Ijaraga beriladigan asosiy vositalar va ulardagi operativ ijarani hisobga olinish usullari
6-sonli BXMS “IJARA HISOBI”ni TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshishda asosiy vositalarning o’rni nixoyatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini baxolash mezoni bo‘lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
АSOSIY VOSITАLАR — ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini taʼminlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va b.). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Аsosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan ortiq va BXM 15 barobaridan ortiq boʼlgan vositalar kiritiladi. Аsosiy vositalar buxgalteriya hisobida xoʼjalikka qabul qilingan boshlangʼich bahoda aks ettiriladi. Аsosiy vositalarning boshlangʼich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy xarajat kiritiladi. Аsosiy vositalar toʼliq xizmat muddati davomida boshlangʼich qiymati boʼyicha hisobga olinadi. Аsosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xisobining milliy standarti 24tani tashkil etadi, bular orasida «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortik vaqt davomida) moddiy ishlab « chiqarish sohasida xam, noishlab chiqarish sohasida xam amal qiladigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida, hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirish;
asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;
asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy xujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga kadar turgan joyi