Muallif: Nodir Khalilov 3 Izoh
Fotoapparatingizda olingan rasm osmonida bulutlar yetishmayabdimi yoki sizga kerakli rasm osmonida bulutlar bo‘lmaganligi uchun rasm bir oz zerikarli ko’rinyabdimi?
U holda ushbu dars sizga yordam berishi mumkin. Shunday qilib ushbu mashqda, qanday qilib osmonda bulutlar tasvirlashni o‘rganamiz.
Har doimgidek Photoshop dasturini ochamiz va o‘zimizga kerakli rasmni ochamiz.
Men quyidagi rasmni tanladim, siz ham ushbu rasmdan foydalanishingiz mumkin:
1. Menyudan Select > Color Range bandini tanlaymiz va Color Picker yordamida rasmdan osmonning eng yuqori qismini belgilaymiz, shundan keyin oynamiz ko‘rinishi quyidagicha holatga kelishi kerak:
Fuziness: 85%ga o‘zgartiramiz va OK tugmasini bosamiz. So‘ngra bizda quyidagiga o‘xshash natija hosil bo‘lishi kerak:
2. Chiroyli ko‘rinishli bulutli osmon rasmini Photoshop dasturida ochamiz. Men quyidagi rasmni tanladim, siz ham ushbu rasmdan foydalanishingiz mumkin:
Rasmni belgilash uchun Ctrl+A tugmalarini bosamiz va nusxa olish uchun Ctrl+C tugmalarini bosamiz. Avvalgi oyna, ya’ni bino rasmi tasvirlangan oynaga o’tamiz va Edit > Past Special > Past Into bandini tanlaymiz va bizda quyidagicha natija chiqadi:
3. Ushbu qavat(layer) nomini “Osmon” deb nomlaymiz. Endi ushbu “Osmon” nomli qavatga maska qo‘yamiz, buning uchun Layers oynasining eng pastki qismidan Add Vector Mask tugmasi ustiga sichqonchamiz chap tugmasini bir marta bosamiz.
Brush Tool (B)ni tanlaymiz va ushbu uskuna yordamida osmonimiz eng pastki qismini, ya’ni sigirlar rasmi ko’rinib qolgan joylarni bo‘yab chiqamiz.
Osmon rangini bir oz yorqinlashtiramiz, natijada asl holatdagi rasmdan chiroyliroq ko‘rinishli rasm tayyor bo‘ladi.
4. Menyudan Layer > New Adjustment Layer > Curves bandini tanlaymiz va quyidagi holatga keltiramiz:
Menyudan Layer > New Adjustment Layer > Selective Colors:
Yakuniy natija esa, quyidagicha bo‘ladi:
Manba: Serj
Tags: adobe, bulut, bulutli osmon, cs5 psd, dars, fotoshop, grafika.uz, osmon, photoshop,psd.grafika.uz
Maqolani ijtimoiy tarmoqda ulashish:
Photoshopda rang-barang nurli matn
Photoshop dasturida har xil ranglar va rasmlardan kollaj tayyorlash darsi
Photoshopda WACOM plansheti reklamasi
Photoshopda “Graffiti”
Muallif Haqida: Nodir Khalilov
Talaba, havaskor dizayner
3 Izohlar+ IZOH QO'SHISH
Jamshid 27/06/2012 at 10:05
Saytizga gap bo’lishi mumkin emas, man fotoshopga judayam qiziqaman, uz domenlari orasida sizi saytizdan ancha narsa o’rgandim! Sayt adminlariga, moderatorlariga, jurnalistlariga ishlarida omad tiliman! Uzr savolim bor edi http://psd.skachat.uz sizi saytizmi, uyam yaxshi sayt!!!
Reply
Nodir Khalilov 27/06/2012 at 10:14
Samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur. Savolingizga keladigan bo’lsak, grafika.uz loyihasi hozirda http://grafika.uz, http://psd.grafika.uz va http://vector.grafika.uzloyihalarini o’z ichiga oladi. Bu sayt bizga tegishli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |