darpomad va mahsulot hisoblari ham davlat boshqaruv organlari faoliyati
to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni standart holda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, milliy hisoblarning asosiy agregatlari DMSning asosiy
komponentlari bilan o‘xshashligi uchun o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin. Biroq
ular o‘rtasida muhim farqlar ham bor. Bu farqlar asosan shundan iboratki, milliy
daromad va mahsulot hisobi davlat iqtisodiyotida ishlab chiqarish hajmini
hisoblashga, DMS esa davlat boshqaruv organlarining iqtisodiyotning qolgan
qismiga bo‘lgan ta’sirini o‘lchashga mo‘ljallangan.
Davlat sektori chegaralari ikkala tizimda ham bir xil aniqlanadi. Davlat
boshqaruv organlariga ikkala tizimda ham turli birliklar to‘g‘ri keladi. Bu birliklar
“avvalo davlat siyosatini bozor xizmatlarisiz va daromadlarni asosan boshqa
sektorlarni soliqqa solish yo‘li bilan qayta taqsimlaydigan yo‘l orqali faoliyat olib
boradi. Biroq milliy hisoblar tizimida davlat sektori nafaqat markaziy hukumatdan
iborat, balki u ma’muriy-siyosiy federatsiya bo‘limlari, shuningdek, barcha
darajadagi mahalliy davlat boshqaruv organi subsektorlarini tashkil etadi.
Moliyaviy bo‘lmagan davlat korxonalari, chunonchi korporatsiya nomiga ega
yoki aholiga o‘z mahsulotini katta miqdorda taklif etadigan korxonalar davlat
boshqaruv sektoriga kirmaydi. Bunday korxonalarga temir yo‘llar, avialiniyalar,
kommunal xo‘jaliklar, shuningdek, sanoat korxonalari kiradi. Davlat hokimiyat
organlarining funksiyalarini batamom chegaralash uchun DMSda davlat sektori
bank va pul-kredit siyosati pul-kredit va moliya statistikasining DMS bilan
muvofiqligini ta’minlash uchun ushbu operatsiyalar va davlat boshqaruv orgonlari
operatsiyalari o‘rtasida chegaralanish zarur.
Ikki hisob tizimi o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilar: DMSda operatsiyalar
to‘lovlar bazasida qayd qilinadi. Ular ustiga qo‘yib hisoblash prinsipidan
foydalanilmaydi: resurslar, joriy davrni ko‘rsatmaydigan operatsiyalar, masalan,
asosiy kapital yoki nafaqa dasturlariga narxlangan to‘lov summani iste’mol qilish,
fondlar orqali ta’minlanmaganlar DMSga kiritilmaydi, lekin milliy daromad
hisoblarida ko‘rsatiladi; milliy daromad va mahsulot hisoblaridagidek soliqlar ishlab
chiqarish davrida hisobga olinmaydi, balki DMS soliqqa solish bazasi bo‘yicha
hisoblanadi; Davlat boshqaruv organlari kredit operatsiyalari DMSda davlat
siyosatini amalga oshirishda ishlatiladi va xarajatlar qismiga kiritiladi, milliy
daromad va mahsulot hisoblarida esa, moliya kategoriyasiga kiritiladi.
Transfert to‘lovlari DMS va xarajatlar kategoriyasiga kiritiladi, lekin davlat
boshqaruv organlari ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning bir qismi deb
qaralmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: