To‘lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri, tashqi
muvozanatlikni to‘g‘rilash ehtiyojining paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga
ega bo‘lishdir. Biroq ikkilik yozuv tizimi to‘lov balansida debet va kredit tinchligini
nazarda tutadi. SHuning uchun unda ijobiy saldo yoki defitsitni ko‘rsatish uchun
barcha tashqi operatsiyalarni summalash va bu guruh
ichidagi operatsiyalarni
moddalardan ajratish kerak (chiziq ostidan yoki ustidan).
Chiziqni tortish erini hal qilish to‘lov balansi bosh ehtiyojini a’lo darajadagi
qaysi operatsiyalar doirasini ko‘rsatish to‘g‘risidagi sub’ektiv nazarni ifodalaydi.
Mustaqil hisoblangan operatsiyalarga bo‘lgan yondashuvlarning biriga asosan,
avtonom moddalarni kompensatsiyalash uchun ular amalga oshiriladigan
operatsiyalardan ajratilishi kerak. Boshqa yondashuv doirasida asosiy e’tibor
operatsiya xarakterining o‘zgaruvchanligiga qaratiladi: nostabil deb qaraladigan
operatsiyalar to‘lov balansining umumiy holatini ko‘rish uchun, “chiziq ostida”
belgilanadi.
Afsuski, moddalarni farqlash uchun yagona o‘lchov
birligi mavjud emas,
chunki bunday bo‘lish sezilarli darajada operatsiyani amalga oshiruvchi iqtisodiy
agent motivatsiyasiga nisbatan sub’ektiv qarashni ifoda etadi. Shuningdek, qanday
moliyaviy aktivlar yuqori o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanishini aniqlash mumkin.
Balans tushunchasiga bir qator turli yondashuvlar birligi ham bejiz emas.
To‘lov balansining tor ma’nosi savdo balansi, ya’ni FOV asosida ekspert va
import saldosini ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq iqtisodiy nuqtai nazardan
qaraganda tovarlar va xizmatlar oqimi orasidagi farq sub’ektiv hisoblanadi. Xizmat
eksportidan tushgan chet el valyutasi birligi, tovar
eksportidan tushgan chet el
valyutasi birligidan maqsadi tashqi savdo balansining ahvolini yaxshilashdir. Savdo
balansidan asosan bojxona hisobotlaridan foydalanib, tovar savdosi bo‘yicha
ma’lumotlarga nisbatan tezroq ega bo‘lish mumkinligi sababli foydalaniladi.
Nazariy nuqtai nazardan joriy operatsiyalar hisobi tushunchasi alohida
ahamiyatga ega. Mavjud nuqtai nazarlarning biriga asosan, bu hisob o‘z ichiga tovar
savdosi, xizmat va daromadlar, boshqasiga ko‘ra esa bundan tashqari xususiy yoki
umuman bir yoqli transfertlarni oladi. Xususiy bir yoqli transfertlar to‘lov balansini
to‘g‘rilash nuqtai nazaridan qaralganda tarkibga kirishi mumkin. U holda boshqa
hech qaysi muayyan tarkibga kirmaydigan mehnati daromadi ko‘rsatkichni chiziq
ustiga, chet eldan kelgan imigrant xizmatchilarni esa chiziq ostiga joylashtiriladi.
Ba’zan rasmiy transfertlar joriy oqimi esa balansning kapital oqimi bo‘lganligi
uchun hisobga olinmaydi. Biroq bir yoqli transfertlarni chiziq ostida hisobga olishda
muammolar paydo bo‘ladi: real respublikalar qabul qiluvchi debet to‘lov balansini
yomonlashtiradi, degan fikr paydo bo‘ladi. Hozirgi paytda eng tarqalgan yondashuv
bu joriy hisobga barcha transfertlarni kirishidir.
Tovarlar, xizmatlar va bir yoqli
transfertlar balansi ikkinchi rial operatsiyalar natijasida o‘zgaradigan moliyaviy
aktivlarning haqiqiy kattaligini ifodalaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi sof
kapital oqimi kattaligi yoki zahiralar va parallel moddalar summasining o‘zgarishi
bilan mos kelishi kerak.
Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatsizlashtirilganligi
doim ham
iqtisodiy o‘zgartirish kiritish ehtiyojini ko‘rsatmaydi. Misol uchun, davlat
rahbariyati rivojlantirishga qaratilgan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli
kapitallar oqimi hisobidan moliyalashtirilgan defitsitning joriy operatsiyalar hisobini
saqlashga borishi va aksincha,
davlat rahbariyati, tashqi nvestitsiyani
moliyalashtirish uchun joriy operatsiyalar hisobining ijobiy saldosini saqlashga o‘z
faoliyatini qaratishi mumkin.
Joriy operatsiya hisobi saldosining o‘ziga xos tahliliy ahamiyatga egaligi yana
ikkita omil bilan ifodalanadi. Birinchisi, agar transfertlar bilan bog‘liq bo‘lgan
noaniqlik hisobga olinmasa, kattalik bo‘yicha joriy operatsiyalar hisobining defitsiti
yoki ijobiy saldosi iqtisodiyotning qolgan boshqa barcha sektorlari bo‘yicha
jamg‘armalar summasining o‘sishi yoki qisqarishiga teng bo‘ladi. Ikkinchisi, joriy
operatsiyalar hisobining saldosi sof tashqi qarzlar hajmining o‘zgarishiga tengdir.
Umumiy balansga erishish uchun chiziq atigi faqat yuqori likvidli aktivlar va pul-
kredit organlarining qisqa muddatli passivlari hajmining (yoki ular tomonidan
boshqariladigan ma’lum bir aktiv yoki passiv) ifodalashi kerak. Pul kredit boshqaruv
organlarining oltin, qiymatli qog‘ozlar va aktivlari, odatda, zahiralar tarkibiga kirgan
bir paytda, depozit pul banklaridagi ayni xil aktivlar tushunchasi sub’ektiv
hisoblanadi va hukumat bu aktivlarning ishlatilishini qay darajada nazorat qilishiga
bog‘liq.
Bundan tashqari passivlar tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchilik ham
yuzaga keladi.
XVF tomonidan ishlatiladigan kreditlar zahiralar kategoriyasiga kiritiladi va
ba’zi hollarda ma’lum talablarni bajaruvchilar tomonidan
zahira aktivlari sifatida
qaraladigan passivlar shuningdek, chiziq ostiga joylashtiriladi (masalan, ma’lum
MBning boshqa MBlardagi hisoblari). Ushbu yondashuvning afzallik tomoni
shundaki, u balanslarni aniqlashda muvofiqlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: