MAVZU-6. PUL KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI
6.1. Iqtisodiy operatsiyalar
Iqtisodiy operatsiyalar hisobotiga makroiqtisodiy hisoblarning umumiy
elementi deb qaralishi mumkin. Mulkchilik huquqi biror iqtisodiy birlikdan
boshqasiga real yoki moliyaviy aktivga bo‘lgan mulkchilik huquqiga o‘tsa yoki
biror-bir iqtisodiy birlik boshqa birlikka xizmat qilsa, iqtisodiy operatsiya sodir
bo‘ladi. Ko‘p hollarda iqtisodiy operatsiyalar sodir bo‘lganda, biror moliyaviy aktiv
boshqasiga almashiladi. Ba’zi hollarda iqtisodiy operatsiyalar tovarlar, xizmatlar va
moliyaviy aktivlar almashuvisiz bo‘ladi. Masalan, biron aholi punktiga bepul tibbiy
xizmat ko‘rsatiladi yoki davlatga soliq to‘laganda. Bu operatsiyalar 2 ta
komponentdan iborat:
1-tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar oqimi va 2-“Bir tomonlama
transfertlar”.
Ma’lum hisoblangan davrda yuz beradigan iqtisodiy opera siyalar
oqim
deyiladi.
“Oqim” – bu, ma’lum birlik davridagi faoliyat o‘lchovidir. Makroiqtisodiy
o‘zgaruvchi oqimlar ikki kategoriyaga bo‘linadi: moliyaviy oqimlar va moliyaviy
emas yoki real oqimlar. Real oqimlar ishlab chiqarish yoki tovar va xizmatlarni
qo‘lga kiritish davrida bo‘ladigan operatsiyalarni ko‘rsatadi. Moliyaviy oqimlar esa
kredit ajratish va kredit olish operatsiyalari bilan bog‘liq. Masalan, bank mijozi o‘z
hisobidagi pulni omonat hisobiga o‘tkazadi, bu erda moliyaviy oqim yuz beradi.
Real oqimlar tovar va xizmatlarni sotib olishdangina iborat emas, balki u o‘z ichiga
daromadlar va bir tomonlama transfertlarni ham oladi. Joriy daromad moliyaviy
bo‘lmagan oqim hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jaraenida to‘lov shaklida
bo‘ladi, masalan, xizmatchi mehnati.
Real va moliyaviy oqimlar, birga olinganda, barcha daromadlar va xarajatlar
bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat. Bundan, iqtisodiyotning istagan sektorida
moliyaviy emas va moliyaviy oqimlar yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shartligi kelib
chiqadiki, qachonki, hisobot davridagi xatolar e’tiborga olinmasa. Undan tashqari
moliyaviy operatsiyalar balansi, real operatsiyalar balansiga qarama-qarshi belgi
bilan teng bo‘lishi shart. SHunday qilib, oila xarajatlarining o‘sishi qarzga olingan
summaga teng bo‘lishi kerak. Bunda daromadlar va xarajatlarning o‘sishi o‘rtasidagi
farq jamg‘arma hajmini tashkil etadi.
Real va moliyaviy oqimlar o‘rtasidagi farq va ularning iqtisodiyotning istagan
sektori ichida tengligi shu mavzuda ko‘rsatilgan tahlil uchun poydevor bo‘lib xizmat
qiladi. Milliy daromad va mahsulot hisoblarida qo‘shimcha qiymat, daromadlar va
xarajatlar moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar deb ko‘rsatiladi, ichki va tashqi aktiv
hamda passivlar hajmining o‘zgarishi – moliyaviy operatsiya deyiladi. Davlat
moliya statistikasida moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar haqidagi ma’lumot –
daromadlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotdir. Moliyaviy operatsiyalar
to‘g‘risidagi ma’lumot – bu, sof kreditlash va umumiy ijobiy saldo defitsitini
moliyalashtirish haqidagi ma’lumotdir.
To‘lov balans statistikasi ham moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan
operatsiyalar haqida ma’lumotga ega. Moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar joriy
hisoblardagi operatsiyalarda o‘z aksini topgan, moliyaviy operatsiyalar esa, kapital
harakat hisobida va zahiralar hajmining o‘zgarishida o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari pul-kredit obzorida moliyaviy bo‘lmagan operatsiyalar
ko‘rsatiladi, unda faqatgina bank tizimi aktivlari va passivlari qayt etiladi. Pul-kredit
obzorida tarmoqlar hajmining o‘zgarishi faqat moliyaviy operatsiyalarni ko‘rsatadi.
Milliy hisoblar tizimida va to‘lov balansida operatsiyalar biror passiv bo‘yicha
to‘lov amalga oshirilganda emas, balki qachonki shunday passiv paydo bo‘lganda
o‘tkaziladi. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari poydevorida, aksincha, kassa
prinsipi yotibdi. Pul statistikasi sohasida balansli hisobotlarga asoslaniladi. Bu
hisobotlar qaysiki normaga asoslangan holda tashkil etiladi. SHuningdek, u ham
butunlay hisoblab ustiga qo‘yishi prinsipi asosida tuziladi. Masalan, vazifalar
to‘lovgacha amalga oshiriladi. Biroq ko‘pchilik bank operatsiyalari o‘sha zahotiyoq
bajariladi va hisob naqd amalga oshiriladi, bu farq amaliy ahamiyat kasb etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |