанинг формула ва функцияларни қўллаш усулларини
изоҳланг. Мисоллар билан.
Hozirgi davrda elektron jadvallar har xil soxada uchraydi, ayniqsa
hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda foydalaniladi, masalan berilgan
bir xil, ketma-ket o‟xshash tartibda boradigan ishlarni tahlil qilishda “Google
tablitsa”dan foydalanish ishlash sifatini oshiradi va vaqtini qisqartirishga
yordam beradi. Bunga misol sifatida amnitsiya holatini tahlil qilamiz.
Quyidagi ketma-ketlikda uni bajaramiz:
1.Google diskga kiramiz, unga pastdagi link orqali kirish mumkin;
https://drive.google.com/drive/my-drive
2.Yuqorida ko‟rsatilgan “Создат” tugmasini bosib undan “Google таблица”ni
tanlaymiz;
Va quyidagicha oyna hosil bo‟ladi, ularga amnitsiyaga kiritilgan nomzodlar
ismlari, qaysi modda bo‟yicha jazolangani, qancha muddat ozodlikdan
mahrum qilingani,amnitsiya berish yoki amnitsiyaga loyiqligi foizi, va unga
qoladigan muddat kiritiladi.
3.Barcha mnarsalar tayyor qilingandan keyin biz amnitsiya va qolgan
muddatni aniqlashimiz mumkin, bunda biz albatta formula va funksiyalardan
foydalanamiz;
4.Amnitsiya va qolgan muddatni “Если” funksiyasi orqali amalga oshiramiz,
va quyidagi tartibda yozamiz:
C2
katakda
quyidagi
formulani
yozamiz
=ЕСЛИ(
C2
<=
5
;
"ozod"
;ЕСЛИ(
C2
<
10
;
"50%"
;ЕСЛИ(
C2
<
30
;
"33%"
)))
va u biz bergan
buyruqni qabul qiladi ya‟ni muddat 5 yildan kichik bo‟lsa unga “ozod”, 10-
yilgacha bo‟lsa “50%”, 30-yilgacha bo‟lsa “33%” buyrug‟ini ko‟rsatadi.
Buyruqni berganimizda birichisiga 50% ni ko‟rsatadi chunki unda 8 turgandi.
5.Bizda hozir bitta shaxsnikini hisoblab ko‟rsatdi ammo qanday qilib
qolganlarnikini ham tez hisoblash mumkin, formulalarni qayta-qayta
yozmasdan?
Buning uchun hisoblangan shaxsning qatoridan pastga qarab tortamiz va
qolganlarnikini ham hisoblab beradi.Va quyidagicha oyna hosil bo‟ladi:
6.Biz amnitsiyani hisoblab oldik ammo qolgan muddatni aniqlamadik, uni
aniqlash
uchun
E2
qatorga
quyidagi
formulani
kiritamiz:
=ЕСЛИ(
D2
=
"ozod"
;
0
;ЕСЛИ(
D2
=
"50%"
;
C2
/
2
;ЕСЛИ(
D2
=
"33%"
;
C2
/
3
)))
va
bizga
qolgan muddatni ko‟rsatadi.
7. Yana oldin qilganimizdek E2 katakni pastga qarab tortamiz qolgan shaxslar
uchun ham qolgan muddatni aniqlab, hisoblab ko‟rsatadi:
8.Biz endi amnitsiya beriladigan odanlarni aniqlab oldik, lekin ularning soni
ancha ko‟p bo‟lsa sanab chiqish shart emas buning uchun “СЧЁТЕЛИ”
funksiyasidan ham foydalanishimiz mumkin.Va ushbu buyruqni beramiz:
=СЧЁТЕСЛИ(
D2:D20
;
"ozod"
)
ya‟ni biz D2 katakdan to D20 kataklardagi “ozod ”
buyrug‟ini olganlarni sonini so‟radik. Anashu tartibda muddati “50%”ga va
“33%”ga qisqarganlar sonini chiqarish mumkin.
Yuqorida ularning sonini ko‟rish mumkin,ya‟ni 7ta ozod bo‟lganlar, 5ta
muddati 50% ga qisqarganlar va 7ta muddati 33%ga qisqarganlarni.
“Google таблица ” orqali ko‟rib turibmizki formula va funksiyalardan
foydalanish ancha qulay, agar ismlar ko‟p bo‟lganda bulardan foydalanish
ishni vaqtini ancha qisqartiradi.
Pastda hozir tayyorlagan amnitsiyadan ozod bo‟lganlar jadvali:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/17yfAWaPB28iYx6srmG_hxiSzr2cK15
OWsbfTkRVx7qc/edit?usp=sharing
2. Ҳуқуқий муаммоларнинг технологик ечимлар тоифаларини изоҳланг.
Ko‟plab Huquqiy muammolarning texnologik yechimlari bu albatta –
axborot qidirishdir.
1.
Xo‟sh axborot qidirish nima?Uning qanday turlari mavjud?
Axborot qidirish - bu so'rovda ko'rsatilgan yoki iste'molchi uchun zarur
bo'lgan faktlar va ma'lumotlarni o'z ichiga olgan barcha hujjatlarni topish
jarayoni.
Axborot qidirish - bu ma'lum bir mavzuga bag'ishlangan, oldindan
qidiruv shartini (so'rovini) qondiradigan yoki zarur (so‟rov ehtiyojlariga mos
keladigan) faktlar, ma'lumotlar, ma'lumotlar to'plamida identifikatsiyalash
jarayoni.
Qidirishning bir nechta turlari mavjud:to‟liq matnli,metadeta va rasm
ko‟rinishidagi qidirish.
To'liq matnli qidiruv - hujjatning butun tarkibini qidirish. To'liq matnli
qidirishning namunasi har qanday Internet-qidiruv vositasi bo'lishi mumkin,
masalan, www.yandex.ru, www.google.com, www.uz.
Metadata qidirish - bu tizim tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan hujjat
atributlari bo‟yicha qidirish - hujjat nomi, yaratilish sanasi, hajmi, muallifi va
boshqalar. Tafsilotlar bo'yicha qidirishning namunasi fayl tizimidagi qidirish
dialogidir (masalan, MS Windows).
Rasm qidirish - Rasm tarkibi bo'yicha qidirish. Qidiruv mexanizmi
fotosurat tarkibini tanib oladi (foydalanuvchi tomonidan yuklangan yoki rasm
URL manzilini qo'shgan). Qidiruv natijalarida foydalanuvchi shunga o'xshash
rasmlarni oladi. Qidiruv tizimlari shunday ishlaydi: Polar Rose, Picollator va
boshqalar.
Xulosa qilib aytadigan bo‟lsak axborot qidirish hozirgi ya‟ni kompyuter
texnologiyalar asri uchun rostdan ham ko‟plab huquqiy muammolarning
yechimi hisoblanadi, masalan kimdir jinoyat sodir etgan bo‟lsa u qaysi
moddani buzganligi, qanday jazo olishini qidiruv tizimi orqali aniqlash
mumkin,xusan lex.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |