Shaxsiy vositalar. Bu yerda ish asoschisi, uning hamkorlari, oila a’zolarining qо‘shgan shaxsiy hissasi kо‘rsatiladi.
Biznesning ta’rifi. Firmaning miqdoriy kо‘rsatkichlarini, tashkiliy-huquqiy shaklini, joyini, manzilini, ishlovchilar sonini kо‘rsatish lozim. Ishlab chiqarilmoqchi yoki bajarilmoqchi bо‘lgan tovar va xizmatlarni, korxonaning qisqacha tarixini, istiqbolini, marketing hududini, iste’molchi va ta’minotchilarni kо‘rsatish lozim.
Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni о‘z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy istiqboli va kо‘rsatkichlari. Agar korxona yangi tashkil etilgan bо‘lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini kо‘rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag‘larni ajratib qо‘yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bо‘lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Kо‘rsatilgan beshta bо‘lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Zayom olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklaratsiY.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning ishchilari.
8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Qator chet el mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni qaratmoqdalar. Qog‘oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi kо‘rinishi hujjatni о‘kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan hujjat ishonch va hurmat uyg‘otadi.
G.Berl AQSH turli shtatlarining tо‘qqiz rayonlari tadbirkor boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: Hajmi 40 betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning nomi yozilgan. Titul varag‘ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operatsiyalari va rejalari haqidagi qisqacha axborotdan boshlanadi. Bо‘linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Buxgalteriya hisoboti bо‘yicha maslahatchi-larning va yurist-konsultantlarning taqrizlari keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bо‘limlar ta’rifi qisqa, tushunarli bо‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs yoki bank xodimining undagi materiallarni о‘qish-о‘qimasligini belgilab beradi. Xulosa qisqa bо‘lib, biznes-rejaning barcha bо‘limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bо‘lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznesning turi;
- kerakli zayom;
- zayomning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilarining ta’-rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining о‘sish imkoniyatlari kо‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |