Ma’ruza rejasi 5.1.Bank aktivlari tarkibi va ularni balansda joylashishi.
5.2.Bank aktivlarining sifati darajasi va bank aktivlarining diversifikatsiyasi.
5.3.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari.
Mavzubo‘yichatayanchso‘zlarvaiboralar Bank aktivlari-bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarining sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Yaxshi - ushbu aktivlar bo‘yicha qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishi shubha tug‘dirmaydi.
Standart - ushbu toifaga kiritilgan aktivlar berilishida
ikkilamchi to‘lov manbasi puxta ta’minlangan bo‘lishi kerak. Standart sifatida tasniflanmagan aktivlar bo‘yicha bank qaytarilmag anasosiy qarzni 10 foiz miqdorida zahiralar tuzishi shart.
Substandart - bu aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklarga ega bo‘lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg‘otadi. Substandart sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha tijorat banklar qarzini to‘lanmagan summasi 25 foiziga teng bo‘lgan zahiralari ikkilantirishi lozim.
SHubhali kreditlar — bu ziyon qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan,
lekin ayrim ijobiy amallari mavjud bo‘lgan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha shubxali deb tasniflanadi. SHubhali deb tasniflangan kreditlarga asosiy to‘lanmagan summasini 50 foizini miqdorida zahira tashkil etiladi.
Umidsiz deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Umidsiz kreditlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining foizi miqdorida zahiralar yaratishi kerak.
5.1.Bank aktivlari tarkibi va ularni balansda joylashishi. Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.
Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.
Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.
Bank aktivlarining tasniflanishi:
A) daromad keltirishiga ko‘ra
B) likvidlilik darajasiga ko‘ra
V) risklilik darajasiga ko‘ra
G) sifatiga ko‘ra
Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.
Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:
-Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;
-Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;